O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Fizika dasturi
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ÕALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA`LIM MARKAZI
 
FIZIKA FANIDAN ÎQUV DASTURI
 7–sinf
 
Toshkent – 2006
 
Tuzuvchilar:
 
B.Mirzahmedov               Nizomiy nomidagi TDPU professori      
A.Yusupov                      A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish markaziy institutining bo’lim boshlig’i dotsenti
D.Mahkamova                RTM bo’lim boshlig’i
T.O.Solovyova                Toshkent shahar 50-maktab fizika o’qituvchisi
TUSHUNTIRISH XATI
 
Maktabda fizika ta`limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o`rni bilan belgilanadi. Umumiy î’rta ta`lim maktablarida fizika fanini o`qitish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o`z-o`zini anglash salohiyatini shakllantirish va o`stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta`lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo`lgan bilimlar beriladi.
 
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika ta`limining asosiy vazifalari:
     - o`quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o`lchashlar, fizikaniing amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;
     - o`quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo`llanilishi bilan tanishtirish;  
     - koinot tuzilishi va undagi hodisalar quyidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;
     - buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi Vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta`lim mazmunini tevarak-atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o`quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
     - ta`lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqyoti bilan bog`lash orqali o`quvchilarni ongli ravishda kasbga yo`naltirish, o`rta maxsus yoki kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
     - fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o`lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
 
Dasturni tuzishda umumiy o`rta ta`lim maktablarining, ya`ni to`qqizinchi sinfni tugatgan o`quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo`limlaridan, chunonchi, mexanika, molekular fizika va termodinamika, elektr, optika, atom va yadro fizikasidan ma`lum darajada bilimlarga ega bo`lishlari zarur ekanligi inobatga olingan.
 
Yangi ta`lim tizimi asosida tuzilgan ushbu fizika dasturi bo`yicha fizika kursi alohida o`quv predmeti sifatida VI sinfdan boshlanadi. Maktab fizika ta`limining birinchi yilida î’quvchilarga fizik hodisalar va kattaliklar haqida umumiy ma`lumotlar beriladi. Bu bilan o`quvchilarni fizikaga qiziqtiriladi, fizika fani haqida dastlabki tasavvur hosil qilinadi, tevarak-atrofdagi fizik hodisalarning mohiyatini elementar tarzda tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashlari shakllantiriladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy geografiya, biologiya va kimyo predmetlari mazmunida uchraydigan fizikaga oid bilimlarni o`zlashtirishga tayyorlaydi.
 
Dasturda VI sinfda «Mexanik hodisalar», «Jismlarning muvozanati», «Oddiy mexanizmlar», «Modda tuzilishi haqida dastlabki ma`lumotlar», «Issiqlik hodisalari», «Yorug`lik hodisalari», «Tovush hodisalari»ni o`rganish orqali dastlabki fizik tushuncha va hodisalar haqida bilimlar berish ko`zda tutilgan.
 
Bu sinfda fizik hodisalar va kattaliklar haqida umumiy ma`lumot va tasavvurga ega bo`lgan o`quvchilar yuqori sinflarda fizika kursining barcha bo`limlarini sistemali ravishda o`rganadilar. Bunda fizika ta`limi mazmuni ijtimoiy hayotda, tevarak-atrofda uchraydigan fizik hodisalar va jarayonlar bilan bog`lab o`rgatiladi.
 
VII sinfda mexanika kursi odatiy tarzda «Kinematika asoslari», «Dinamika asoslari», «Saqlanish qonunlari», «Suyuqlik va gazlar mexanikasi asoslari» hamda «Tebranish va to`lqinlar» bo`limlarini o`z ichiga olgan. O`quvchilar mexanika kursi bî’yicha dasturda keltirilgan hodisalar haqida tasavvurga ega bo`lishlari, tushuncha, kattaliklar va qonuniyatlarni bilishlari, tajriba va laboratoriya ishhlarini bajara olishlari lozim.
 
Umumiy o`rta ta`lim maktabining bitiruvchilari umumiy fizika kursining barcha bo`limlaridan, chunonchi, mexanika, molekular fizika va termodinamika, elektrodinamika, optika, atom va yadro fizikasidan ma`lum darajada tugallangan bilimga ega bo`lishlari zarur.
 
Shu munosabat bilan IX sinf fizika dasturiga VI-VIII sinflarda o`rganilmagan yoki faqat boshlanich ma`lumotlar berish bilan kifoyalangan bo`limlar kiritilgan.
 
VIII sinf fizika kursining «Elektr zaryadi», «Elektr maydon», «Elektr toki», «Elektr zanjir», «Magnit maydon», «Elektromagnit hodisalari», «Yarim o`tkazichlar», «Elektr magnit tebranishlar va to`lqinlar. Radioaloqaning fizik asoslari» o`rganilib, unda zaryad va maydon tushunchalariga katta etibor beriladi. Shuning uchun elektrstatistikani o`rganishga iyosan ko`proq vaqt ajratilgan. Bu mavzu materialini bayon etishda o`quvchilarning VI sinfda modda tuzilishiga oid olgan bilimlaridan foydalaniladi. Bunda molekular tasavvurlar kengaytiriladi va atom tuzilishi to`g`risidagi elementar ma`lumotlar bilan boyitiladi.
«Tok kuchi», «Kuchlanish», «Qarshilik» bo`limidagi mavzular an`anaviy yo`llar bilan tushuntiriladi.
Tok kuchining birligi bo`lgan amperga ta`rif beriladi. Kuchlanish avvalgi bo`limda o`rganilgan elektr maydon potensiali orqali tushuntiriladi. Om qonuni eksperiment natijasi sifatida beriladi.
 
«Elektr tokining ishi va quvvati» bo`limida Joul-Lens qonuni oldingi bo`limda o`tilgan kuchlanish tushunchasiga va Om qonunidan foydalanib hisoblab chiqariladi. Bunda o`tkazichlari ketma-ket ulangan zanjirlarda tok va kuchlanish taqsimoti, o`tkazichlarning qarshiligi, elektr tokining energiyasi va quvvati tajribalar yordamida o`rgatiladi.
 
«Elektromagnit hodisalar» bo`limiga oid mavzular tajribalar va laboratoriya ishlari asosida faqat sifat jihatdan o`rganiladi.
Elektrga oid o`zlashtirilgan qoida va qonunlardan foydalanib, sodda sifatiy va miqdoriy masalalar yechishga o`rgatiladi. Masalalar yechish va laboratoriya ishlarini bajarishda o`quvchilar fizik kattaliklarning jadvallaridan foydalana olishlari kerak.
IX sinfda fizikaning «Molekular fizika va termodinamika asoslari» hamda «Optika» bo`limidagi mavzular VI-sinfda o`tilgan «Modda tuzilishi», «Issiqlik hodisalari», «Issiqlik mashinalari», Yorug`lik hodisalari» bî’limlaridagi mavzulardan olingan bilimlar asosida o`rganiladi. «Atom fizikasi asoslari» bî’limi bo`yicha boshlanich «Kirish», «Mexanik hodisalar», «Jismlarning muvozanati», «Oddiy mexanizmlar», «Modda tuzilishi haqida dastlabki ma`lumotlar», «Issiqlik hodisalari», «Yorug`lik hodisalari» bo`limlaridagi mavzulardan olingan bilimlar asosida o`rganiladi. «Atom fizikasi asoslari» bo`limi bo`yicha boshlang`ich ma`lumotlar quyi sinflarda o`rganilmagan. Bu mavzular nomiga ko`ra, murakkab hisoblansa-da, lekin o`quvchilar bu bo`limdagi mavzularni umumiy tarzda sifat jihatdan o`rganadilar. Bu borada akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kvant fizikasi, jumladan, atom fizikasi keng tarzda o`rganilishi inobatga olingan.
 
Umumiy o`rta ta`lim maktabining bitiruvchilari astronomiya elementlari yuzasidan ma`lum miqdorda bilim ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlari lozim. Shu maqsadda IX- sinfga «Koinot fizikasi» bo`limi kiritilgan. Bu bî’limda koinot tuzilishi, osmon jismlari, koinotdagi hodisalar haqida zaruriy bilimlar beriladi.
 
Dasturda har bir bo`limga ajratilgan dars soatlari taxminiy bo`lib, ular shu bo`limga oid mavzularni o`rganishga, unga oid ko`rgazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya ishlarini bajarishga, masalalarni yechishga hamda o`quvchilar bilimini baholashga mo`ljallangan. har bir bo`lim oxirida keltirilgan laboratoriya ishlaridan ayrimlarini bajarish uchun asboblar yetrali bo`lmagan taqdirda teng kuchli boshqa laboratoriya ishi bilan almashtirilishi mumkin. Ko`rgazma va tajribalarni namoyish etishda hamda laboratoriya ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi zarur. O`quvchilar fizika darslarida olgan bilimlarini amaliy jihatdan ekskursiyada yanada mustahkamlashlari mumkin. Shu munosabat bilan har bir sinf uchun ekskursiyaga 2 soatdan vaqt ajratilgan. Ekskursiya mavzusi va ob`ekti o`qituvchi tomonidan belgilanadi.         
VII SINF
(68 sîàt, hàftàsigà 2 sîàtdàn)
1. Kinåmàtikààsîslàri. (16 sîàt)
Måõànik hàràkàt. Fàzî và vàqt. Kinåmàtikàning àsîsiy tushunchàlàri. Våktîr kàttàliklàr.
Tî`g`ri chiziqli tåkis hàràkàt tåzligi. Tî`g`ri chiziqli tåkis hàràkàtdà kî`chish. Hàràkàtni gràfik ràvishdà ifîdàlàsh. Nîtåkis hàràkàtdà tåzlik. Tî`g`ri chiziq bî`ylàb tåkis î`zgàruvchàn hàràkàt. Tåkis î`zgàruvchàn hàràkàtdà tåzlik. Tåkis î`zgàruvchàn hàràkàtdà tåzlànish. Nîtåkis hàràkàtdà yî`l. Jismlàrning erkin tushishi. Mîddiy nuqtàning àylànà bî`ylàb tåkis hàràkàti. Àylànà bî`ylàb tåkis hàràkàtlànuvchi jismning chiziqli tåzligi. Burilish burchàgi. Burchàk tåzlik. Àylànà bî`ylàb tåkis hàràkàtlànuvchi jism tåzlànishi. Markazga intilma tezlanish.
Làbîràtîriya ishlàri:         
1. Tåkis tåzlànuvchàn hàràkàtlànàyîtgàn jism tåzlànishini àniqlàsh
Kî`rgàzmà và tàjribàlàr:
1. Måõànik hàràkàt
2. Hàràkàtning nisbiyligi
3. Tî`g`ri chiziqli tåkis hàràkàt tåzligi 
4. Tåkis î`zgàruvchàn hàràkàtdà îniy tåzlikni àniqlàsh 
5. Jismlàrning hàvîdà và hàvîsi siyràklàshtirilgàn fàzîdà tushishi 
6. Erkin tushish tåzlànishi
7. Àylànà bî`ylàb hàràkàt qilàyîtgàn jism chiziqli tåzligining yî`nàlishi 
8. Àylànà bî`ylàb hàràkàtlànàyîtgàn jismning chiziqli và burchàk tåzligi
 
2. Dinàmikààsîslàri (26 sîàt)
 
Jismlàrning î`zàrî tà`siri. Jismlàrning î`zàrî tà`siri nàtijàsidà hàràkàtgà kålishi. Jism màssàsi. Nyutînning birinchi qînuni. Nyutînning ikkinchi qînuni. Kuchni î`lchàsh. Kuchlàrni qî`shish và àyirish. Nyutînning uchinchi qînuni. Elàstiklik kuchi. Guk qînuni. Ishqàlànish turlàri. Ishqàlànish kuchi. Råàksiya kuchi. Nyutîn qînunlàrini àylànà bî`ylàb hàràkàtgà tàdbiqi. Gàlilåyning nisbiylik prinsipi.
Butun îlàm tîrtishish qînuni. Tîrtishish màydîni. Îg`irlik kuchi. Îg`irlik. Vàznsizlik và îrtiqchà yuklamàlàr. Tîrtishish màydînidà hàràkàtlànish. Birinchi kîsmik tåzlik. Yerning sun`iy yî`ldîshi.
Làbîràtîriya ishlàri:         
2. Prujinà bikrligini àniqlàsh
3. Sirpànish, ishqàlànish kîeffitsåntini àniqlàsh
Kî`rgàzmà và tàjribàlàr:
1. Kuch. Kuchni î`lchàsh
2. Kuchlàrni qî`shish                           
3. Jism màssàlàrini sîlishtirish
4. Nyutînning birinchi qînuni và kinîfràgmånt  
5. Nyutînning ikkinchi qînuni và kinîfràgmånt           
6. Nyutînning uchinchi qînuni và kinîfràgmånt
7. Dåfîrmàsiyalàngàn stårjinning elàstiklik kuchi
8. Guk qînunini nàmîyish qilish
9. «Gàlilåyning nisbiylik prinsipi» kinîfràgmånt
 
3. Sàqlànish qînunlàri (10 sîàt)
Impuls. Impulsning sàqlànish qînuni. Råàktiv hàràkàt. Ràkåtàning tuzilishi và ishlàsh prinsipi. Kîsmîsni î`zlàshtirishdàgi yutuqlàr.
Kuchning bàjàrgàn ishi. Pîtånsiàl và kinåtik enårgiya. Ish và enårgiyaning î`zàrî bîg`liqligi. Måõànik enårgiyaning sàqlànish và àylànish qînuni.
Làbîràtîriya ishlàri:         
4. Måõànik enårgiyaning àylànish và sàqlànish qînunini î`rgànish
Kî`rgàzmà và tàjribàlàr:
1. Kuch impulsi
2. Jism impulsi
3. Impulsning sàqlànish qînuni
4. «Jism impulsi» kinîfràgmåntini kî`rsàtish
5. Råàktiv hàràkàt
6. Ràkåtà mîdåli
7. Suv såpàdigàn nàsîsning tuzilishi và ishlàshi
 
4. Suyuqlik và gàzlàr måõànikàsi àsîslàri (4 sîàt)
 
Suyuqlik và gàzlàrdà hàràkàtlànuvchi jismgà tà`sir qiluvchi kuchlàr.
Hàràkàtlànuvchi suyuqlik và gàzlàrning bîsimi. Quvurdà îqàyîtgàn suyuqlikning bîsimi bilàn tåzligi îràsidàgi bîg`lànishdàn tåõnikàdà fîydàlànish.
Kî`rgàzmà và tàjribàlàr:
1. Suyuqlik và gàzlàrdà bîsimining uzàtilishi
2. Suyuqlikning idish tubi và dåvîrlàrigà bîsimi
3. Ko`tarish krani
 
5. Tåbrànish và tî`lqinlàr (8 sîàt)
 
Tåbrànmà hàràkàt. Erkin tåbrànishlàr. Tåbrànishlàr àmplitudàsi, dàvri và chàstîtàsi. Màtåmàtik màyatnikning tåbrànish dàvri. Prujinàgà îsilgàn yukning tåbrànishi. Tåbrànmà hàràkàtdà enårgiyaning àylànishi. Màjburiy tåbrànishlàr. Råzînàns. Måõànik tî`lqinlàr. Kî`ndàlàng và bî`ylàmà tî`lqinlàr. Tî`lqin uzunligi, uning tàrqàlish tåzligigà và dàvri (chàstîtàsi)gà bîg`liqligi. Tîvush tî`lqinlàri.
Làbîràtîriya ishlàri:         
5. Màtåmàtik màyatnikning tåbrànish dàvri và chàstîtàsini àniqlàsh.
Kî`rgàzmà và tàjribàlàr:
1. Tåbrànishlàr îssiîllîgràmmàsi
2. Erkin tåbrànishlàrdà enårgiyaning àylànishi
3. Erkin tåbrànishlàr àmplitudàsi
4. Erkin tåbrànishlàr dàvri và chàstîtàsi
5. Prujinàli màyatnikning tåbrànish dàvri
6. Sî`nuvchi tåbrànishlàr
7. Màjburiy tåbrànishlàr
8. Råzînàns hîdisàsi
9. Kî`ndàlàng tî`lqinni kuzàtish
10. Bî`ylàmà tî`lqinni kuzàtish
 
Tàkrîrlàsh (2 sîàt)
Ekskursiya (2 sîàt)
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz