O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Informatika dasturi 9
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

ΑZBÅKISTÎN RÅSÐUBLIKÀSI ÕÀLQ TÀ’LIMI VÀZIRLIGI
RÅSÐUBLIKÀ TÀ’LIM MARKAZI
 
UMUMIY ΑRTA TA’LIM MAKTABLARINING
9-SINFI UCHUN «INFORMATIKA VA HISOBLASH
TEXNIKASI ASOSLARI» FANIDAN
YANGI TAHRIRDAGIΑQUV DÀSTURI
 TOSHKENT – 2006
  
Axat Azamatov
-
Toshkent shahar 274-maktab î‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi
Muxtor Mahkamov
-
RTM bî‘lim boshlig‘i muovini, xalq ta’limi a’lochisi
Turg‘un Azlarov
-
Toshkent shahar 40-maktab î‘qituvchisi, peda­gogika fanlari nomzodi
Bahodir Boltayev 
-
RTM bî‘lim boshlig‘i, fizika-matematika fanlari nomzodi
Abduqahhor Abduqodirov
-
“ISTEDOD” Jamgarmasi, Masofadan o‘qitish markazi direktori, pedagogika fanlari doktori
 
Uqtirish xati
 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy   taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi, deb ta'kidlangan. Ma'lumki, informatika va axborot texnologiyalari jahonda jadal sur'atlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan sohalardan biridir.
 
Mazkur dastur “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Prezidaent farmonida ko‘zda tutilgan vazifaga muvofiq va yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib takomillashtirildi.
 
Umumiy î‘rta ta'limda "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" kursining maqsadi - î‘quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta va ongli ravishda î‘zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta'minlashdan, ularga î‘quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanishga oid kî‘nikma va malakalarni berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qî‘shadigan xissasi haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.
 
Kursning vazifalari quyidagilarni î‘z ichiga oladi:
     - o‘quvchilarda axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
     - o‘quvchilarni zamonaviy kompyuter texnikasinining tuzilishi, tarkibi, ishlash mexanizmi va imkoniyatlari bilan tanishtirish;
     - o‘quvchilarda kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
     - o‘quvchilarga axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
     - o‘quvchilarga kompyuterda masalalalar yechish texnologiyalari va uning asosiy bosqichlari haqida bilim berish;
     - o‘quvchilarda asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish; 
     - o‘quvchilarga kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularni vazifalari haqida bilim berish, hamda qo’llash ko‘nikmasini shakllantirish;
     - o‘quvchilarda kurs davomida ega bo‘lingan bilim va ko‘nikmalardan tipik o‘quv masalalarini yechishda foydalanish malakasini hosil qilish;
     - o‘quvchilarda yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish.
Informatika ta'limining tayanch qismi mazmuni axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari bî‘limlaridan iborat.
ESLATMA: Maxsus î‘quv reja asosida 9-sinfda 2 soat î‘rniga 3 soat î‘tuvchi umumiy î‘rta ta'lim tizimidagi fanlarni chuqur î‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktablarda mavzularni kengaytirib î‘tish tavsiya etiladi. Shuningdek, yî‘nalishlarga qarab misol va masalalarni kengroq yoritib berish maqsadga muvofiqdir. Dasturlash tillari maktab hamda fan mutaxassisi imkoniyatiga qarab tanlanishi mumkin.
 
 
(Haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat, bundan 4 soati oraliq nazorat uchun)
 
1. Kompyuter grafikasi (7 soat).
 
Mazmun: Kompyuter grafikasi. Grafik fayl formatlari. Grafik muharrir va uning vazifalari. Grafik kî‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va tasvirlarni qayta ishlash sistemalari.
 
Maqsad: Αquvchilarga kompyuter grafikasi va uning tashkil etuvchilari, grafik muharriri va uning vazifalari haqida ma'lumot berish. Sodda grafik muharrirda ishlashni î‘rgatish.
 
Αquvchilarning bilim va kî‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: Kompyuter grafikasi (piksel, matritsa, ekran va tasvir imkoniyatlari, tasvir turlari va rang kî‘lami, palitra, grafik fayl formatlari), grafik muharrir va uning vazifalarini bilish. Grafik muharrir yordamida rasm hosil qilish va tahrir qila olish. Grafik fayllarni yozib qî‘yish va yuklashni uddalash.
 
2. Axborotlar ombori ( 8 soat).
 
Mazmun: Ob'yekt va uning tavsifi, tavsif qiymati. Ma'lumotlar ombori va jamg‘armasi. Ma'lumotlar omborida axborotlarni joylashtirish strukturasi. Ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalari. Ma'lumotlarni tî‘plash, saqlash, izlash, joylashtirish va qayta ishlash usullari.
 
Maqsad: Αquvchilarga ma'lumotlar ombori va jamg‘armasi haqida ma'lumot berish. Αquvchilarni ma'lumotlar omborini tuzish va axborotlarni qayta ishlash usullari bilan tanishtirish. Ma'lumotlar ombori tuzish uchun ob'yektlarning asosiy xususiyatlarini ajrata olishni î‘rgatish.
 
Αquvchilarning bilim va kî‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: Ob'yekt va uning tavsifi, tavsif qiymatini bilish. Ma'lumotlar ombori va jamg‘armasi haqida tushunchaga ega bî‘lish. Maydon va yozuv haqida tushunchaga ega bî‘lish. Axborotlarni saqlashning iyerarxik, tî‘rli va relyatsion shakllari haqida ma'lumotga ega bî‘lish. Ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalari haqida tasavvurga ega bî‘lish. Axborotlarni ma'lumotlar omboriga tî‘plash, saqlash, izlash, joylashtirish va qayta ishlash usullari haqida tasavvurga ega bî‘lish. Ma'lumotlar omboridan zarur axborotni olish, ma'lumotlar omborlarini tuzish, unga zarur axborotni qî‘shish, olib tashlash, zarur sî‘rovlarni tashkil etish, ma'lumotlarni kerakli tartibda saralay olish, sî‘ralayotgan ma'lumotlarni qog‘ozga chiqarish, faylga yozib qî‘yish yoki uni î‘qishni uddalay olish.
 
3. Elektron jadvallar (11 soat).
 
Mazmun: Elektron jadval va uning vazifalari. Elektron jadvalning elementlari. Matematik formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Ma'lumotlarni saralash.
 
Maqsad: Αquvchilarga elektron jadval va uning vazifalari haqida ma'lumot berish. Αquvchilarni elektron jadvalda ishlashda î‘rgatish. Jadvaldagi ma'lumotlar asosida gistogramma va diagrammalar hosil qilishni î‘rgatish.
 
Αquvchilarning bilim va kî‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: Elektron jadval va uning vazifalarini bilish. Satr, ustun, yacheyka va yacheykalar bloki haqida tushunchaga ega bî‘lish. Elektron jadvalni ishga tushirish va undan chiqish. Elektron jadval yacheykalariga sonli va matnli ma'lumotlar yozish. Elektron jadvaldagi ma'lumotlardan nusxa olish va ularni î‘chirish. Elektron jadvalning satr va ustunlaridagi elementlar bilan ishlay olish, jadvalda arifmetik formulalar va saralashga oid amallarni bajara olish, jadvaldagi ma'lumotlar asosida gistogramma va diagrammalarni hosil qilish.
 
4. Kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari (9 soat).
 
Mazmun: Kompyuterda     masalalar yechishning asosiy bosqichlari. Model va uning turlari. Algoritm va ijrochi. Algoritmning xossalari, tasvirlash usullari va turlari.
 
Maqsad: Αquvchilarga kompyuterda masalalar yechish bosqichlari, model, algoritm va ijrochi haqida ma'lumot berish. Sodda masalalarning matematik modelini va algoritmini tuzishni î‘rgatish.
 
Αquvchilarning bilim va kî‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: Kompyuterda masalalar yechish bosqichlari haqida tasavvurga ega bî‘lishlari, model, algoritm va ijrochi tushunchalarining mohiyatini bilishlari lozim. Algoritmning asosiy xossalarini bilish. Sodda masalalarning matematik modelini tuza olish. Algoritmni turli usullarda tasvirlay olish. Qî‘yilgan masalalar uchun model tuzish yî‘llarini tushuntira olishlari, berilgan sodda masalalar uchun algoritm tuza olishlari lozim.
 
5. Dasturlash asoslari (28 soat)
Mazmun: Dasturlash tillari va ularning vazifalari.  Dasturlash tilining asosiy elementlari. Dasturlash tilining asosiy operatorlari. Miqdorlar. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar. Shakl yasovchi va fayllar bilan ishlash operatorlari. Qism dasturlar.
 
Maqsad: Αquvchilarni dasturlash tillarining turlari va vazifalari bilan tanishtirish. Dasturlash tillaridan birida dasturlash asoslarini î‘rgatish. Dasturlarni tuzish, tahrir qilish va olingan natijani tahlil etishni î‘rgatish.
 
Αquvchilarning   bilim   va kî‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: Dasturlash tillarining xillari va vazifalarini bilish. Dasturlash asoslarining asosiy usul va prinsiplari haqida tasavvurga ega bî‘lish. Dasturlash tilida ifodalarni tî‘g‘ri yoza olish. Dasturlash tilida standart funksiyalarni yoza olish. Dasturlash tilining asosiy operator va funksiyalarini qî‘llay bilish. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash tilida yoza bilish. Qism dasturlardan foydalana olish. Dasturlarni tahrir qilish va olingan natijani tahlil etish kî‘nikmalariga ega bî‘lish. Dasturlarni xotirada saqlashni bilish.
 
6. Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanish 
istiqbollari (4 soat).
 
Mazmun: Informatsion sistemalar va ularning taraqqiyoti bosqichlari. Uzoqlashgan terminallar sistemasi. Lokal va mintaqaviy tarmoqlar. Modem va elektron pochta. Multimedia. Aloqa vositalari va jahon axborot tarmoqlari. Mijoz-server texnologiyasi.
 
Maqsad: Αquvchilarda informatsion sistemalar haqida ma'lumot berish. Kompyuter lokal va global tarmoqdan foydalanishni î‘rgatish. Multimedia va mijoz-server texnologiyasi haqida ma'lumot berish.
 
Αquvchilarning bilim va kî‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: Informatsion sistemalar haqida tushunchaga ega bî‘lish. Informatsion sistemalar taraqqiyoti bosqichlarini bilish. Kompyuter tarmoqlari (lokal va mintaqaviy tarmoqlar) haqida tushunchaga ega bî‘lish, modem va uning vazifasini bilish. Elektron pochta haqida tasavvurga ega bî‘lish. Multimedia haqida tasavvurga ega bî‘lish. Internet haqida ma'lumotga ega bî‘lish. Kiberfazo, virtual borliq haqida tushunchaga ega bî‘lish. Mijoz-server texnologiyasi haqida tasavvurga ega bî‘lish.
  
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan taxminiy ish reja
9-sinf (68 soat) 
(Paskal dasturlash tilini o‘tuvchilar uchun)
 
t/r
MAVZULAR
soat
1.
Kompyuter grafikasi
8
 
Kompyuter grafikasi elementlari
1
 
Grafik muharrirning vazifalari va imkoniyatlari.
1
 
Paint grafik muharriri interfeysi
1
 
Paint uskunalar paneli va undan foydalanish
1
 
Grafik kî‘rinishdagi axborotlar ustida amallar bajarish
1
 
Grafik kî‘rinishdagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari
1
 
Tasvirlarni qayta ishlash sistemalari bilan tanishiash.
1
 
Takrorlashga oid topshiriqlar
1
2.
Ma’lumotlar ombori
8
 
Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha.
1
 
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari
1
 
MS Access dasturining asosiy elementlari va maydonlar xususiyati
1
 
MS Access dasturida ma’lumotlar omborini tashkil etish
1
 
MS Accessda jadvallarni o’zaro bog’lash.
1
 
MS Accessda ma’lumotlarni berilgan shablon bo’yicha izlash va qayta ishlash
1
 
MS Accessda ma’lumotlar omborini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish
1
 
Takrorlashga oid topshiriqlar
1
3.
Elektron jadvallar
11
 
Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari
1
 
Elektron jadvalning elementlari
1
 
MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash
1
 
Matematik formulalar bilan ishlash
1
 
Takrorlashga oid topshiriqlar
1
 
Diagramma va grafiklarni hosil qilish
1
 
Diagramma va grafiklarni hosil qilish va tahrirlash
1
 
Takrorlashga oid topshiriqlar
1
 
Ma’lumotlarni tartiblash
1
 
Ma’lumotlarni saralash
1
 
Takrorlashga oid topshiriqlar
1
4.
Kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari.
9
 
Kompyuterda masalalar yechish bosqichlari.
1
 
Obyekt va model
1
 
Modelning   turlari.
1
 
Algoritm tushunchasi
1
 
Algoritmning asosiy hossalari
1
 
Algoritmning tasvirlash usullari
1
 
Algoritmning turlari
1
 
Takrorlashga oid topshiriqlar
2
 
 
 
 5.
 Dasturlash asoslari
28
 
Dastur va dasturlash tillari
1
 
Turbo Pascal 7.0 (Paskal) integrallashgan muhit
1
 
Paskal dasturlash tili va uning alifbosi
1
 
O’zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar
1
 
Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar
1
 
Amaliy mashg‘ulot
1
 
Standart funksiyalar va algebraik ifodalar
1
 
O’zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari
1
 
Amaliy mashg‘ulot
1
 
Ma’lumotlarni hotiraga muloqat usulida kiritish operatori
1
 
Ekran bilan ishlash operatori
1
 
Amaliy mashg‘ulot
1
 
Chiziqli dasturlar tuzish
1
 
Tarmoqlanish va o‘tish operatorlari
1
 
Tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish
1
 
Amaliy mashg‘ulot
1
 
Parametrli takrorlash operatori
1
 
Shart bo‘yicha takrorlash operatorlari
1
 
Amaliy mashg‘ulot
1
 
Belgili va satirli miqdorlar bilan ishlash
1
 
Amaliy mashg‘ulot
1
 
Paskalda ekranni grafik holatga o‘tkazish
1
 
Paskalning shakllar chizish operatorlari
1
 
Takrorlash darsi
1
 
Fayllar bilan ishlash
1
 
Takrorlash darsi
1
 
Protsedura va funksiyalar
1
 
Takrorlash darsi
1
 
 
 
6
Informatsion sistemalar
4
 
Informatsion sistemalar va kompyuter tarmoqlari
1
 
Internet – xalqaro kompyuter tarmoqi
1
 
Internetda ma’lumotlarni izlash
1
 
Takrorlash darsi
1
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz