TABIATSHUNOSLIK
IV SINF
(34 soat, haftasiga 1 soatdan)
Kirish (1 soat)
Yozgi kuzatishlar. O‘simlik va hayvonlar hayotidagi yozgi o‘zgarishlarga yakun yasash. Jonajon o‘lka tabiati.
Yer - Quyosh sistemasidagi sayyora (6 soat)
Yulduzlar. Quyosh - eng yaqin yulduz.
Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kometalar va meteorlar.
Yer -sayyora.Yerning tuzilishi va o‘lchami. Sayyoramizning tabiat go‘zalliklari.
Globus - Yerning andozasi. Shimoliy qutb, Janubiy qutb, Ekvator.
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi: kun va tun. Yerning Quyosh atrofida aylanishi: yil fasllarining davriy almashinishi.
Quyosh yorug‘ligining Yer yuzasida taqsimlanishi. Yer yuzasida issiqlikning taqsimlanishi.
Amaliy mashg‘ulot: Globus bilan ishlash.
Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi (9 soat)
Ufq. Ufqning asosiy tomonlari. Quyosh va mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash.
Yarimsharlar xaritasi. Quruqlik va suvliknig xaritada tasvirlanishi. Xaritalarning turli-tumanligi.
Yer yuzasining asosiy shakllari: tog‘, tekislik va okeanlar. Ularning tabiiy xaritada tasvirlanishi.
Yer usti suvlari: daryolar, ko‘llar, dengizlar.
O‘rmon tabiati. O‘rmonning xaritadagi o‘rni. O‘simlik va hayvonot dunyosi.
Cho‘l tabiati. Cho‘lning xaritadagi o‘rni. Cho‘lga suv chiqarish. Kanal va suv omborlari. Cho‘l aholisining hayoti.
Tog‘ tabiati. Xaritada tog‘larning joylashishi. O‘simlik va hayvonot dunyosi.
Dasht tabiati. Dashtning xaritadagi o‘rni. Yerni o‘zlashtirish va chorvachilik. O‘simlik va hayvonot dunyosi.
Foydali qazilmalar. Foydali qazilmalarning xaritada tasvirlanishi.
Amaliy mashg‘ulot: Xarita bilan ishlash.
O‘zbekiston xaritasi yonida (8 soat)
O‘zbekiston tabiiy xaritasi. Respublika hududi yer yuzasining tabiiy xaritadagi ko‘rinishi.
O‘lkamizdagi tog‘lar. Tog‘ tabiati. O‘simlik va hayvonot dunyosi. Tog‘ tabiatini muhofaza qilish.
O‘zbekiston cho‘llari. Cho‘l tabiati. O‘simlik va hayvonot dunyosi. Cho‘llarning o‘zlashtirilishi.
O‘zbekiston dashtlari. Dasht tabiati. O‘simlik va hayvonot dunyosi.
O‘lkamizdagi o‘rmonlar. O‘rmon tabiati. O‘simlik va hayvonot dunyosi. O‘rmon tabiatini asrash.
Respublika hududidagi asosiy daryolar, ko‘llar, kanallar, suv omborari. Yaqin atrofdagi suv havzalari. Suvni turli ifloslanishlardan (o‘g‘itlar, zaharli dorilar, benzin, yog‘lar, chiqindilar) saqlash.
O‘lkamiz hududidagi yer osti boyliklari. Respublikamizda qazib olinadigan asosiy foydali qazilmalar. Yer osti boyliklarini tejash.
Qo‘riqxonalar. Insonning tabiatga ta’siri. O‘zbekiston qo‘riqxonalarida saqlanayotgan noyob hayvonlar. Yo‘qolib borayotgan hayvon turlari, ularni asrash va ko‘paytirish.
Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston tabiiy xaritasi bilan ishlash.
Vatanimiz bo‘ylab sayohat (9 soat)
O‘zbekiston Respublikasining hududiy xaritasi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning xaritadagi o‘rni.
Farg‘ona vodiysining tabiati. Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining tabiiy sharoiti, aholisi, viloyatlar markazlaridagi diqqatga sazovor joylar.
Toshkent viloyati va shahrining tabiiy sharoiti, aholisi, diqqatga sazovor joylari.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining tabiiy sharoiti, aholisi, viloyatlar markazlaridagi diqqatga sazovor joylar.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiiy sharoiti, aholisi, viloyatlar markazlaridagi diqqatga sazovor joylar.
Navoiy va Buxoro viloyatlarining tabiiy sharoiti, aholisi, viloyatlar markazlaridagi diqqatga sazovor joylar.
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy sharoiti, aholisi. Xiva va Nukus shahrilaridagi diqqatga sazovor joylar.
O‘z yashash joyi (qishlog‘i, shahri, shahar atrofi)ning tabiiy sharoiti, aholisi, diqqatga sazovor joylar.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tabiiy boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha olib borayotgan chora va tadbirlari.
Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston hududiy xaritasi bilan ishlash.
O‘quv yili davomida o‘tilgan materiallar yuzasidan takrorlash.
IV sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
- Koinotning bepoyonligini, yulduzlarning son-sanoqsizligi, ulkanligi va bizdan nihoyatda uzoqligini, Yer, Quyosh va Oyning qiyosiy o‘lchamlarini, bir-birlaridan qanchalik uzoqligini anglash,
- Globus Yerning andozasi ekanligini bilishi;
- Yerning Quyosh atrofida aylanishidan yil va fasllar hosil bo‘lishini tasavvur qila olishi;
- Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tunning almashinishini tushuntira olishi;
- yarimsharlar xaritasini, xaritalarning turli-tumanligini, tog‘, o‘rmon, cho‘l, dasht tabiatini tasavvur qila olishi;
- Quyosh yorug‘ligi va issiqlikning Yer yuzasida taqsimlanishini bilishi;
- ufqning asosiy tomonlarini bilishi, Quyosh va mahalliy belgilarga qarab ufqning asosiy tomonlarini aniqlay olishi;
- Yer yuzasining asosiy shakllarini, ularning tabiiy xaritada tasvirlanishini bilishi;
- Yer usti suvlari: daryolar, ko‘llar, dengizlarni bilishi;
- Dunyo xaritasidan O‘zbekiston hududini topa olish;
- xaritadan O‘zbekiston bilan chegaradosh davlatlarni ko‘rsata olish;
- O‘zbekiston tabiiy xaritasidan o‘lkamiz tog‘ va tekisliklarini, yirik daryolarini ko‘rsata olishi;
- O‘zbekiston xaritasidan Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasini ko‘rsata olishi;
- foydali qazilmalarning xaritada tasvirlanishini bilishi, O‘zbekiston xaritasidan eng muhim foydali qazilma konlarini ko‘rsata olishi;
- O‘zbekiston xaritasidan o‘lkamizdagi tog‘, o‘rmon, cho‘l, dasht tabiatini tavsiflay olishi;
- O‘zbekiston xaritasidan Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati, aholisi, ular markazlaridagi diqqatga sazovar joylarni tavsiflay olishi;
- o‘zi yashaydigan qishloq (shahar, uning atrofi) tabiatining asosiy xususiyatlarini bilishi, aholisi, diqqatga sazovor joylarni tavsiflay olishi;
- tabiatni muhofaza qilish zarurligini tavsiflay olishi;
- tabiatda o‘zaro bog‘liqlik, tabiat va inson o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntira olishi.
- O‘zbekistondagi yirik qo‘riqxonalarni bilishi, tabiatni muhofaza qilish muhimligini tushuntira olishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tabiiy boyliklarni muhofaza qilish bo‘yicha olib borayotgan chora va tadbirlarini, g‘amxo‘rligini tavsiflay olishi kerak.