O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Ona tili 9 sinf
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

IX SINF (68 soat)
 KIRISH VA TAKRORLASH   (5 soat)
 
Dunyo tillari orasida o‘zbek tili. «Dunyo tillari va o‘zbek tili» matnini o‘rganish asosida tillar oilalari, hind-yevropa tillari oilasi, turkiy
tillar oilasi, va b.lar haqida tasavvur hosil qilish. Turkiy tillarning asosiy guruhlari. O‘zbek tilining bu oiladagi o‘rni.
Mazkur matnda ajratilgan qismlarnnng tahlili asosida «Sodda gap» mavzusini takrorlash.
SINTAKSIS .   QO‘SHM A   GAP
Takrorlash va qo‘shma gaplar tasnifi (6 soat)
 
Qo‘shma va sodda gap orasidagi asosiy farqlar. Teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilar. Yuklamalar, nisbiy so‘zlar va faqat ohang bilan bog‘langan gaplar. Qo‘shma gaplar, ularni biriktiruvchi vositalariga ko‘ra tasnifi. Qo‘shma gaplarning bog‘lovchi vositalar asosidagi tasnifi:
1.Teng bog‘lovchi qo‘shma gaplar.
2.    Ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplar.
3.    Yuklamali qo‘shma gaplar.
4.    Nisbiy so‘zli qushma gaplar.
5. Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Teng bog‘lovchili qo‘shma gaplar (6 soat)
Teng bog‘lovchili qo‘shma gaplar, ularning biriktiruv-bog‘lovchili, zidlov bog‘lovchili, ayiruv bog‘lovchili turlari. Turli xildagi teng bog‘lovchilar bilan bog‘langan kushma gaplar orasida ma’noviy o‘xshashlik va farqlar. Bu gaplarda tinish belgilari va ohang.
Ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplar
 (8 soat)
Ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplar, hokim gap va tobe gap haqida tushuncha hosil qilish. Ergashtiruvchi bog‘lovchilarning ma’noviy xususiyatlari asosida hokim gan va tobe gan orasidagi ma’noviy munosabatlar ustida ish. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ma’nodoshligi.
Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplarni matnda mustaqil qo‘llash ustida ijodiy ish.
Yuklamali qo‘shma gaplar (5 soat)
Yuklamali qo‘shma gaplarning tarkibiy kismlari orasidagi ma’noviy munosabatlar. Yuklamalardagi ma’noviy nozikliklar va ularning qo‘shma gan ma’nosiga ta’siri. Yuklamali qo‘shma gaplarda imlo, tinish belgilari va ohang.
Nisbiy so‘zli qo‘shma gaplar (7 soat)
Nisbiy so‘zli qo‘shma gaplar ularning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatlar. Nisbiy so‘zli qo‘shma gaplar tarkibiy qismlari orasida hokim-tobelik munosabatlari. Nisbiy so‘zlar juftliklari qatori Nisbiy so‘zli qo‘shma gaplarda imlo, tinish belgilari va ohang.
Faqat ox,ang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar ( 8 soat)
Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar tarkibiy qismlarining o‘zaro ma’noviy munosabati. Bu gaplarda vergul, tire, nuqtali vergul va ikki nuqtaning qo‘llanilishi, ularda ohang. Gaplarning tarkibiy qismlari orasidagi hokim-tobelik munosabatlari.
Mustaqil ijodiy ish (2 soat): qo‘shma gaplarda bog‘lovchi vositalar ma’nodoshligi va vazifadoshligi.
Tobe gaplar va gap bo‘laklari (6 soat)
Qo‘shma gaplarni   sodda gaplarga aylantirish va qo‘shma gan tarkibiy qismlarining gapning boshqa bo‘laklariga munosabati asosida kesim tobe gapli, ega tobe gapli, hol tobe gapli, to‘ldiruvchi tobe gapli, aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gaplarga ajratish. Bunday qo‘shma gaplarda uyushiq bo‘laklar. Hol tobe gaplarning ma’noviy munosabatlari.
«O‘zbek yozuvlari tarixi» matnini o‘rganish va matnda qo‘llanilgan qo‘shma gan tahlili asosida «qo‘shma gap»   mavzusi buyicha olingan bilim va malakalarni mustahkamlash.
Testlar ustida ish (3 soat)
Murakkab siitaktik butunliklar ustida ish (2 soat)
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari: darak, so‘roq,, buyruq gaplar. Ritorik so‘roq gaplar ustida ish. Bu gaplarda tinish belgilari va
ohang (2 soat).
Ko‘chirma gapli qurilmalar. Ularda ohang va tinish belgilari (3 soat).
O‘quv yili oxirida takrorlash, testlar ustida
ish (4 soat).    
9-sinf bitiruvchilariga quyiladigan talablar:    
    1. O‘qish mumtoz nazm namunalarini ruknlarga ajratib
o‘qiy olish.     
san’ati buyicha: aruz vaznida yozilgan
2. Fikrni bayon etish mahorati buyicha:
  Bu sinfda asosiy ko‘rsatkich fikrni mantiqiy izchillikda ona tilining keng imk’niyatlapidan foydalangan holda ravon va to‘g‘ri bayon eta olish malakasi, fikr bayon etilayotgan soha buyicha o‘quvchining bilimlari kengligi va chuqurligi,  tuzgan matnning imloviy (talaffuziy) uslubiy savodlilik darajasi bilan belgilanadi.
Matnning xarakteri: ilmiy (tarix, geografiya, biologiya, kimyo, fizika kabi fanlarga oid), ilmiy-adabiy (badiiy asar, uning uslubi tahlili, yozuvchi ijodi, obrazlar tavsifi va hokazolar), adabiy-ijodiy (adabiy asar, kinofilg‘m, spektakllar haqida shaxsiy taassurot va mulohaza) insholar va ramziy tavsiflar yozish.
3. Nazariy bilimlar buyicha:
a) ona tili qurilishi buyicha: qo‘shma gaplarning bog‘lovchi vositalariga ko‘ra tasnifini bilish, qo‘shma gan tarkibida hokim va tobe gaplarni ajrata olish, tobe gapning hokim gapga nisbatan qaysi gan bo‘lagi vazifasida kelayotganligini aniqlay olish.
Matnda murakkab sintaktik butunliklarni, ularni uzaro bog‘lovchi vositalarni ajrata olish.
Ohang. Uning ma’no ifodalash vazifasi. Gap to‘gallanganligi ohangi. Xabar, so‘roq, bo‘yruq hic-hayajon ohanglari.
Nuqta, co‘p’q, undov belgisining qo‘llanilishi.
Gapning ichki ohangi. Takt (rukn, sintagma). Aruz vaznidagi mumtoz she’riy asarlarni ifodali o‘qishda vazn va rukn.
Qo‘shma gap tarkibiy qismlarini bir-biriga borlash, ajratish ohanglari. Vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tirening ishlatilishi.
Sanash ohangi. Uyushik, bo‘laklar talaffuzi va ularning yozilishi.
Ajratish ohangi. Kirish, kiritma va ajratilgan bo‘laklarning yozilishi va talaffuzi. Ularda vergul, qavs va tirening qo‘llanilishi.
Ko‘chirma gapli qurilmalar talaffuzi va ularning yozilishi.
Til haqida umumiy ma’lumot. Dunyo tillari, tillarning bir biriga ta’siri. Til va jamiyat. Dunyo tillari orasida o‘zbek tili. O‘zbek tilining tarixiy ildizlari.
 
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz