O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Biologiya 9 sinf
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

9-sinf
   Biologiya (sitologiya va genetika asoslari) (68 soat)
    (Haftasiga 2 soat)
Kirish (1 soat)
                Biologiya fanining maqsadi va vazifalari.
       Tirik va o’lik tabiatning o’xshashligi va farqlari: Moddalar va energiya almashinuvi, o’sish va rivojlanishi, o’z-o’zini barpo etish va idora etish. Ta’sirlanish va harakatlanish: Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, nazariy va amaliy ahamiyati.
I.  Organik olamning turli tumanligi (8 soat)
         Organik olam vakillarining xilma-xilligi. Hayotning hujayrasiz shakllari: viruslar, faglar tuzilishi, xususiyatlari, kelib chiqishi va ahamiyati.
         Hayotning hujayraviy shakllari. Prokariotlar: bakteriyalar, ko’k-yashil suv o’tlari. Tuzilishi, tabiatdagi va inson hayotidagi o’rni. Autotroflar va geterotroflar. Eukariotlar: yashil o’simliklar, zamburug’lar, lishayniklar, hayvonlar. Yashil o’simliklarning tuban va yuksak shakllari. Ontogenezining o’ziga xosligi. Tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Zamburug’lar xilma-xilligi, oziqlanishi, tuzilishi va hayotining o’ziga xosligi. Lishayniklar, simbioz organizmlar. Ularning xillari. Tuzilishi.
         Hayvonlar. Tuban va yuksak shakllari. Tuzilishi. Ontogenezining o’ziga xosligi.
         Jihozlar: viruslar, bakteriyalar, ko’k yashil suv o’tlar, tuban va yuksak o’simliklar, zamburug’lar, lishayniklar, hayvonlar, tuzilishi, rivojlanishiga oid rasmli jadvallar.
         1-laboratoriya mashg’uloti.
1. Pichan tayoqcha bakteriyasi va ko’k yashil suv o’tini mikroskopda ko’rish.
II. Sitologiya asoslari (12 soat)
         Sitologiya-hujayralar to’g’risidagi fan. Hujayra tiriklik tuzilishining, funksiyasining va rivojlanishining eng kichik birligi. Hujayrani o’rganish tarixi. Hujayra nazariyasi, uning hozirgi zamon asosiy qoidalari va ahamiyati. Hujayrani o’rganish usullari.
         Eukariot hujayralar, ularning tuzilishi va funksiyalari. Hujayra qobig’i, sitoplazma organoidlari (endoplazmatik to’r, ribosomalar, Golji apparati, mitoxondriyalar, plastidalar, lizosomalar, hujayra markazi, mikrofibrillalar, mikronaychalar).
         Xususiy organoidlar. Kiritmalar. Yadro, uning tuzilishi va vazifalari. O’simlik va hayvon hujayralarining o’xshashligi va farqlari. Hujayra - yaxlit tirik sistema. Hujayra evolyutsiyasi.
         Jihozlar: mikroskoplar. O’simlik va hayvon hujayralarining mikropreparatlari. O’quv filmlari. Jadvallar.
         Laboratoriya mashg’ulotlari.
2. O’simlik va hayvon hujayralarini o’rganish (1 soat).
3. O’simlik hujayrasida plazmoliz va deplazmolizni kuzatish (1 soat)
III. Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari (17 soat)
         Hujayra va tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi. Anorganik va organik moddalar. Ularning moddalar almashinuvidagi ahamiyati. Biomolekulalar: oqsillar, uglevodlar, lipidlar (yog’ moddalar), nuklein kislotalar. Oqsillarning biologik roli va funksiyalari.
         Oqsillarning tarkibiy qismlari-aminokislotalar. Ularning xossalari, xillari, peptid bog’lar. Oqsillarning xossalari, struktura darajalari. Sodda va murakkab oqsillar.
         Uglevodlar va yog’lar. Nuklein kislotalar. DNK va RNK. Moddalar almashinuvi. Uglevodlar va yog’lar almashinuvi. Achish jarayonlari. Uglevodlarning aerob oksidlanishi. Yog’ kislotalarining oksidlanishi. Aminokislotalar va nukleotidlar almashinuvi. Uglevodlar, yog’lar va aminokislotalarning moddalar almashinuvida o’zaro bog’lanishlari.
         Plastik almashinuv. Nuklein kislotalar va oqsil sintezi. DNK replikatsiyasi. RNK sintezi. Transkripsiya. Hujayrada oqsil biosintezi. Translyatsiya. Biologik kod. Matritsa asosida sintez mexanizmi. O’simlik hujayralarida moddalar va energiya almashinuvi. Fotosintez. Uning yorug’lik va qorong’ilik reaksiyalari.
         “Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari” bo’yicha noan’anaviy -“O’tkir zehnlilar munozara” darsini o’tkazish.
         Jihozlar: nuklein kislotalar, oqsillar, genetik kod, oqsil biosinteziga oid jadvallar,o’quv filmlari.
         Laboratoriya mashg’ulotlari:
4. Amilazaning kraxmalga ta’siri (1 soat).
5. Bargda organik moddalarning hosil bo’lishi (tajriba)(1 soat).
                           IV. Organizmlarning ko’payishi va individual
     rivojlanishi (10 soat)
         Ko’payish-tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri. Hujayralar bo’linishi va uning ahamiyati. Hujayra sikli, mitoz va interfaza. Uning fazalari. Mitozning biologik ahamiyati. Organizmlarning ko’payishi. Jinsiy hujayralar, ularning tuzilishi va rivojlanishi. Gametogenez: Spermatogenez, ovogenez.Meyoz, uning biologik ahamiyati. Urug’lanish. Hayvonlarda va o’simliklarda urug’lanish.Partenogenez. Individual rivojlanish (ontogenez). Ontogenez tiplari va davrlari: embrional va postembrional rivojlanish davrlari. Gomeostaz, bioritm, anabioz. Ontogenezga zararli omillarning ta’siri.
         Jihozlar: mikroskoplar. Mitoz va meyoz jarayonlarini aks ettiruvchi mikropreparatlar. Jadvallar. “Xordalilarning ko’payishi va rivojlanishi” o’quv filmi. Jadvallar. Model-applikatsiyasi. Jonli tabiat burchagidagi o’simliklarning barg, poya, urug’, ildiz, poya orqali ko’payishini ko’rsatish.
V. Genetika asoslari (16 soat)
         Genetika fanining maqsadi, vazifasi va ilmiy tadqiqot metodlari. Mendelning irsiyat qonunlari. Monoduragay chatishtirish. Duragaylarning birinchi bo’g’inida bir xillik, ikkinchi bo’g’inida xilma-xillik berishi. Dominant va retsessiv belgilar. Allel genlar. Fenotip va genotip. Gomozigota va geterozigota. Oraliq irsiylanish. Gametalarning soflik gipotezasi, uning sitologik asosi. Diduragay va poliduragay chatishtirish. Belgilarning bir-biridan mustasno irsiylanishi haqidagi qonun.
         Belgilarning hosil bo’lishida genlarning o’zaro ta’siri-komplementariya, epistaz, polimeriya. Genlarning ko’p tomonlama ta’siri(pleyotropiya). Jins genetikasi. Jins bilan bog’liq holda irsiylanish.Birikkan holda irsiylanish va krossingover. Morgan qonuni. Irsiyatning xromosoma nazariyasi. Genetik xarita haqida tushuncha.
         O’zgaruvchanlik va uning qonuniyatlari. O’zgaruvchanlik xillari: Kombinativ, mutatsion va modifikatsion. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni.
         Modifikatsion o’zgaruvchanlik. Reaksiya normasi. Modifikatsion o’zgaruvchanlikning statistik qonunlari.
         Odam genetikasi. Uning tekshirish metodlari. Odamlardagi irsiy kasalliklar. Ularning sabablari va oldini olish tadbirlari. Davolash metodlari. Muhitning tabiiy mutagenlar bilan ifloslanishi, uning zararli oqibatlari va oldini olish tadbirlari.
         Jihozlar: o’quv-tajriba uchastkasida g’o’za, pomidor, bug’doy, no’xat, nomozshomgulning har xil navlarini chatishtirishdan olingan F1 va F2 ning gerbariy materiali, Mendel, Morgan qonunlari, jins bilan bog’liq irsiylanish. Krossingover, genlarning o’zaro ta’siriga oid applikatsiya, o’quv filmlari, jadvallar, model, o’simlik hamda hayvonlardagi o’zgaruvchanlik bo’yicha kuzatish, tajriba natijalari.
         Laboratoriya mashg’ulotlari:
6. Monoduragay, diduragay va genlarning o’zaro ta’siriga oid masalalar yechish (2 soat).
7. G’o’za, pomidor, nomozshomgulning chatishtirish natijasini gerbariy materiallar yordamida o’rganish (1 soat).
8. Tol, shaftoli, olma, ligustrum bargidagi o’zgaruvchanlikni variatsion qator va egri chiziq va belgining o’rtacha ko’rsatgichini statistika usulda aniqlash (1 soat).
VI. Seleksiya asoslari
                (4 soat, shundan 1 soati ekskursiya)
         Seleksiyaning maqsadi, vazafalari. Genetika-seleksiyaning nazariy asosi ekanligi. Seleksiyada boshlang’ich material. Madaniy o’simliklarning xilma-xilligi va kelib chiqish markazlari haqida N.I.Vavilon ta’limoti. G’o’zaning genetik va botanik kolleksiyasi. Asosiy metodlar: duragaylash, kimyoviy va fizikaviy omillar yordamida sun’iy mutatsiyalar olish. Poliploidiya. O’simliklar seleksiyasining yutuqlari. Hujayra kulturasi.
         Hayvonlar seleksiyasi. Chatishtirish va urchitish. Erkak hayvonlarning xo’jalik uchun qimmatli irsiy belgilarini tahlil qilish metodlari.
         Uy hayvonlarini duragaylash. Hayvonlar seleksiyasining istiqbollari. Allofen organizmlar olish.
         Jihozlar: duragay va poliploid o’simliklar mulyaji hamda mahalliy sharoitda keng tarqalgan o’simlik navlari, hayvon zotlari, rasmlari, mulyaji va gerbariylari.
         Ekskursiya.
         O’simliklarning yangi navlarini yaratish bilan tanishish maqsadida seleksiya institutlari, stansiyalariga borish.
                             Fanlararo bog’lanishlar
        “Organik olamning turli-tumanligi” 6-7-sinflardagi o’simlik, hayvonlar tuzilishi, ularning xilma-xilligi to’g’risidagi tushunchalar asosida, “sitologiya asoslari”, “hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslar”i, kimyo o’quv fanidagi suv, eritmalar, D.I.Mendelevning elementlar davriy sistemasi, moddalarning tuzilishi,uglevodlar, yog’lar, nuklein kislotalar, aminokislotalar, oqsillar, elektrolitik dissotsiatsiya, gidroliz, fizika o’quv fanidagi diffuziya qonuni, suyuqlikning xossalari, elektromagnit to’lqinlari, termodinamikaning birinchi qonuni; “Organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi” 6-7-sinflardagi biologik o’quv fanlarida o’zlashtirilgan organizmning ko’payish usullari, rivojlanishi bilan bog’lanib o’tiladi.
        “Genetika va seleksiya” asoslari “Sitologiya”, “Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari”, “Organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi bo’limlaridagi tushunchalar kimyo va matematika bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar, ko’nikma va malakalar zaminida tushuntiriladi.
         IX sinf o’quvchilari bilimiga qo’yiladigan
                       asosiy talablar
O’quvchilar:
-hujayra nazariyasi, hujayra qobig’i, sitoplazma, yadro, mitoxondriya, ribosoma, plastidalar, lizasomalar, Golji apparati va xromosomalar, hujayra markazi, mikronaychalar, prokariot va eukariotlarning tuzilishi, asosiy funksiyasini; o’simlik va hayvon hujayralarining o’xshashlik va farqlarini, hujayra evolyutsiyasini; hujayradagi asosiy anorganik hamda organik moddalar; oqsillar, lipidlar, uglevodlar tuzilishi, funksiyasini, DNKning ko’payish prinsipini;
 -moddalarning energetik va plastik almashinuvi, energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi, fotosintez, oqsillar biosintezining mohiyatini, moddalar almashinuvi reaksiyalarining matritsa va fermentativ xarakterini;
 -hujayraning mitoz, meyoz bo’lininsh jarayonlari, ularning biologik ahamiyati, jinssiz va jinsiy ko’payish xillari, urug’lanish, shaxsiy rivojlanishning embrional va postembrional davrlarini;
 -chatishtirish tiplari, asosiy genetik simvollar va atamalarni; belgi va xossalarning nasldan-naslga berilish qonunlarini; ularning sitologik asoslarini;
 -irsiyatning xromosoma nazariyasini, jins bilan bog’liq irsiylanishi, genetikaning seleksiya, tibbiyot, evolyutsion nazariyasini rivojlantirishdagi ahamiyatini bilishlari lozim.
                O’quvchilarning ko’nikma va malakasiga
                         qo’yiladigan talablar:
O’quvchilar:
-vaqtincha mikropreparatlar tayyorlash, ularni hamda doimiy mikropreparatlarni mikroskop orqali ko’rishni;
-hujayraning asosiy komponentlarini aniqlay olishni;
-eng oddiy sitologik tajribalar o’tkaza olish, moddalar aylanishi sxemasini tuzish;
-hujayraning mitoz va meyoz bo’linishidagi tafovutlarni, bosqichlarini, murtak varaqlarini farqlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishlari;
-genetikadan masalalar yechishni, modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanlikni farqlay olishni, variatsion qator tuzishni, modifikatsion o’zgaruvchanlikni statistik usullar yordamida aniqlashni;
-o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar seleksiyasi metodlarini;
-chekish, alkogol va boshqa narkotik moddalar iste’mol qilishning irsiyatga ko’rsatadigan zararini asoslab berishlari kerak.
         6-9- sinf o’quvchilarining bilimi va malakasini baholashga doir tavsiyalar. O’quvchilarning
bilimiga baho berish
   O’quvchilarning bilimi va malakasi reyting usuli bilan baholanadi. U joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat orqali amalga oshiriladi.
    Joriy va oraliq nazorat choraklar davomida, yakuniy nazorat o’quv yilining oxirida o’tkaziladi. Ular og’zaki so’rov, nazorat ishi, seminar (8-9-sinflarda), referat, laboratoriya mashg’uloti, testlar, masalalar yechish shaklida olib boriladi.
     Og’zaki nazorat natijalari bevosita darsda e’lon qilinadi. Yozma ishlar va test-sinovlari ikki kun mobaynida ma’lum qilinadi. Oraliq nazorat o’quv predmetining yirik bo’limlari yakunlanganda o’tkaziladi. Nazoratning har bir turi ko’p ballik tartibda baholanadi.
      Qo’yilgan maqsadga va o’quvchilarning yosh imkoniyatlariga muvofiq quyidagilar:
-o’quv materialning mazmunining og’zaki yoki yozma ravishda to’g’ri va ongli bayon etilishi, tushunchalarning to’liq ochib berilishi, ilmiy atamalar aniq ishlatilishi;
-intellektual va umumiy o’quv va malakalarning shakllanish darajasi;
-javoblarning mustaqilligi;
-javoblarning mantiqiy izchilligi hisobga olinishi kerak. O’quvchilarning og’zaki va yozma javoblariga qarab o’quv kursiga oid maxsus reyting nizomi talablari va tavsiyalar asosida baholanadi.              
      Adabiyotlar:
1. To’raqulov Yo.X. Molekulyar biologiya. T., “O’qituvchi”; 1993 y.
2. To’raqulov Yo.X. Hozirgi zamon biologiyasi va irsiyat masalalari. T., “Fan”,1967 y.
3. G’ofurov A.T., Nosirov O.N. Maktab biologiya kursida tabiat muzofasi tushunchasini shakllantirish. T., “O’qituvchi”, 1985 y.
4. Tarasenko N.D. Hujayra sirlari. T., “O’zbekiston”, 1977 y.
5. Laptev G.T. Biologik injeneriya. T., “Mehnat”, 1990 y.
6. G’ofurov A.T., Tolipova J. Umumiy biologiyani o’qitishning norasmiy usul va shakllari. T., 1990 y.
7. G’ofurov A.T., Xabirova S.K. Biologiyadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. T., “O’qituvchi”, 1978 y.
8. Grin N., Staut U., Teylor.D. Biologiya 1,2,3 tomlar. Moskva “Mir”, 1990 y.
9. Myagkova A.N., Komissarov B.D. Metodika obucheniya obshey biologii. Moskva, “Prosvesheniye”, 1979 y.
10. Yablokov A.B. va boshqalar. Aktualno’e problemo’ biologicheskoy nauki. Moskva, “Prosvesheniye”, 1984 y.
11. Binas A.V. va boshqalar. Biologicheskiy eksperiment v shkole. Moskva, “Prosvesheniye”, 1990 y.
12. Maksimova B.N., Gruzdeva M.V. Mejpredmetno’e svyazi v obuchenii biologii. Moskva, “Prosvesheniye”, 1984 y.
13. G’ofurov A.T., Fayzullayev S.S., Xolmatov X. Genetikadan masala va mashqlar. Toshkent, “O’qito’vchi”, 1991 y.
14. Pugal N.A., Rozenshteyn A.M. Kabinet biologii. Moskva, “Prosvesheniye”, 1983 y.
15. Vsesvyatskoy B.B. Sistemno’y podxod biologicheskomu obrazovaniyu v sredney shkole. Moskva, “Prosvesheniye”, 1985 y.
16. Reymers N.F. Osnovno’e biologicheskiye ponyatiya i termino’. Moskva, “Prosvesheniye”, 1988 y.
17. Maksimova V.M. va boshqalar. Sovremenno’y urok biologii. Moskva, “Prosvesheniye”.
18. Yablokov A.V. va boshqalar. Biologiya i sovremennost. Moskva, “Prosvesheniye”, 1990 y.
19. Bogdanov T.L. va boshqalar. Spravochnik po biologii. Kiyev, “Naukova-dumka”, 1985 y.
20. Zverev I.D., Myagkova A.N. Obshaya metodika prepodavaniya biologii. Moskva, “Prosvesheniye”, 1985 y.
 
 
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz