O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Portal yangiliklari
10 Sentyabr 2009 10:07
E'lon!
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi quyidagi lavozimlarga malakali mutaxassislarni suhbat asosida ishga taklif qiladi!

Batafsil..  


02 Iyul 2009 15:34
Sirtqi fan olimpiadalari g'oliblari aniqlandi!

O'zR Xalq ta'limi vazirligi tomonidan axborot ta'lim portalida o'tkazilgan 2008-2009 o'quv yilining matematika, fizika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va informatika fanlaridan sirtqi fan olimpiadalari g'oliblari aniqlandi!

Matematika fanidan: Toshkent shahri Xamza tumani 155-sonli umumta'lim maktabining 8 sinf o'quvchisi Shavkatova Durdona (101 ball)

Fizika fanidan: Toshkent shahri Xamza tumani 206-sonli umumta'lim maktabining 8 sinf o'quvchisi Raimov Sherzod

Kimyo fanidan: Toshkent shahri M.Ulug'bek tumani 112-sonli umumta'lim maktabining 9 sinf o'quvchisi Boxodirov Nodir (82 ball)

Informatika fanidan: Toshkent viloyati Qibray tumani 38-sonli umumta'lim maktabining 8 sinf o'quvchisi Andaqulov N. (46 ball)

Iqtisodiy bilim asoslari fanidan: XTV huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabining 8 sinf o'quvchisi Baxtiyorov Sardor (50 ball)

 G'oliblarni tabriklaymiz!


Batafsil..  


01 Iyun 2009 14:18
2009-2010 o‘quv yili uchun foydalanishga tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar

Portalda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirgiz, turkman tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2009-2010 o‘quv yilida foydalanishga tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro'yxati   chop etildi.

Hurmatli o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar!

Ushbu ro'yxatda keltirilgan darslik va qo'llanmalar bilan tanishib, portal forumida darsliklar mazmuni, sifati, kamchiliklarini muhokama etishingiz mumkin.

Darsliklar foydalanuvchilari - Siz! Sizning fikr-mulohazalaringiz eng muhim!


Batafsil..  


10 May 2009 14:17
2008-2009 o'quv yili 9-sinf o'quvchilari uchun imtihon materiallari va metodik tavsiyalar to'plamlari
 
Xalq ta'limi vazirligining axborot-ta'lim portalida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2008-2009 o'quv yili 9-sinf o'quvchilari uchun Respublika ta'lim markazi tomonidan tasdiqlangan imtihon materiallari va metodik tavsiyalar to'plamlari joylashtirildi.
 
 

Batafsil..  


08 May 2009 14:16
DjVu formatida 4 ta yangi darslik

Portalning  Elektron darslik va qo'llanmalar  bo'limida yuklab olish uchun 4 ta yangi darslik DjVu formatida joylashtirildi.


Batafsil..  


14 Aprel 2009 14:15
Portalda yangi darsliklar
Portalning o'zbek tilidagi qismining Elektron darslik va qo'llanmalar bo'limiga 8 ta yangi darslik joylashtirilgan.

Batafsil..  


09 Aprel 2009 14:13
Moskva davlat universitetining Kichik mexmat sirtqi bo‘limiga 2009/2010 o'quv yiliga qabul
Moskva davlat universitetining Kichik mexmat sirtqi bo‘limi o‘quvchilarni 2009/2010 o‘quv yiliga 8 va 9 sinflarga hamda 10 sinfga to‘liqmas kursga qabulni e’lon qildi.
Sirtqi bo‘lim Rossiya (shu jumladan Moskva shahrida yashovchilar), MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan hamda chet davlatlardan o‘quvchilarni qabul qiladi. O‘quvchilar tanlov asosida quyida keltirilgan kirish ishi natijalari bo‘yicha qubul qilinadi (jamoa bo‘lib o’qimoqchi bo‘lgan o‘quvchilardan kirish ishini bajarish talab etilmaydi).

Batafsil..  


02 Mart 2009 14:12
Psixologik testlar

Xurmatli portal foydalanuvchilari!

"Psixologik yordam" bo'limida markaz xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan testlar joylashtirilgan. Ushbu testlardan o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar foydalanishlari mumkin.



26 Dekabr 2008 14:06
TENDER SAVDOLARI NATIJALARI BO'YICHA E'LON!!!
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari uchun electron o’quv vositalari yaratish yuzasidan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi
“Tender savdolarini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 456-sonli qaroriga muvofiq o’tkazilgan tender savdolari natijalari

Batafsil..  


10 Dekabr 2008 14:02
Sirtqi fan olimpiadalari

Hurmatli o'quvchilar va ota-onalar!

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan dekabr oyida axborot-ta'lim portalida  sirtqi fan olimpiadalari o'tkazilmoqda. Bu yili olimpiada matematika, informatika, fizika, kimyo va iqtisodiy bilim asoslari fanlari bo'yicha bo'ladi. Barcha ushbu fanlarga qiziqgan, bilimdon, zukko bolalarimizni ushbu tadbirda qatnashishga taklif etamiz!

Olimpiadaning birinchi turi masalalari portalda chop etilgan! Javoblar 2009 yil 15 yanvarigacha qabul qilinadi!


Batafsil..  



 1 2
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz