O’QUV DASTUR
(Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun)
Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari (16 soat).
Mazmun: Matn muharriri va uning vazifalari. Matn ko’rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so’z, satr, abzats, matn, blok va hujjat haqida tushuncha. Hujjatlarni vujudga keltirish. Hujjatlarni tahrirlash. Hujjatlarda rasm va jadvallar. Hujjatlarga diagramma va grafiklarni joylashtirish. Hujjatda gipermurojaat. Matematik formulalar. Hujjatni chop etish.
Maqsad: O’quvchilarga matn muharriri va uning vazifalari haqida ma’lumot berish. O’quvchilarni matnlarni qayta ishlash texnologiyasi bilan tanishtirish.
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga talablar: O’quvchilar matn muharriri va uning vazifalarini bilishi zarur. Matn muharriridan foydalana olish, belgi, so’z, satr, abzats, matn, blok va hujjat haqida tushunchaga ega bo’lish, hujjatlarni vujudga keltira olishlari, matnni terish, tahrirlash va bosib chiqarish, tayyor matnli faylni yozib qo’yish yoki o’qib olishni, matn ichiga zarur ob’ektlarni joylashtirishni uddalashlari kerak. Matndagi belgilarning shrifti, rangi va ko’rinishini o’zgartira olishi lozim. Hujjatga matematik formulalarni joylashtira olish. Hujjatni chop etish usullarini bilish.
6-sinf Informatika fani uchun tahminiy o’quv soatlari taqsimoti
|
T/r
|
BO’LIMLAR, MAVZULAR
|
soat
|
|
|
Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari
|
16
|
|
1
|
Matn muharriri.
|
1
|
|
2
|
Word matn protsessori
|
1
|
|
3
|
Hujjatlarning asosiy parametrlari
|
1
1
|
|
4
|
Hujjatlarni hosil qilish.
|
1
|
|
5
|
Hujjatlarni tahrir qilish
|
1
1
|
|
6
|
Hujjatlarda rasmlar va jadvallar bilan ishlash.
· Amaliy ish
|
1
1
|
|
7
|
Hujjatlarda diagramma va grafiklarni joylashtirish
|
1
1
|
|
8
|
Word Art dan foydalanish
|
1
|
|
9
|
Wordda gipermurojaat
|
1
|
|
10
|
Matematik formulalar bilan ishlash
|
1
1
|
|
11
|
Hujjatni chop etish
|
1
|
|
|
Nazorat ishi
|
1
|