Kimyo fani bo`yicha Davlat ta`lim standartlari
O`quvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:
- modda, uning tarkibi, tushilishi, xossalari, tarkibini bilish;
- kimyoviy elementlar va ularning birikmadagi valentligini hamda kimyoviy formulani tuza bilish;
- kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom-molekulyar ta`limotni bilish;
- anorganik birikmalarning eng muhim sinflari: oksidlar, asoslar, kislotlar va tuzlarning tarkibi, xossalari,qo`llanilshi hamda ular orasidagi genetik bog`lanishni bilish;
- atom yadrosi tarkibi, elementlar zarrachalarni bilish;
- kimyoyaiy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini bilish;
- kichik va katta davr elementlarining atom tuzilishlarini hamda elektron formulalarini tasavvur qila olish;
- elektronlarni yadro atrofida harakatlanishi, kvant sonlari haqida tasavvurga ega bo`lish.
- Yadro reaksiyalari va sun`iy radio aktivlik haqidagi tushunchalarga ega bo`lish
- kimyoviy bog`lanish turlarini bilish;
- kimyoviy reaksiyadagi asosiy qonuniyatlarni anglash;
- kichik davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifini bilish;
- elektrolitik dissotsosiya va dissotsosiya nazariyasi.
- kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiatsiyalanishini yoza olish;
- ion almashinish tenglamalarini yoza olish;
- metall va metallmaslarning ayrim vakillari (vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, azot, fosfor, uglerod, kremniy, -shqoriy metallar, kalsiy, magniy, aluminiy, temir) xossalari va qo`llanilishini bilish;
- buyuk allomalarimiz va ularning kimyo rivojiga qo`shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo`lish;
- O`zbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ularning mohiyatini anglash;
- organik moddalarning tuzilish nazariyasini tushuntira olish;
- organik birikmalarning (to`yingan uglevodordlar, to`yinmagan uglevodorodlar, benzol, bir atomli to`yingan spirtlar, fenollar, sirka aldigidi, sirka kislotasi, aminlar, anilin, uglevodlar, aminakislotlar, oqsillar) xossalari va qo`llanilishini tushuntira olish;
- anorganik va organik kimyoga oid masalalar yecha olish;
- polimerlarning xossalari va qo`llanilishini tushuntira olish;
- kimyoviy reaksiyalar va jihozlardan foydalana olish;
- kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni, kimyoviy moddalardan foydalanishni ekologik nuqtai nazardan tushuntira olish.
Davlat ta`lim standartlariga sharh
Kimyo ta`limining maqsad va vazifalari
Umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi kimyo ta`limi pedagogik jarayonning ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, ta`limning umumiy maqsadlariga muvofiq o`quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridan ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilish natajasida to`plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta`lim-tarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko`tarishga, uni takomillashtirishga jiddiy e`tibor berish zarurligi va ta`lim-tarbiyaning uzluksizligini ta`minlashdan kelib chiqib, kimyo ta`limi oldiga qator vazifalar qo`yildi. «Ta`lim to`g`risida»gi qonunga muvofiq :
1) Umumiy o`rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi konsepsiyasini qayta ishlab chiqildi;
2) Umumiy o`rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, uning stardartlarini ishlab chiqish taqazo qilindi.
Kimyo ta`limi standarti kimyo o`quv predmetining majburiy mazmunini belgilab beradi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi standarti, kimyo ta`limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta`limning mazmuni, maqsadi, ta`limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko`rib chiqish mezoni hisoblanadi.
Kimyo ta`limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta`limining yo´nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o`quvchilarning siyosiy -g`oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatda va jamiyatda bo`lgan ijobiy munosobat, qadimgi yashab ijod etib o`tgan buyuk mutafakkirlar, keiyngi yillardagi olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlarga oid yozuv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo`lgan e`tiqodni shakllantirish, kasbga yo`naltirishda ko`zda tutiladi. Kimyo ta`limi standarti-kimyo o`qitishda o`quvchilarga beriladigan ta`lim va tarbiyaning mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar, shuningdek o`quvchilarning tayyorgarlik darajasidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi me`yorini belgilaydigan mezon bo`lib xisoblanadi .
Kimyo ta`limi standarti – umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta`limi dasturi va o`quv materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo`lib xizmat qiladi .Kimyo ta`limi standarti –kimyo ta`limida o`qituvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari ,burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari mezoni bo`lib ham hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi standarti-kimyo o`quv predmetidan o`quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o`kuvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan amaliy ko`nikma va malakalar hajmini ko`rsatuvchi me`yor bo`lib, umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi kimyo ta`limi negizini belgilovchi ko`rsatkichlar o`quvchilarning kimyo ta`limidan tayyorgarlik darajasiga o`qyiladigan talablar majmuasidan iborat bo`lgan xujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi .
Kimyo ta`limi standartining tuzilishi uzluksizlikni ta`minlash asosida ,kimyo ta`limida «modda», «Moddaning tuzilishi va xossalari», moddalarning olinishi , kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar , kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutiqlari, organik moddalarning ayrim vakillari , tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta`siri haqidagi bilimlarni berishga va amliy malakalar hosil qilishga qaratiladi. Bunda o`quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko`nikma va malaklarga ega bo`lishlarini ta`minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi.
Kimyo talimi standarti quyidagi ikki bo`limidan iborat.
1.Kimyo ta`limi mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar.
2.Kimyo ta`limida o`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan standartning minimal talablari.
«Kimyo ta`limi mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar»
bo`limi o`quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta`lim –tarbiya va o`quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko`nikma va malakalarni o`zida mujassamlashtiradi.
8-sinf
O`quvchilar bilishi lozim bo`lgan minimal bilimlar:
- kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi. Kimyoviy elementlarning vertikal va gorizontal qatorda joylashtirilishi, ularning atom massalari va xossalari, asosiy va qo`shimcha guruhda joylashgan kimyoviy elementlarning atom tuzilishi, davriy qonunning ilmiyligi va falsafiyligini anglashi va bilishi;
- Atom- molekulyar ta`limot. Atom va uning tarkibiy qismi. Atomda elektronlarning pog`onachalar b´yicha joylashishi: S, P, D, F elementlarini bilishi;
- izotoplar va ularning xususiyatlarini bilishi; izobarlar, izotonlar
- yadro reaksiyalari, suni`y radiaktivlikni bilish;
- nisbiy elektromanfiylik, elementlarning atom radiuslari, kimyoviy bog`lanishlar (kovalaent, ion, metal, donor akseptor va vodorot) xususiyarlarini bilish;
- elektrolitik dissotsialanish nazariyasi, elektrolitlar, elektrolitlarning suvdagi eritmalarini dissotsialanish mexanizmi mazmunini bilishi;
- ion, kation va anion haqidagi, dissotsialanish darajasi va uni aniqlash, suvning dissotsialanish haqidagi tushunchalarini anglashi va bilishi;
- elektrolitik dissotsialanish nu³tai nazaridan ishqorlar, kislotalar, tuzlarning umumiy kimyoviy xossalarini reaksiya tenglamalarini asosida tushuntirishni bilishi;
- elektrolitlarni eritmalarida ionlarga dissotsialanish mexanizmini bilishi va yoza olishi;
- tuzlar gidrolizi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
- galogenlar. Ularning fizik va kimyoviy xossalari. Vodorodxlorid, xlorid kislota. Tabiatda galogenlar va ularning ishlatilishini bilishi;
- galogenli birikmalarning ishlatilish sohalarini idrok etishi;
- kislorod guruµining umumiy tavsifi, xossalarining o`zgarib borishi va sababi. Oltingugurt allotropiyasi, atomining tuzilishi, atom elektron pog`onalarida elektronlarning joylashishini anglashi. Tabiatda uchrashi , ularning fizik va kimyoviy xossalari, ularning vodorodli birikmalari , uning tarqalishi va mohiyatini bilishi;
- oltingugurt oksidlari, ularning nomlari, olinishi, xossalari va mohiyatini bilishi;
- oltingugurt va kislorodni ishlatish sohalari µamda uning mohiyatini anglashi;
- sulfat kislota va uning tuzlarga sifat reaksiyasini tadbiq eta olishi;
- sulfat kislota ishlab chiqarish va unda sodir bo`ladigan texnologik jarayonlarni, atrof muhitni muhofaza qilishni bilish;
- kimyoviy reaksiya tezligi , kimyoviy muvozanat, muvozanatni siljitish;
- azot va fosfor atomlarining tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalarini bilishi;
- azotning vodorodli birikmalarida ammiak , uning tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari, olinishi va ishlatilishi, ammoniy ionining hosil bo`lish mexanizmini bilish;
- donor akseptor bog`lanish mexanizmi bilish;
- azot fosforning kislorodli birikmalari , ularning o`qilishi, azotli va fosforli kislotalar, ularni fizik va kimyoviy xossalari , nitrat va fosfat kislotaning olinishi va ishlatilishi, azot va fosforning tabiatda aylanishini bilishi;
- mineral o`g`itlar va ularning turlari ,O`zbekistonda mineral o`g`itlar ishlab chiqarish texnologiyasini va uning rivojlanishini ijtimoiy va iqtisodiy mohiyatini bilishi ;
- mineral o`g`itlardan foydalanishdagi salbiy va ijobiy tomonlarini anglash.
O`quvchilar egallashi kerak bo`lgan ko`nikma va malakalar
- kimyoviy elementlarning atom tuzilishi, elektron formulasi, elektronlarni orbitallarda joylashishini tushuntira olishi va chiza olishi;
- kimyoviy bog`lanishlarni yozgan va chizgan holda tushuntira olishi;
- oksidlanish va qaytarilish reaksiya tenglamasini yozgan holda tushuntira olishi;
- ishqor, kislota va tuzlar eritmasida dissotsilanishini yoza olishi;
- elektrolitlarning dissotsilanish darajasini hisoblab chiqara olishi;
- ion almashinish reaksiyasini molekulyar, ionli va qisqartirilgan ionli tenglamalarini yoza olishi;
- tuzlarning gidrolizlanishi mexanizmini va muhitning asosli, kislotali va neytral muhit hosil bo`lishini yozib, tushuntira olishi;
- xlorni va vodorod xloridni laboratoriyada olishni bajara olishi;
- xlorid kislota va uning tuzlarini aniqlashga oid amaliy ishni bajara olishi;
- galogenlarni olish va murakkab modda tarkibidagi galogenlarni miqdorini hisoblashga oid masalalarni yecha olishi;
- oltingugurt atomi, elektron formulasi, elektronlarni orbitallarda joylashishni tushuntirib chiza olishi;
- oltingugurt, sulfat kislota, sulfit kislota tuzlarini kimyoviy xossalariga mansub bo`lgan reaksiya tenglamalarini amalda yoza olishi;
- sulfat kislota va uning tuzlariga bo`lgan sifat reaksiyasini amalda bajara olishi;
- ammiakni laboratoriyada olishni amalda bajara olishi;
- ammoniy ioni hosil bo`lishi mexanizmini yozib, tushuntira olishi;
- nitrat kislotaning kimyoviy xossalariga tegishli reaksiya tenglamalarini yoza olishi;
- nitrat kislota tuzlarining parchalanishini amalda bajarib, tushuntira olishi;
- fosfat kislotani bosqichli dissotsilanishini va ularning tuzlarini yoza olishi;
- mineral o`g`itlar tarkibilagi fosforli, kaliyli, azotli oziqa moddalar mi³dorini hisoblashga oid masalalarni ishlay olishi.