O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 biologiya9
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

TA’LIM MAZMUNINING MAJBURIY MINIMUMI.
 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologik ta’lim mazmunining negizi quyidagilardan iborat:
 
9- sinf
  • tirik va jonsiz tabiatning o’xshashligi hamda farqlari;
  • organizmlarning xilma - xilligi;
  • hujayra- hayot birligi;
  • hujayra nazariyasi;
  • hujayraning kimyoviy tarkibi;
  • organik moddalari: oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar, anorganik moddalar – suv, mineral tuzlar;
  • biopolimerlar haqida umumiy tushunchalar;
  • DNK, RNK, ATF larning organizmdagi vazifalari;
  • organik olamning turli – tumanligi;
  • tirik va jonsiz tabiatning o’xshashligi va farqi;
  • tiriklikning tuzilish darajalari: molekula, hujayra, organizm, populyatsiya
  • tur, biogeotsenoz va biosfera;
  • organizmlar xilma – xilligi;
  • hayotning hujayrasiz shakllari - viruslar, faglar;
  • hayotning hujayraviy shakllari - prokariotlar: bakteriyalar, ko’k - yashil suv o’tlari;
  • avtotrof va geterotrof oziqlanish usullari;
  • eukariotlar: yashil o’simliklar, zamburug’lar, hayvonlar;    
  • hujayraning tuzilishi va funksiyalari;
  • fermentlarning katalizatorlik roli;
  • moddalarning plastik almashinuvi va energiya almashinuvi;
  • oqsillar biosintezi mohiyati;
  • gen, genetik kod, biosintez reaksiyalarining matritsa xarakteri;
  • fotosintez va uning ahamiyati;
  • organizmning ko’payish usullari;
  • somatik hujayralarning mitoz yo’l bilan bo’linish diploid to’plami;
  • xromosomalar sonining doimiyligi;
  • xromosomalarning klassifikatsiyasi, tuzilishi va funksiyalari;
  • jinsiy hujayralar, ularning rivojlanishi;
  • meyoz va urug’lanishning o’zaro bog’liqligi;
  • organizimlarning embrional va postembrional rivojlanishi;
  • genetikaning asosiy yo’nalishlari;
  • Mendel va Morganning irsiyat qonunlari. Ularning sitologik asoslari;
  • genlarning o’zaro va ko’p tomonlama ta’siri;
  • odam genetikasini o’rganish usullarining o’ziga xosligi;
  • modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanlik, ularning sabablari;
  • genetikaning sog’liqni saqlashdagi ahamiyati;
  • odamdagi irsiy kasalliklarning oldini olish;
  • reaksiya normasi;
  • muhitni mutagenlar bilan ifloslanishdan muhofaza qilishning zarurligi;
  • alkogol, nikotin va boshqa narkotik moddalar iste’mol qilishning naslga zararli ta’siri;
  • seleksiyaning rivojlanishida genetika fanining ahamiyati;
  • genetikadan masalalar yechishni bilish.
 
9-sinf Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari)
  • organik olamning turli-tumanligi;
  • viruslar, bakteriyalar, zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlar haqida umumiy ma’lumotlar;
  • tiriklik darajalari va ularning o’ziga xos xususityalari;
  • hujayra nazariyasi, hujayra qobig’i, sitoplazma, yadro, mitoxondiriya, ribosoma   plastidalar, lizasomalar, Gol’ji apparati va    xramasomalar, mikronaychalar,  hujayra markazi;
  • hujayra evolyutsiyasi. Prokariot va eukariotlarning tuzilishi. O’simlik va hayvon xo’jayralarining o’xshashligi va farqlari. Xo’jayradagi anorganik, organik moddalar; 
  • oqsillar, lipidlar, uglevodlar tuzilishi funksiyasini DNK ning ko’payish prinsipini;
  • moddalarning energetik va plastik almashinuvi, energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi, fotosintez, oqsillar biosintezining mohiyatini, moddalar almashinuvi, reaksiyalarning matritsa va fermentativ xarakterini;
  • hujayraning metoz, meyoz bo’linish jarayonlari, ularning biologik ahamiyati, jinssiz va jinsiy ko’payish xillari, jinsiy hujayralarning  rivojlanishi;
  • urug’lanish, shaxsiy rivojlanishning embrional va postembrional doiralarini;
  • chatishtirish tiplari, asosiy genetik simvollar va atamalarini;
  • belgi va xossalarining nasldan naslga berilish qonunlarini;
  • ularning sitolagik asoslarini;
  • irsiyatning xromosoma nazariyasini, jins bilan bog’liq irsiylanishi, genetikaning seleksiya, tibbiyot evalitsion nazariyasini rivojlantirishdagi ahamiyatini bilishlari lozim.
 О’quvchilarning ko’nikma va malakasiga bo’lgan talablar
 
9- sinf
  • vaqtincha mikropreparatlar tayyorlash, ularni hamda doimiy mikropreporatlarni mikroskop orqali ko’rishni;
  • hujayraning asosiy komponentlarini aniqlay olishni;
  • hujayra ustida tajribalar o’tkaza olishni;
  • hujayraning mitoz va meyoz bo’linishlari, asosiy bosqichlari va tafovutlarni, murtak varaqalarini farqlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishlari;
  • genetikadan masalalar yechishni, modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanlikni farqlay olishni;
  • o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar seleksiyasi;
  • genetikadan masalalar yechish, modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanligini farqlay olishi;
  • genetika nuqtai nazaridan chekishning, alkogol va boshqa narkotik moddalar iste’mol qilishning zararini asoslab berishlari kerak.
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz