O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARINING
5-SINFLARI UCHUN “INFORMATIKA” FANIDAN
YANGI TAHRIRDAGI O'QUV DASTURI
TOSHKENT - 2006
Tuzuvchilar:
|
B. Boltayev
|
Respublika ta’lim markazi, ta’lim jarayonini axborotlashtirish bo’limi boshlig’i, fizika – matematika fanlari nomzodi
|
|
M. Mahkamov
|
Respublika ta’lim markazi, ta’lim jarayonini axborotlashtirish bo’limi
|
|
A. Azamatov
|
Davlat Soliq qo’mitasi Soliq akademiyasi katta o’qituvchisi, fizika – matematika fanlari nomzodi
|
|
A. Daliyev
|
Davlat mulk qo’mitasi, iqtisod fanlari nomzodi
|
|
T. Azlarov
|
Toshkent Islom Universiteti, pedagogika fanlari nomzodi
|
|
S. Hafizov
|
Xalq ta‘limi vazirligi, ta’lim jarayoniga axborot-kommuni-katsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi
|
2005-2006 o‘quv yilida 5-sinfda tajriba sinovdan o‘tkazilgan DTS va o‘quv dasturi, 2006 yil 15 mayda Informatika fani bo‘yich bo‘lib o‘tgan ilmiy metodik kengash qarori asosida umumta’lim maktablarining 5-sinfida INFORMATIKA fani maskur DTS va o‘quv dasturiga binoan o‘qitilishi tavsiya qilinadi.
Uqtirish xati
Respublikamizda, yosh avlodning o’z faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani yechishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki jaroyonni informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo‘lish har bir yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, o’rta maktab informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.
O’qitish shakli va usuli yosh o’quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o’quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg’un ko’rinishda berishdir.
Informatika fanining yoshlik darajasidagi dolzarblik jihatlari quyidagilarda akslanadi:
1. O’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash jarayonida fikrlash tartibotlarini, jumladan mantiqiy va abstrakt fikrlashni shakllantirish.
2. Kompyuterdan o’quv vositasi sifatida foydalanishni ta’minlash maqsadida, uning yordamida axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish.
3. Kompyuterdan foydalanish ko‘nikmasini shakillantirish o‘quvchilarda uni o‘rganilayotgan jarayonda hisoblash, tasvirlash, tahrirlash ishlarini bajarishda vosita sifatida qo‘llash tajribasiga ega bo’ladilar.
4. Yoshlarda hisoblash texnikasiga nisbatan uning samarali vosita sifatidagi ijobiy munosabatlarni shakllantiradi.
5. Yoshlarda turli o‘quv kurslarida olayotgan axborot va ma’lumotlarni kompleks ravishda o‘rganish hamda ularning uzviyligini ta’minlash ko‘nikmasini shakillantiradi.
Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo’lib hizmat qiladi.
O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqodchiga aylanishadi. Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga o’rganadilar.
Informatika kursining asosiy maqsadi – o‘sib kelayotgan avlodni kompyuter yordamida mustaqil fikrlashga, tasovurini rivojlantirishga va o‘zining ijodiy rejalarini hayotga tadbiq etishga o’rgatish.
5-SINF (17soat)
(Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun)
Kompyuter bilan tanishuv(16 soat)
Mazmun. Kompyuter honasi uchun Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterning ba’zi qo’shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang’ich saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi sifatida. Kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari bilan tanishish.
Maqsad. O’quvchilarga kompyuter haqida ma’lumot berish. Klaviatura va sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Sichqoncha bilan ishlash jarayonida Windows muhitiga ilk qadam qo’yish: Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish, siljitish, o’lchamlarini o’zgartirish…) bajarish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga talablar:kompyuterda ishlashda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish. Kompyuterning asosiy qurilmalarini va ularning vazifalarini bilish. Klaviaturadan foydalana olish ( katta va kichik harflarni, sonlarni, maxsus belgilarni kirita olish). Sichqonchadan foydalana olish. Kompyuterdagi kalkulyator dasturidan foydalana olish. Grafik muharrirda sodda rasmlar hosil qila olish. O’quv pedagogik dastur vositalaridan foydalana olish ko’nikmasini shakllantirish. O’yin dasturlaridan foydalana olish.
5-sinf Informatika fani uchun taxminiy o’quv soatlari taqsimoti
|
T/r
|
BO’LIMLAR, MAVZULAR
|
soat
|
|
|
Kompyuter bilan tanishuv
|
16
|
|
1-dars
|
Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitaiya-gigiyena talablari
|
1
|
|
2-dars
|
Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va vazifalari
|
1
|
|
3-dars
|
Klaviatura bilan tanishuv
|
1
|
|
4-dars
5- dars
|
Klaviatura trenajerida mashqlar
Klaviatura trenajerida amaliy mashqlar
|
1
1
|
|
6-dars
7-dars
8-dars
|
Windows muhitida ishlash:
· Sichqoncha bilan ishlash jarayonida Windows muhitiga ilk qadam qo’yish
· Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish, siljitish,) bajarish.
· Windows oynasi ustida amallar (o’lchamlarini o’zgartirish…) bajarish. (1-MSNI)
|
1
1
1
|
|
9-dars
|
Kompyuterdagi mikrokalkulyatordan foydalanish
|
1
|
|
10-dars
11-dars
12-dars
13-dars
14-dars
|
Paint grafik muharriri (5-soat)
Grafik muharrirning vazifasi va imkoniyatlari
Paint grafik muharriri yordamida sodda matematik shakllar tayyorlash
amaliy mashg‘ulot
grafik muharrir yordamida turli rasm hosil qilish va tahrirlash:
Rasm hosil qilishda “rang”lardan foydalanish
tabiyat manzarasini chizish;
|
1
1
1
1
1
|
|
15-dars
16-dars
|
Kompyuter o’yinlari haqida
Amaliy ish
|
1
1
|
|
17
|
Nazorat ishi
|
1
|