O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Iqtisod
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Iqtisodiy bilim asoslari” fani
bo‘yicha davlat ta’lim standarti
 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchisi “Iqtisodiy bilim asoslari” fani bo‘yicha quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
 
     - Iqtisodiy resurslarning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi muammosi, imkoniyatlar ichidan birini yoki bir nechtasini tanlashga olib kelishini tushunib yetish;
     - Tanlovning muqobil qiymatini aniqlay olish;
     - Eng sodda iqtisodiy qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
     - Ishlab chiqarish omillarini tavsiflash;
     - Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvdan ko‘zlangan asosiy maq­sad — mehnat unumdorligini oshirishdan iborat ekanligini anglash;
     - Har qanday iqtisodiy xo‘jalik yuritish tizimi: Nima ishlab chi­qarish kerak? Qanday ishlab chiqarish kerak? va Kim uchun ishlab chiqarish kerak? degan savollarga javob berishi lozimli­gini tushunib yetish;
     - Iqtisodiy tizimlar va ularning ijobiy va salbiy tomonlarini bilish;
     - Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari: erkin iqtisodiy fao­liyat, xususiy mulk, erkin narxlar, foyda olishga bo‘lgan intilish, mo­no­poliyani rad etish va raqobatning mohiyatini bilish;
     - O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining Prezident I.A.Karimov ishlab chiqqan besh ta­moyil­larining mohiyatini tushunish;
     - Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida qishloq xo‘jaligi, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan islohotlardan va mustaqillik davrida erishilgan yutuqlaridan xabardor bo‘lish;
     - Bozor tushunchasini keng ma’noda tushunish va bozor tur­larini bilish;
     - Ayirboshlash, pul tushunchalarini va pulning vazifalarini bilish;
     - Tovarga bo‘lgan talab va tovarning taklifi tushunchalarini bilish;
     - Talab va taklif qonunlarining mohiyatini tushunish;
     - Talab va taklif chiziqlari asosida tovar bozor narxi va miqdorini topa bilish;
     - Iste’molchilarning, oila- uy xo‘jaliklarining daromad manbalari va xarajatlarini bilish;
     - Bozorda iste’molchi, xaridor sifatida o‘zini tutishning boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarini egallash;
     - Iste’molchilarning huquqlarini bilish;
     - Oilada ro‘zg‘or yuritish va tejamkor bo‘lishning boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarini egallash;
     - Turli xil mulk shakllarini bilish va ularni bir-biridan farqlash;
     - Ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan, o‘zgarmas va umumiy xarajatlarini aniqlay olish yalpi daromad va foyda­ni topa bilish;
     - Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning mohiyati va aha­miyatini tushunish;
     - Bozorlarni monopollashish darajasiga qarab farqlay olish;
     - Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyatini tushunish;
     - Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-huquqiy shakllarini bilish;
     - Menejment va marketing tushunchalarining mohiyatini tushuninsh;
     - Tadbirkorlik faoliyatini yuritishning tashkiliy va moliyaviy yo‘l-yo‘riqlari bilan tani­shish;
     - Asosiy ekologik muammolarni bilish, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini iqtisodiy nuqtai nazardan tushuntira olish;
     - Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning boshlang‘ich ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
     - Davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalarini bilish;
     - Davlat budjeti, uning daromad qismi manbalari va xarajat qismi tarkibini bilish;
     - Soliqlar, ularning turlarini bilish va iqtisodiyotdagi rolini tushunish;
     - Bank tizimi, Markaziy bank va tijorat banklarining vazi­falarini bilish;
     - Davlatning iqtisodiy (budjeti-soliq va pul-kredit) siyosati haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
     - Mamlakat iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni bilish va turli mamlakatlarning ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslay olish;
     - Iqtisodiy o‘sish va aholi turmush tushunchalarning mohiyatini bilish;
     - O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;
     - Ishsizlik va inflyatsiyaning mohiyati, sabablari va oqibatlarini bilish;
     - Xalqaro savdo va ixtisoslashuvning afzalliklarini va kamchiliklarini bilish;
     - Tashqi savdoga qo‘yiladigan to‘sqiqlar haqida ma‘lumotga ega bo‘lish;
     - Valuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish.
     - Jahon iqtisodiyoti muammolaridan voqif bo‘lish;
     - Iqtisodiyot ilmi tarixiga oid asosiy faktlarni va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz va iqtisodchi olimlar haqida ma‘lumotga ega bo‘lish.
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz