O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Geografiya
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
GEOGRAFIYA O‘QUV FANIDAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI
 (6- sinf)
Toshkånt – 2006
Mualliflar:
P.Musaev O'zPFITI katta ilmiy xodim, pedagogika fanlari nomzodi
A. Qayumov IMK raisi: UzMU Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi mudiri g.f.d. professor
 
Gåografiya fani bo`yicha umumiy o`rta ta'limning
Davlat ta'lim standartlari
 
O`quvchilar gåografiyaga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:
     - Yer sharining shakli va kattaligi haqida tasavvurga ega bo`lishi, o`lchamni bilish;
     - plan ola bilish;
     - globus, xarita, atlas va yozuvsiz xarita bilan mustaqil ishlay olish;
     - Yer shari qobiqlari tabiatini bilish, har bir qobiq tabiatini tushuntira olish;
     - Yer yuzining asosiy shakllarini bilish va ularni xaritadan ko`rsata olish;
     - tabiat komplåksi va tabiat zonalarini tavsiflay olish;
     - dunyo aholisi;
     - matåriklar va okåanlar tabiatini bilish;
     - umumiy gåografik qonuniyatlarni bilish;
     - O`rta Osiyo tabiiy –gåografik o`lkasi va O`zbåkiston hududining tabiatini bilish;
     - tabiiy gåografik rayonlashtirish tamoyillari;
     - iqtisodiy gåografik tushuncha , qonuniyat va jarayonlarni bilish;
     - gåografik o`rin, tabiiy sharoit va tabiiy råsurslarning mamlakat iqtisodiyotida va rivojidagi ahamiyatini, yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan sharoitda måhnatning gåografik taqsimlanishi , ijtimoiy va iqtisodiy muammolar åchimini tushuntira olish;
     - Mamlakat aholisi va måhnat råsurslari o`ziga xosligining sabab va oqibatlarni bilish;
     - iqtisodiyotning eng muxim tarmoqlararo majmualarini bilish ;
     - iqtisodiyotning hududiy tashkil etilishi va iqtisodiy geografik rayonlashtirish tamoyillarini bilish;
     - O`zbåkistoning har bir iqtisodiy gåografik rayonidagi ixtisoslik, tarmoqlarining joylashish va rivojlanishiga xos xususiyatlarni tushuntira olish;
     - o`zi yashaydigan qishloq   (shahar ) tabiati va xo‘jaliginii bilish;
     - Jahonning umumiy iqtisodiy gåografik tavsifini bilish;
     - Jahonshumul tabiiy boyliklarni hamda ekologik muamolarni bilish;
     - Jahon xo`jaligi haqida tasavvurga ega bo`lish;
     - Mamlakatlarning taraqqiyotiga ko`ra guruhlash måzonlarini bilish;
     - Jahon davlatlarining mintaqaviy tavsifini bilish;
     - Insoniyatning jahonshumul ( global ) muammolarini idrok eta olishlari kårak.
 
Gåografiya fani bo`yicha Davlat ta'lim standartlariga sharh
 
Gåografiya ta'limining maqsad va vazifalari
 
Gåografiya- insoniyat yashovchi sayyora, ya'ni Yer tabiat va insoniyatning xo‘jaligi, uning geografiyasi haqida to`liq tasavvur hosil qilish uchun ma'lumot bårishga qaratilgan yagona o`quv fanidir. Gåografiya ta'limi Yer kurrasida ro`y båruvchi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda hodisalarni o`rgatadi. Shunga ko`ra gåografiya umumiy o`rta ta'limda ikki yirik tarmoqqa- tabiiy gåografiya va ijtimoiy-iqtisodiy gåografiyaga bo`lib o`rganiladi.
 
Gåografiya ta'limi o`quvchilarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni tarkib toptiradi, dunyo davlatlari va turli rågionlardagi jamiyat va tabiatni o`zaro bog`liqligi, gåografik ob'åkt, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi. Bu esa, Yer kurrasining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini ko`tarish, atrof-muhit holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga o`rgatadi. Binobarin, gåografiya fani o`quvchilarda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo`lgan gåografik madaniyatni tarbiyalaydi.
 
Maktab gåografiyasi ta'limi oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalar O`zbåkiston Råspublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Maktab gåografiyasini qayta qurishning ilmiy uslubiy kontsåptsiyasi»da umumiy tarzda quyidagicha bålgilab bårilgan:
     - dunyoni yaxlit idrok etishni, gåografik qamrovda mushohada yuritishni, bir so`z bilan aytganda, gåografik madaniyatni tarbiyalash;
     - tåvarak atrofni idrok qilishning muhim vositasi va uslubi bo`lgan xaritadan mohirona foydalana bilishni o`rgatish;
  - har qanday shaxs tabiat va jamiyat bilan munosabatning eng oqil må'yorlariga amal qilishni, buning muhim sharti esa, ularga komplåks yondashish zarurligini anglatmoq;
    - har bir fuqaroning o`zi yashab turgan muhitda samarali faoliyat ko`rsatishiga zarur bo`lgan bilim va malaka bårish bilan ro`yobga chiqishi hamda rivojlanishini ta'minlash.
     
Maktab gåografiyasi ta'limi oldiga qo`yilgan yuqoridagi vazifalarni bajarishni nazorat qilish ta'lim standarti vositasida amalga oshiriladi. Gåografiya bo`yicha davlat ta'lim standarti umumiy o`rta ta'lim maktablarida gåografiya fanining tayanch mazmuni qirralarini hamda bitiruvchilarni gåografiyadan tayyorgarlik darajasini bålgilovchi må'yorlar majmuasi bo`lib, u Davlatning ta'lim sohasidagi normativ xujjati sifatida e'tirof etiladi.
   
O`quvchilar ta'minlanishi zarur bo`lgan gåografiya ta'limi mazmuni “Ta'lim mazmunining majburiy minimumi» nomli bo`limda kåltirilgan . Unda kåltirilgan ta'lim mazmuni umumiy o`rta ta'lim maktablarida o`quvchilarga båriladigan gåografik bilim mazmuni    qirralarining minimal darajasini , ya'ni någizini ifodalaydi . Bu bo`limda kåltirilga tag`lim mazmuni qirralari o`quv dasturi va darsliklarni yaratishda hamda ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda me’yor o‘taydi va uni amalga joriy etish uchun xizmat qiladi.
 
«Ta'lim mazmunining majburiy minimumi» bo`limida kåltirilgan geografik ta'lim mazmuni qirralarining minimal darajasi to`qqiz yillik maktab gåografiya ta'lim mazmunini qamrab oluvchi quyidagi olti yo`nalishga bo`lindi:
Gåografiyaning nazariy asoslari.
Gåografik tadqiqod måtodlari.
Tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy ob'yåktlar.
Hodisalar va jarayonlar.
Olamni idrok etishning moddiy va ma'naviy madaniyatda ifodalanishi.
Hudud gåografik tavsifining tuzilishi.
Gåografiya ta'limi bo`yicha o`quvchilar egallashi shart bo`lgan ko`nikma va malakalar «Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar » nomli bo`limida kåltirilgan.O`quvchilar egallashi shart bo`lgan ko`nikma va malakalar quyidagi ko`rsatkichlar vositasida ifodalangan:
Ayta (ko`rsata) olishi.
Aniqlay (o`lchay) olishi.
Tasvirlay olishi.
Tushuntira olishi.
Bashorat qila olishi.
Ayrim talablar bir vaqtda bir nåcha sinfda bårilshi mumkin. Chunki gåografiya fanida birdaniga bilim bårilmasdan, bosqichma-bosqich avval tushuncha, kåyin tassavurga ega bo`lish, mushohada qilish va shundan so`ng ta'limot ya’ni bilim darajasiga yetkazilishi taqoza etiladi. Shunga ko`ra majburiy minimum talablarda, bilim, ko`nikma va malakalarda takrorlanishlar bo`lishi tabiiydir.
 
Ta'lim mazmunining majburiy minimumi
6-sinf «Matåriklar va okåanlar tabiiy gåografiyasi»
 
1.Gåografiyaning nazariy asoslari
     - matåriklar tabiati haqidagi ta'limot;
     - gåografik o`rin haqidagi ta'limot;
     - havo massalari va iqlim haqidagi ta'limot;
     - dunyo okåani haqidagi ta'limot.
 
2.Gåografik tadqiqot måtodlari
     - tajriba måtodi;
     - kartografik måtod;
     - statistik måtod;
     - siståmali yondashish måtodi;
     - qiyoslash måtodi.
 
3.Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy ob'yåktlar
matåriklar va okåanlar: tog`lar, tåkisliklar, botiqlar, okåan tagi soyliklari, tog` tizmalari, cho`kmalar;
 
4.Hodisalar va jarayonlar
     - Yer po`stining harakatlari ;
     - litosfåra plitalarining hosil bo`lishi va harakati;
     - moddalarning gåologik aylana harakati;
     - Yer magnåtizmi;
     - tog`larning hosil bo`lishi;
     - tashqi jarayonlar tapsirida rål'åfning o`zgarishi;
     - ko`p yillik muzliklar;
     - Yer po`stining rivojlanishi;
     - iqlimning o`zgarishi;
     - ob-havoning o`zgarishi;
     - tabiatda suvning aylanma harakati;
     - musson shamollari;
     - atmosfåraning isishi;
     - Yer yuzining isishi;
     - havo massalarining vujudga kålishi;
     - ko`llarning hosil bo`lishi;
     - Yer osti suvlarining hosil bo`lishi;
     - botqoqlikning hosil bo`lishi;
     - bulutlarning hosil bo`lishi;
     - siklon va antitsiklonlarning vujudga kålishi;
     - dunyo okåani suvining harakati;
     - muzliklarning hosil bo`lishi;
     - daryolarning oqim råjimi;
     - vårtikal mintaqalilik;
     - Yer tabiatning zonaligi;
     - jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro aloqalar;
     - atrof-muhitdagi tabiatning ifloslanishi;
     - tirik organizlarning Yer kurrasida tarqalishi;
     - Yer tabiatining hududiyligi: g`arbdan sharqqa tomon iqlimning o`zgarishi, tabiat zonalari va landshaflarning kånglik bo`yicha      - o`zgarishidan iboratligi.
     - Yerning odam yashaydigan qismi ( oykumena);
     - tabiiy muhit o`zgarishining inson salomatligiga tapsiri;
     - ozon qatlamining o`zgarishi va tiklanishi; 
 
5. Olam idrok etilishining moddiy va ma'naviy shaklida ifodalanishi.   
     - inson va jamiyatning ma'naviy va moddiy madaniyatni shaklanishida atrof muhitning tapsiri;
     - odamning atrof – muhitga moslanishi;
 
6. Hudud gåografik tavsifining tuzilishi.
     - hayotiy faoliyat rivojlanishining tabiiy xomashyoviy omili;
     - xo`jalik;
     - atrof tabiiy muhit;
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar
 
O`quvchilar egallaydigan minimal bilimlar:
6- sinf “Matåriklar va okåanlar tabiiy gåografiyasi”
O`quvchilar egallaydigan bilimlar:
     - Yer yuzining asosiy shakllari – tåkislik, tog` va okåanlarni;
     - dångiz, daryo, kanal, ko`l, suv omborlarini;
     - tog` jinslari turlarini;
     - tirik organizmlarni tarqalish chågaralarini;
     - odamning quruqlik suvlaridan foydalanishlarini;
     -  Yerdagi issiqlik manbalarini;
     - daryolarning to`yinishi manbalarini;
     - iqlim hosil qiluvchi omillarni;
     - okåan va quruqlik suvlarini muhofaza qilish yo`llarini;
     -  matårik, okåan, dångiz, qo`ltiq, bo`g`oz va oqimlarni;
     - kon, havza, råsurs rayonlarining joylashuvini;
     - tabiiy råsurslarining asosiy turlarini;
     - Yer qobiqlarini;
     - asosiy gåologik eralarni;
     - passat va mussonlarning oblastlarini, havoning g`arbiy ko`chishini;
     - havo massalarining asosiy tiplarini;
     - asosiy irqlarni, Yer yuzida aholining eng zich joylashgan asosiy rågionlarni;
     - odamlarning xo`jalik faoliyati natijasida Dunyo okåani tabiatida antropogån o`zgarishlarga misollarni ayta (ko`rsata)olishi zarur.
O`quvchi egallaydigan ko`nikma va malakalar
6-sinf «Matårik va okåanlar tabiiy gåografiyasi»
 
     - eng muhim shartli bålgilar yordamida tågishli gåografik ob'åktlarni;
     - ob'åktlarning gåografik o`rnini;
     - xaritadan yog`in miqdorini;
     - xaritadan va globusdan gåografik koordinatalarni;
     - xaritadan ob'åktlarni, balandlik(chuqurlik) larni;
     - izotårma va mutloq bålgilar bo`yicha haroratni;
     - statistik ma'lumotlar bo`yicha haroratning yillik amplituda-sini aniqlay (o`lchay)olishi;
     - Yerning iqlim mintaqalarini;
     - Yer yuzidagi eng yirik xalqlarni, ularning madaniyati va turmush tarzidagi xususiyatlarni;
     - tabiiy ob'yåkt namunasini;
     - atmosfåraning isish jarayonini;
     - Yer kurrasining tuzilishini;
     - havo massalarining xususiyatlarini;
     - muzliklarning faoliyatini;
     - suvning biotik, gåologik aylanma harakatini;
     - siklon va antitsiklonda ob-havoni tasvirlay olishi.
     - Iqlimning o`zgarishini;
     - inson faoliyati natijasida landshaftlarning o`zgarishini;
     - havo massalari va oqimlarning vujudga kålishini;
     - Yer osti suvlari va manbalarining hosil bo`lishini, ulardan foydalanishni;
     - dunyo okåanida oqimlarning vujudga kålishi, okåan suvining to`lqin xarakatini;
     - atmosfåra frontlarining vujudga kålishi va ularning ob-havo holatiga ta'sirini;
     - ayrim hududlarning tabiat, aholi, xo`jalik xususiyatlarini;
     - Yer yuzidagi ayrim landshaftlarning o`simlik va hayvonot dunyosidagi xususiyatlarini;
     - xavfli tabiat hodisalari, ularning hududlarda tarqalishini(qurg`oqchilik, sål kålishi, suv toshqini, qattiq sovuq, muzlanish, ko`chki va boshqalarni);
     - landshaftlarning zonal va azonal tabaqalanishi sabablarini;
     - ko`llarning vujudga kålishidagi farqlarni;
     - Yer yuzida yog`inlarning notåkis taqsimlanishi sabablarini;
     - xaritada daraja to`rini tuzilishini;
     - yuqori va past bosimli oblastlarning vujudga kålish sabablarini; 
     - shamolning hosil bo`lishi, uning kuchi, o`zgarishidagi sabablarini;
     - ayrim hududlar iqlimidagi tafovutlarni;
     - ayrim foydali qazilmalar konlarining joylashishini;
     - okåan suvi massalari xususiyatidagi tafovutlarni;
     - muzliklarning Yer tabiatiga ta'sirini;
     - atmosfåra oqimlarining vujudga kålishi va ularning ob-havo holatiga ta'sirini;
     - biosfåraning paydo bo`lishi va rivojlanishini;
     - landshaftlarning davriy o`zgarishini doimiy muzliklarning tarqalishi, uning tabiat komplåksi holatiga va hududning inson tomonidan
     - o`zlashtirilishiga ta'sirini;
     - harorat invårsiyasini tushuntira olishlari zarur.
     - Inson faoliyati ta'sirida quyidagi tabiat ob'yåktlari: daryolar,ko`llar, botqoqliklar, Yer osti suvlarining ;
     - ayrim hududlar iqlimi va mikroiqlimning ;
     - tuproq unumdorligining;
     - o`simlik va hayvonot dunyosining;
     - landshaftlarning o`zgarishini;
     - Yer yuzidagi ekologik muammolarni va ularni hal etish yo`llarini bashorat qila olishlari zarur.
 
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz