KIMYO FANIDAN O`QUV DASÒURI
VIII SINF
Òushuntirish xati
O`zbekiston Respublikasining «Òa`lim to`g`risida»gi qonuniga muvofiq umumiy o`rta ta`lim to`qqiz yillik davomiylikka ega bo`lib, Kimyo fani o`quv dasturlari 8-sinf uchun majburiy bo`lgan umumiy ta`lim dasturi sifatida e`tirof etiladi.
Hozirgi ilm-fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan paytda maktablarda kimyo fanini mazmun jihatdan yangicha o`qitish bir tomondan zaruriyat bo`lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabidir.
Òabiiyki, har qanday zamonaviy dastur kimyo fanida va kimyoviy ishlab chiqarishda erishilgan hamma yutuqlarni o`zida aks ettira olmaydi.
Demak, shunday ekan, kimyodan o`quv dasturining asosiy vazifasi o`qituvchiga ayni fanning zaruriy tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarish, zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan nafaqat sanoat, qishloq xo`jaligi miqyosida, shuningdek kundalik turmushda, oilada foydalanishning umumiy yo`nalishlarini ko`rsatib berishdan iborat bo`lishi kerak. Bunda ekologik e`tiqod ham o`z-o`zidan kelib chiqadi.
Ushbu dasturning mazmunini belgilashda quyidagilarga alohida e`tibor berilgan:
VIII sinfda o`rganiladigan kimyoning mazmuni imkoni boricha o`quvchilar atrofini o`rab turgan muhitdagi hayot; turmush va ishlab chiqarish hamda o`quvchilarning turmush tajribasi bilan bog`langan bo`lishi lozim.
Dastur kimyo fani o`qitishda oddiydan murakkabga tomon prinsipida tuzilgan bo`lib, dastavval modda, moddalarning xossalari, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo sanoati erishgan yutuqlar, tabiat va jamiyatda kimyoviy ishlab chiqarishning o`rni, ta`siri haqidagi bilimlarni berish va amaliy malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilgan.
Dasturda o`quvchilar bilan o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar va laboratoriya ishlariga, har bir mavzuga tegishli savol va topshiriqlarni yechishga katta ahamiyat beriladi, tegishli bo`limlar tugatilgandan so`ng olingan nazariy bilimlar reyting tizimi va test sinovlarini bajarish orqali mustahkamlab boriladi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida kimyo fanining maqsad va vazifalari.
O`quvchilarda modda va ularning tuzilishi, asosiy kimyoviy tushunchalarni hosil qilish, moddalarni tabiatda uchrashi, fizik xossalari, olinishi va xalq xo`jaligida ishlatilishi, moddalar orasidagi genetik bog`lanishlarga doir bilimlarni shakllantirish. Noorganik va organik kimyodan o`quvchilarga puxta bilim berish. O`quvchilarda kimyo faniga bo`lgan jonli qiziqishni hosil qilish. Kimyoviy tajribalar va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilan o`quvchilarda amaliy ko`nikma, malakalarni rivojlantirish, shuningdek, tajribalar natijasiga ko`ra ilmiy hulosalar bera olish malakalarini hosil qilish. Òabiatga va atrof-muhitga nisbatan ijobiy fazilatlarni shakllantirish.
Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida kimyo fanini o`qitishda asosiy tarbiyaviy vazifalar o`quvchilarda quyidagilarni shakllantirishdan iborat:
- O`z xalqining tarixiy an`analariga sodiq bo`lish;
- Yashab turgan muhitini e`zozlash;
- Mahalliy sharoitda mavjud bo`lgan tabiiy boyliklarni qadrlash va tejab-tergab foydalanish;
- Kelajakda o`z xalqi va Vataniga sadoqat bilan hizmat qilish;
- Ekologik e`tiqodni hosil qilish;
- Bilimlarni mustaqil egallash ko`nikmalarini shakllantirish;
- Moddalar, kimyoviy jihozlar bilan ishlashda, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarda mehnat havfsizligi qoidalarini bilish;
- Kundalik hayotda kuzatiladigan kimyoviy xodisalarning mohiyatini bilish va tegishli hulosalar chiqara olish;
- Darsliklar, qo`llanmalar va turli xildagi ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalana bilish va tegishli hulosalar chiqara olish;
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida kimyo o`qitishdagi fanlararo bog`lanish
Noorganik kimyodan bilim va o`quvlarni puxta egallash o`quvchilarning boshqa fanlar buyicha olingan bilim va o`quvchilardan noorganik kimyo o`qitishda qanchalik foydalana bilishiga, ya`ni fanlararo bog`lanishning qay darajada amalga oshirilishiga bog`liq. Kimyo tabiiy fanlar jumlasiga kirgani uchun uni o`rganishga kirishishdan oldin va kimyo o`rganish jarayonida o`quvchilarning boshqa tabiiy fanlardan egallangan bilimlariga tayanish juda muhim ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Masalan, 4-sinfda o`rganiladigan «Òabiatshunoslik» fanini o`rganish mobaynida tabiat xodisalari, moddalarning aralashmalari, havo va uning tarkibi (kislorod, karbonat angidrid, azot) suv, suvning xossalari, suvning ahamiyati, tog` jinslari va ma`danlar, foydali qazilmalar va metallurgiya haqida dastlabki, eng sodda tushunchalarga ega bo`ladilar. 5-6 sinflarda «Botanika» fanini o`rganishda o`quvchilar xujayra tarkibi va unda modda almashinishi, urug`ning kimyoviy tarkibi, o`simliklarning suv va oziq elementlariga bo`lgan talabi haqida bilimlarni egallab, bir qator ko`nikmalarni egallaydilar.
6-7-sinflarning «Fizika» darslarida o`quvchilarning tabiat va inson, jism, modda, material, moddaning tuzilishi (molekulalar, atomlar va ularning tarkibiy qismlari) uning xossalarining miqdoriy tavsifiga oid bilimlari yangi bosqichga ko`tariladi.
7-sinfda o`rganiladigan «MDH tabiiy geografiyasi» kursida o`quvchilar turli mineral moddalar va foydali qazilmalarning yer qa`rida hosil bo`lish tarixi bilan tanishadilar.
Ko`rinib turibdiki, o`quvchilar kimyo fanini o`rganishga kirishgunga qadar materiyaning moddiy asosi bo`lgan moddalar va ularning bir qator xususiyatlari bilan tanishgan bo`ladilar.
Noorganik kimyoni o`rganish jarayonida o`quvchilardagi tayyor bilim va ko`nikmalardan o`z o`rnida foydalanish, shakllanishni ta`minlash, inson bilan tabiat o`rtasidagi muloqotlarni maqsadga muvofiq tashkillash yuzasidan ko`nikmalarni tarbiyalash kimyo o`qituvchisining muqaddas burchidir. O`z navbatida boshqa fan o`qituvchilari faoliyatlarida kimyo fani materiallaridan o`rnida foydalanib borishlari zarur bo`ladi.
VIII sinf. Haftasiga 2 soat, ja`mi 68 soat.
|
¹
|
Mavzu nomlari
|
Ajratilgan soat
|
|
1
|
7-sinf kimyo kursining eng muhim mavzularini takrorlash
|
4
|
|
2
|
Kimyoviy elementlar Davriy sistemasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi
|
16
|
|
3
|
Kimyoviy bog`lanishlar
|
8
|
|
4
|
Elektrolitik dissotsiatsiya
|
6
|
|
5
|
Metallmaslarga umumiy tavsif
|
2
|
|
6
|
Galogenlar
|
6
|
|
7
|
Oltingugurt
|
10
|
|
8
|
Azot
|
8
|
|
9
|
Fosfor
|
4
|
|
10
|
Mineral o`g`itlarni xalq xo`jaligida ishlatilishi
|
4
|
|
|
Ja`mi
|
68
|
VIII sinf
haftasiga 2 soat, jami 68 soat
1. 7-sinf kimyo kursining eng muhim mavzularini takrorlash (4 soat).
Atom, molekula, element, oddiy va murakkab modda, valentlik hamda boshqa tushunchalarni umumlashtirish.
Òarkibning doimiylik, massaning saqlanish va Avogadro qonunlarini kimyoning nazariy va amaliy masalalarini tushuntirishdagi ahamiyati.
Noorganik moddalarning eng muhim sinflari-oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning xossalari. Ularning orasidagi genetik bog`lanish.
2. Davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy jadval. Atom tuzilishi (16 soat).
Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi. Metallar va metallmaslar. Oksidlar va gidrooksidlar. Amfoter xossaga ega bo`lgan kimyoviy elementlar. Õossalari o`xshash bo`lgan elementlar guruhini (ishqoriy metallar va galogenlar misolida) tavsiflash.
D.I. Mendeleevning Davriy qonuni. Elementlarning yadro zaryadi va tartib raqami o`rtasidagi bog`lanish. Kimyoviy elementlarning yadro zaryadi ortib borishi xossalarining davriy ravishda bog`liqligi.
Atomlarning yadro tarkibi. Neytron va protonlar: zaryadi va ularning massasi. Izotoplar-kimyoviy elementlarning massasi bilan farqlanadigan atomlar turi. Izobar. Atomlarda elektronlar harakati. Kvant sonlar. Elektron qavatlar. s,p,d-elektronlar buluti haqida tushuncha.
Elementlarning Davriy sistemasida joylashgan o`rniga qarab tavsifi. Davriy qonunning zamonaviy ta`rifi. Yadro reaksiyalari. Sun`iy radoiaktivlik. Elementlar Davriy sistemasining ahamiyati va uning kelajagi.
Ko`rsatiladigan tajribalar.1. Ishqoriy metallar (litiy, natriy, kaliy) ning suv bilan o`zaro ta`siri. 2. Natriy va oltingugurtning kislorodda yonish mahsulotlarini suvda eritib, eritmalar xossalarini o`rganish.
Laboratoriya tajribalari. 1. Rux gidrooksid (yoki aluminiy gidrooksid) olish, unga kislota va ishqor eritmalarining ta`sirini o`rganish.
Mavzu bo`yicha test savollarini yechish.
3. Kimyoviy bog`lanish (8 soat).
Kimyoviy bog`lanishning tabiati. Nisbiy elektromanfiylik. Elementlarning nisbiy elektromanfiyligi va ularning xossalari o`rtasidagi bog`lanish.
Kovalent bog`lanish va uni hosil bo`lish mexanizmi. Qutbsiz va qutbli bog`lanish. Donor-akseptor bog`lanish haqida tushuncha. Ion bog`lanish. Elementlarning kimyoviy birikmalardagi oksidlanish darajasi. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari. Oksidlovchi va qaytaruvchilarga ta`rif.
Qattiq moddalarning tuzilishi. Atomli, ionli va molekulyar kristall panjaralar.
Hisoblashga oid misollar.1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga oid misollar yechish.
Ko`rsatiladigan tajribalar. 1. Ionli (osh tuzi), atomli (olmos, grafit), molekulyar (uglerod (IV)-oksid), kristall panjaralar nusxalari bilan tanishish.
Laboratoriya tajribalari.1. Òurli kimyoviy bog`lanishga ega bo`lgan moddalar (kaliy, kaliy xlorid, oltingugurt, yod) kristallari nusxalarini tayyorlash.
Mavzu bo`yicha test savollarini yechish.
4. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi (6 soat).
Kimyoviy bog`lanish tabiatiga qarab moddalarning suvdagi eritmalaridan elektr toki o`tishi. Elektrolitlar va noelektrolitlar.
Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi nuqtai-nazaridan ishqorlar, kislotalar va tuzlar. Amfoter elektrolit haqida tushuncha. Kation va anionlar. Dissotsiyalanish jarayoni fizikaviy va kimyoviy jarayon bo`lib uning qaytar xususiyatga ega ekanligi. Erish va dissotsiyalanish jarayonida sodir bo`ladigan issiqlik xodisasi.
Elektrolitlarning dissotsiyalanish darajasi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Suvning dissotsiyalanishi. Elektrolit eritmalarining (kislotali, ishqoriy va neytral) muhiti.
Elektrolit eritmalari orasida sodir bo`ladigan almashinish reaksiyalarining oxirigacha borish shartlari. Ionli reaksiya tenglamalarini tuzish.
Òuzlar gidrolizi. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlar gidrolizi. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzlar gidrolizi. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlar gidrolizi. Òuzlar gidrolizining turli xil omillarga bog`liqligi. Òuzlar gidrolizining amaliy ahamiyati.
Hisoblashga oid masalalar. 1. Elektrolitlar eritmalarida reaksiyaga kirishayotgan moddalar orasidagi miqdoriy nisbatlarga oid masalalarni yechish.
Ko`rsatiladigan tajribalar. 1. Elektr o`tkazuvchanlikni o`rganish asbobi va u bilan ishlash qoidasi haqida ma`lumot berish. 2. Moddalar va shu moddalar suvda eriganda ro`y beradigan issiqlik xodisalarini termometr yordamida tekshirish. 3. Distillangan suv, ishqor, kislota, tuz va kand eritmalarining elektr o`tkazuvchanligini solishtirish. 4. Elektr o`tkazuvchanlik eritmaning konsentratsiyasiga bog`liq ekanligini sirka kislota eritmasi misolida namoyish qilish.
Laboratoriya tajribalari: 1. Elektrolitlar dissotsialanish nazariyasi mavzui bo`yicha tajribalar o`tkazish. Har-xil moddalar eritmalari bilan bir qatorda mineral o`g`itlar, mahalliy o`g`itlar, tuproqning suvli so`rimi, oziq moddalar shirasi ustida miqdoriy tajribalar o`tkazish maqsadga muvofiq.
Mavzu bo`yicha test savollarina yechish.
5. Metallmaslar
5.1 Metallmaslarga umumiy tavsif (2 soat).
Metallmaslarning elementlar Davriy sistemasida tutgan o`rni va ularning atom tuzilishi ularning tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi va biologik ahamiyati.
5.2. Galogenlar (6 soat)
Galogenlar elementlar Davriy sistemasida joylashgan o`rni. Ularning atom tuzilishiga umumiy harakteristika.
Òabiatda xlor. Õlorning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Õlorning olinishi, ishlatilishi va eng muhim birikmalari.
Vodorod xlorid. Uning molekulasining tuzilishi. Vodorod xloridning olinishi. Zanjirli reaksiya haqida tushuncha. Õlorid kislota va uning xossalari, ishlatilishi.
Õloridlar, bromidlar va yodidlarni aniqlash reaksiyalari.
Galogenlar va galogenidlarning biologik ahamiyati va ishlatilishi.
Ko`rsatiladigan tajribalari.1. Galogenlarning fizik xossalari bilan tanishish. 2. Laboratoriyada xlor olish. 3. Õlorli suv olish. 4. Õlorning bo`yoq moddalarni rangsizlantirishi. 5. Õlorli oxak olish. 6. Vodorod xloridni laboratoriyada vodorod va xlordan sintez qilish, suvda eritish. 7. Yodning qattiq holdan gaz holiga o`tishi (sublimatsiya). 8. Metallarning xlor va yod bilan o`zaro ta`siri. 9. Bromli suv tayyorlash.
Laboratoriya tajribalari. 1 . Õlorid kislota, galogenid kislotalar tuzlari va yod uchun sifat reaksiyalarini olib borish. 2. Òuproq tarkibida xloridlar borligini aniqlash. 3. Galogenlarning birikmalari eritmalaridan bir-birini siqib chiqarishi. 4. Galogenlarning suvda va organik erituvchilarda eruvchanligini o`rganish.
Amaliy mashg`ulot. 1. «Galogenlar» mavzusi bo`yicha tajribaviy masalalar yechish (1 soat).
Mavzu bo`yicha test savollarini yechish.
5.3. Oltingugurt (10 soat)
Kislorod gruppachasi elementlarining elementlar Davriy sistemasida joylashgan o`rni, atom tuzilishi.
Oltingugurtning tabiatda tarqalishi, olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oltingugurt allotropiyasi. Vodorod sulfid olinishi, xossalari va eng muhim sulfidlar.
Oltingugurtning kislorodli birikmalari, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Sulfat kislota, uning fizikaviy va kimyoviy xossalari.
Oltingugurt, sulfat kislota va sulfatlarning ishlatilishi, biologik ahamiyati. Sulfat ioniga xos reaksiyalar.
Kimyoviy reaksiyalarning tezligi va unga ta`sir etuvchi omillar: konsentratsiya, harorat, katalizator, moddalar tabiati qaytmas va qaytar reaksiyalar. Kimyoviy muvozanat va uning siljishi. Le-Shatele prinsipi.
Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish.
Mavzu bo`yicha test savollarini yechish.
Ko`rsatiladigan tajribalar.
1. Oltingugurtning fizik xossalarini o`rganish. Oltingugurt namunalarini ko`rsatish. 2. Oltingugurtning vodorod kislorod va metallar bilan o`zaro ta`siri. 3. Vodorodning sulfidni chala yondirish. 4. Oltingugurt (VI)-oksid olish, uning ba`zi fizik va kimyoviy xossalarini o`rganish. 5. Kimyoviy reaksiya tezligi: a) reaksiyaga kirishayotgan moddalar tabiatiga (ruxning xlorid va sirka kislotalarga) ta`siri; b) bir-biriga tegib turish sirtining kattaligiga (turli kattalikdagi oxaktosh bo`laklariga xlorid kislota) ta`siri; v) moddalar miqdoriga (natriy tiosulfatning turli konsentratsiyadagi eritmasiga) sulfat kislotaning ta`siri; g) haroratga («v» banddagi tajribani bir xil konsentratsiyadagi tuz eritmasiga turli haroratlarda sulfat kislota ta`sir etib o`tkazish) bog`liqligini ko`rsatuvchi tajribalar. 6. Sulfat kislota olish qurilmasi modeli bilan tanishtirish.
Laboratoriya tajribalari. 1. Oltingugurt namunalari va uning tabiiy birikmalari bilan tanishish. 2. Òurli eritmalarda sulfat anioni borligini aniqlash. 3. Kimyoviy reaksiya tezligiga turli sharoit ta`sirini ko`rsatuvchi tajribalar bajarish.
Amaliy mashg`ulot.1. «Oltingugurt» mavzusi bo`yicha tajribaviy masalalar yechish (1 soat ).
Mavzu bo`yicha test savollarini yechish.
5.4 Azot (8 soat).
Azot gruppachasi elementlari, elementlar sistemasida o`rni, atom tuzilishi. Uning tabiatda tarqalishi, olinishi. Azotning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak, uning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Uni sanoatda ishlab chiqarish. Ammoniy tuzlari va ularning amaliy ahamiyati. Ammoniy ioniga xos reaksiyalar.
Azotning kislorodli birikmalari va ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi. Nitrat kislota.
Nitrat kislota olinishi va xossalari. Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish. Eng muhim nitratlar va ularning amaliy ahamiyati.
Òabiatda azotning aylanishi. Havodagi azotni kimyoviy bog`lash muammosi. Azotning ishlatilishi va biologik ahamiyati.
5.5. Fosfor (4 soat).
Fosforning elementlar Davriy sistemasida joylashgan o`rni, atom tuzilishi. Uning tabiatda tarqalishi, olinishi, ishlatilishi va biologik ahamiyati.
Fosforning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Uning eng muhim vodorodli va kislorodli birikmalari.
Fosfat kislota va uning xossalari. Eng muhim fosfatlar. Fosfatlarning tabiatda uchrashi va ishlatilishi, biologik ahamiyati.
6. Mineral o`g`itlarning qishloq xo`jaligidagi ahamiyati (4soat).
Mineral o`g`itlarning qishloq xo`jaligidagi ahamiyati.
Mineral uritlar haqida tushuncha, sinflanishi. Eng muhim mineral o`g`itlar. Azotli va fosforli o`g`itlarni O`zbekistonda ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish.
Mineral o`g`itlar va ularning qishloq xo`jaligida ishlatilishi.
Mikroelementlar haqida tushuncha va ularning odam hayotidagi ahamiyati.
Ko`rsatiladigan tajribalar. 1.Ammiakning fizik xossalari bilan tanishish. 2. Ammiakni azot va vodoroddan sintez qilish. 3. Ammiakning suvda erishi. 4. Ammiakning kislorodda yonishi. Ammiakning kislotalar bilan o`zaro ta`siri (ammoniy tuzlarini hosil qilish) 5. Laboratoriyada nitrat kislota olish va uning xossalari bilan tanishish. 6. Nitrat kislotaning konsentrlangan va suyultirilgan eritmalarining mis metaliga ta`sirini o`rganish. 7. Azot (II)-oksidning azot (IV)-oksidga aylanishini kuzatish. 8. Ammiak olish qurilmasining nusxasini namoyish qilish. 9. Ammiakni katalitik oksidlash. 10. Makro va mikroo`g`itlar to`plami bilan tanishtirish.
Hisoblashga doir masalalar. 1. Mahsulotning nazariy jihatdan olinishi mumkin bo`lganiga nisbatan olingan miqdori va massa ulushini aniqlash. 2. Biron o`g`it tarkibidagi oziq elementning massa ulushini hisoblash. 3. Ma`lum ekin maydoniga solinadigan o`g`itning oziq elementi bo`yicha va umumiy miqdorini hisoblash (o`simliklarni o`g`itlarning suvdagi eritmasida o`stirishni ham hisobga olgan holda).
Laboratoriya mashg`ulotlari. 1. Ammoniy tuzlariga (ammoniy xlorid) ohak ta`sir etib ammiak olish va uning ayrim fizik xossalari bilan tanishish. 2. Mineral o`g`itlar namunalari bilan tanishish.
Amaliy mashg`ulotlar. 1. Ammiak olish va u bilan tajribalar o`tkazish. Ammiakning suvdagi eritmasi xossalari bilan tanishish (1soat). 2. Mineral o`g`itlarni aniqlash (2 soat) 3. «Azot» guruhiga mansub elementlar mavzusiga oid tajribaviy masalalar yechish (1 soat).
Mavzu bo`yicha test savollarini yechish.
Ekskursiya o`tkazish mumkin bo`lgan taxminiy joylar.
Oltingugurt, ko`mir va boshqa foydali tabiiy qazilmalar olinadigan joylar.
Sanoat miqyosida kislorod, oltingugurt, azot olinadigan korxonalar, sulfat kislota, mineral o`g`itlar ishlab chiqaradigan zavodlar, mineral o`g`itlar omborlari, mahalliy o`g`it va ularning mineral o`g`itlar bilan aralashmasini tayyorlash joylari. Õo`jalik mollari magazini, dorixonalar.
VIII sinf o`quvchilarining noorganik kimyo bo`yicha bilimi va ko`nikmalariga qo`yiladigan asosiy talablar.
Nazariy bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan talablar.
D.I.Mendeleevning Davrii qonuni va kimyoviy elementlar davrii sistemasi jadvalining mazmuni va mohiyatini mustahkam bilish. Kimyoviy elementlar Davriy sistemasi jadvalida keltirilgan har bir belgi va rakamlarning mohiyatini tushunib olish, dastlabki to`rt davrdagi atomlar elektron qobiqlarining tuzilishi, ularning elektron bilan to`lish tartibini mustahkam egallash va shu orqali elementlar tik qatorida ularning asosiy va qo`shimcha guruhlariga bo`linishining mohiyatini tushunib olish.
Har bir element joylashgan davr, guruh, elementning tartib soni va nisbiy atom massasiga qarab unga oddiy modda sifatida, birikmalarning xossasi (uning birikmalaridagi elementlar o`rtasidagi mavjud bo`lgan kimyoviy bog`lanishning tabiati, oksidlanish darajasi) haqida ta`rif bera bilish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, turli kristall panjaralar, izotoplar haqidagi bilimlarni egallab olish.
D.I. Mendeleevning Davriy qonuni va kimyoviy elementlarning davrii sistemasi asosida moddalar va kimyoviy elementlarning moddiy birligini, miqdor o`zgartirishlarning sifat o`zgarishlarga utishini tushunib yetish va ularni aniq misollarda tushuntirib bera olish, Davriy qonun misolida nazariy bilimlarni inson to`plagan amaliy bilimlar bilan umumlashmasi va o`rganilmagan bilimlarning asosiy yo`nalishlarini oldindan belgilab beruvchi imkoniyatlarini idrok etish, davriy qonun kimyo fanining taraqqiyoti va kimyoviy ishlab chiqarishning rivojlanishiga qanday ta`sir qilganligini tushunib yetish.
Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasining ma`nosini bilish. «Elektrolit» va «Elektrolitmas» tushunchalarining ma`nosini bilish. Elektrolit eritmalar orasida boradigan almashinish reaksiyalarning oxirigacha borish shartlarini, ion almashinish reaksiyalari, ularning to`liq va qisqartirilgan ionli tenglamalarini ifoda etishni bilish.
Kimyoviy elementlarning davriy sistemada tutgan o`rniga muvofiq ularning erkin holdagi xossalari, birikmalaridagi boshqa elementlar bilan bog`lanish tabiati, oksidlari va gidroksidlarning asosli, amfoter yoki kislotali xossasiga ega bo`lishini ta`riflab berish.
Kimyoviy reaksiyalar paytida amal qiladigan qonuniyatlar, kimyoviy reaksiyaning tezligiga ta`sir qiluvchi omillar va reaksiya tezligini boshqarish va ularni maqsadga muvofiq tomonga yunaltirish imkoniyatlari, buni amalga oshirishda ishchilarning kasbiy mahoratlari darajasining katta o`rin tutishini tushunib yetish.
Kimyo fani va kimyoviy ishlab chiqarishning birligini aniq misollarda tushuntirib bera olish. Bunda xalq xo`jaligining turli tarmoqlarini maqsadga muvofiq rivojlantirishga imkon beradigan xossalariga ega bo`lgan mahsulotlarni olish kimyoviy izlanishlarning asosiy ma`nosini tashkil etishni tushunib yetish.
Oltingugurt, oltingugurtning vodorodli va metallar bilan birikmalari, oltingugurt oksidlari, sulfat kislota va uning tuzlarining, azot, ammiak nitrat kislota va nitratlarning eng muhim xossalari va ishlatilishini, eng muhim mineral o`g`itlar, sulfat kislota, ammiak ishlab chiqarish asosida yotadigan kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari va ularning amaliy tadbiqini bilish.
O`rganilgan nazariy qonunlar asosida moddalarning tuzilishi, xossalari va ishlatilishi o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlashni, moddalarning tarkibi va tuzilishiga asoslanib ularning xossalari haqida deduktiv hulosalar chiqarish va ularni umumlashtirishni bilish o`quvlarini egallash.
Kimyoviy tilni o`zlashtirishga bo`lgan talablar.
Davr, kichik davr, katta davr, tok qator, juft qator, guruh, guruhcha, s,p,d elektronlar pog`onasi deb ataluvchi tushunchalarni mustahkam egallash.
Elementlarning Davriy sistemasi jadvalida egallagan joyini to`g`ri aniqlay bilish, shunga muvofiq, ayrim elementlar atomlaridagi elektronlarning elektron pog`onalarida joilashish tartibini to`g`ri yoza bilish, ayrim elementlarning birikmalaridagi oksidlanish darajalarini to`g`ri aniqlash, har bir birikmada musbat va manfiy zaryadlarning soni teng bo`lishi shartligini bilish, bu tenglik bo`lmaganda boshqa toifadagi zarrachalar (zaryadlangan atomlar yoki atomlar guruhi) mavjud bo`lishini, ular o`z navbatida neytral atom va elektroneytral molekulalardan keskin farq qilishini tushunish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalar tenglamalarini yoza bilish va bu jarayondagi elektron balansini hisoblash, oksidlanish, qaytarilish, oksidlovchi, qaytaruvchi, tushunchalarini puxta o`zlashtirib olish. Gazlarning zichligi, nisbiy zichligi, mol hajmi, bosim, harorat, normal sharoit tushunchalarini to`g`ri qo`llay bilish.
Òuzlar, ishqorlar, kislotalar formulalaridagi elementlar orasidagi kimyoviy bog`lanishning tabiatini hisobga olgan holda ular molekulasining dissotsialanish tenglamalarini yozish, elektrolitlar eritmalari orasida boradigan almashinish, reaksiyalarning to`liq va qisqartirilgan tenglamalarini tuza bilish, darslikda keltirilgan shakllar va tasvirlarni o`qib, to`g`ri talaffuz qilish.
Kimyoviy tajribaning bajarilishiga bo`lgan talablar.
Ammiak gazlarini olish va ularni yig`ish uchun ishlatiladigan eng oddiy asboblarni yig`ish va tajribalarni o`tkazish, sulfat, ammoniy, nitrat ionlariga xos sifat reaksiyalarni bilish va ularni noma`lum modda tarkibida borligini aniqlay bilish, eng muhim mineral o`g`itlarni aniqlay bilish, maktab issiq xonasida, yer bo`limida, tomorqa yerlarda mineral o`g`itlar, ularning mahalliy o`g`itlar bilan aralashmalari bilan eng sodda tajribalarni o`tkazish va kuzatishlar olib borish, oltingugurt va uning birikmalaridan qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi kurash bo`yicha ishlarni o`qituvchi bilan birga bajarish va samarasini kuzatish, ularni ehtiyot choralariga amal qilgan holda tomorqa yerida ham qo`llashni bilish.
Hisoblash uchun berilgan masalalarni yechishga bo`lgan talablar
Kimyoviy ishlab chiqarishda mahsulotning nazariy olinishi mumkin bo`lganiga nisbatan massa miqdorini aniqlash. Reaksiya uchun olingan moddalarda keraksiz jinslar bo`lgan sharoitda ularning ma`lum miqdoridan olinadigan mahsulot miqdorini aniqlash, qotishmalar tarkibidagi metallarning massa ulushini hisoblash. Mineral va mahalliy o`g`itlar tarkibidagi oziq elementlarning miqdoriga asoslanib ma`lum maydonga solinadigan, ma`lum miqdor eritma tayyorlash uchun mineral o`g`itlar va insektitsidlar miqdorini hisoblash.