O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Jismoniy tarbiya
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni hayotga joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. "Umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun jismoniy tarbiyadan davlat ta'limi standarti" asosida tuzilgan.
UQTIRISH XATI
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, 9 yillik umumiy o‘rta ta'lim bosqichida yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha jismoniy tarbiya konsepsiyasi hamda "Davlat ta'lim standarti"ga mos ravishda qayta tuzilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi jismoniy tarbiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar guruhiga, ilmiy xodimlar va maktab o‘qituvchilariga umumta'lim maktablarining 1-9-sinflari uchun tajriba-sinov natijalariga asoslanib, yangi o‘quv dasturini ishlab chiqish vazifasini yukladi.
Shuningdek, yuqori sinflarda ham maktab rahbariyati bilan kelishilgan holda va maktabning ish sharoiti hamda imkoniyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha mashg‘ulotni joriy qilish tavsiya etildi.
Xalqimizning urf-odatlari va milliy an'analariga ko‘ra, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘quvchilarning jinsiga qarab sinfni ikki guruhga bo‘lish masalasi ham hal etildi. 1998-yil 27-maydagi 271-sonli «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorlari, 26.01.1996-yildagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'ltmi vazirligi hay’atining "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimidagi o‘quvchilar va bolalar o‘rtasida bundan buyon futboini rivojlantirish to‘g‘risida"gi hamda "O‘zbekisiton Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-noyabrda O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risi"dagi qarorlari asosida birinchi marta maktab Dasturiga futbol bo‘limi kiritildi. Futbol mashg‘ulotlariga 4-9-sinflargacha har o‘quv yilida 10-12 soatdan alohida ajratildi.
"Milliy kurash'" darslarini o‘tkazish bo‘yicha irnkoniyati va mutaxassislari bo‘lgan maktablarda bu mashg‘ulotlar "Gimnastika" bo‘limidan olib borilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy ajratilgan soat: 6 sinflarga 10 soat.
Jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishdan maqsad - bolalarni yoshligidanoq jismonan sog‘lom, baquvvat qilib shakllantirish, mashg‘ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qildirish. Mavjud shart-sharoitdan qat'iy nazar, barcha imkoniyatlardan foydalangan holda jismoniy tarbiya darslariga o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, ular organizmiga foydali yuklamalar yuklash lozim.
Shunday qilib, 1-sinfdan 9-sinfgacha maktab dasturidagi bo‘limlar bo‘yicha o‘quv yiliga tavsiya qilinadigan o‘quv soatlari quyidagicha bo‘ladi:
 
1
 
Dastur bo‘limlari
 
Sinflar
 
1
 
9
 
3
 
4
 
5
 
6
 
7
 
8
 
9
 
1.
 
Bilim asoslari
 
DARS JARAYONIDA
 
2.
 
Gimnastika
 
 
 
16
 
16
 
16
 
14
 
10
 
10
 
8
 
8
 
8
 
3.
 
Yengil atletika
 
14
 
16
 
16
 
18
 
14
 
14
 
14
 
16
 
14
 
4.
 
Harakatli sport o‘yinlari va elementlar
 
38
 
36
 
36
 
12
 
2
 
2
 
2
 
-
 
-
 
5.
 
Sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, qo‘lto‘pi)
 
-
 
-
 
-
 
1 9
 
20
 
70
 
70
 
70
 
20
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6.
 
Futbol o‘yini
 
 
 
-
 
-
 
12
 
12
 
12
 
12
 
12
 
12
 
7.
 
Kurash
 
-
 
-
 
-
 
-
 
10
 
10
 
12
 
12
 
14
 
8.
 
Suzish
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jami:
 
68
 
68
 
68
 
68
 
68
 
68
 
68
 
68
 
68
 
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz