O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Ona tili
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

 
 
 
 
 
UQTIRISH XATI
 
    “Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi , ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi ,davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi bilan belgilanishi bejiz emas.
     Boshlang‘ich ta’lim “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunni hayotga tatbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tili o‘qitish asosiy o‘rin egallaydi . Ona tili dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi :         
       1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish . 
       2. O‘qish va nutq o‘stirsh .       
       3. Fonetika , grammatika , imlo va nutq o‘stirish .        
       Bu bo‘lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy prinsip nutq o‘stirish hisoblanadi . Nutq o‘stirish boshlang‘ich sinf ona tili ta’limiga aniq amaliy yo‘nalish beradi va bolalarga ongli o‘qish , o‘qiganlarini ravon gapirish va yozishga o‘rgatadi ; ona tili va adabiyotdan o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va saviyasini hisobga olgan holda boshlang‘ich bilim berish, shu asosda nutqni boyitish , boshqalar nutqini e’tibor bilan eshita olish hamda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otishga yonaltirilish zarur.                                             
       Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni ham hal etishni ko‘zda tutadi:                                                                         
-    bolalarga tabiat va jamiyat haqida tushuncha berish ;                                                       
-    mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatish ;                                                              
-    o‘quv mashg‘ulotlariga , bilim manbai bo‘lgan kitobga qiziqish uyg‘otish .              
-    bolalarni axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalash ;        
      Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish ko‘nikma va malaka hosil qilishga ko‘maklashishi lozim.                                                   
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz