Î`ZBÅKISTÎN RÅSÐUBLIKASI ÕALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
RÅSÐUBLIKA TA`LIMI MARKAZI
Tajriba-sinîv varianti
GEOGRAFIYA o‘quv fanidan yangi tahrirdagi
Davlat ta`lim standarti
(7-sinf uchun)
Tîshkånt – 2006
Mualliflar: P.N.G‘ulomov, H.Vahobov, H.Imog‘omov.
Ishchi guruh a’zolari:
P.Musayev- O‘zPFITI katta ilmiy xodim, ped.f.n.
P.G‘ulomov- O‘zMU dotsenti g.f.n.
A.Qayumov- O‘zMU professori g.f.d.
M.Tillaboyeva- RTM bo‘lim boshlig‘i
M.Maxmanazarova- Toshkent sh. 258-maktab o‘qituvchisi.
Davlat ta’lim standarti
( 7 Sinf)
Geografiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta'limning Davlat ta'lim standartlari
O‘quvchilar geografiyaga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
Yer sharining shakli va kattaligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi, o‘lchamni bilish;
plan ola bilish;
globus, xarita , atlas va yozuvsiz xarita bilan mustaqil ishlay olish;
Yer shari qobiqlari tabiatini bilish, har bir qobiq tabiatini tushuntira olish;
Yer yuzining asosiy shakllarini bilish va ularni xaritadan ko‘rsata olish;
tabiat kompleksi va tabiat zonalarini tavsiflay olish;
dunyo aholisi;
materiklar va oqqanlar tabiatini bilish;
umumiy geografik qonuniyatlarni bilish;
O‘rta Osiyo tabiiy –geografik o‘lkasi va O‘zbekiston hududining tabiatini bilish;
tabiiy geografik rayonlashtirish tamoyillari;
iqtisodiy geografik tushuncha , qonuniyat va jarayonlarni bilish;
geografik o‘rin, tabiiy sharoit va tabiiy råsurslarning mamlakat iqtisodiyotida va rivojidagi ahamiyatini yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan sharoitda mehnatning geografik taqsimlanishi , ijtimoiy va iqtisodiy muammolar åchimini tushuntira olish;
Mamlakat aholisi va mehnat råsurslari o`ziga xosligining sabab va oqibatlarni bilish;
iqtisodiyotning eng muxim tarmoqlararo majmualarini bilish ;
iqtisodiyotning hududiy tashkil etilishi va iqtisodiy rayonlashtirish tamoyillarini bilish;
O`zbåkistoning har bir iqtisodiy gåografik rayonidagi ixtisoslik, tarmoqlarining joylashish va rivojlanishiga xos xususiyatlarni tushuntira olish;
o`zi yashaydigan qishloq (shahar ) gåografiyasini bilish;
Jahonning umumiy iqtisodiy gåografik tavsifini bilish;
Jahonshumul tabiiy boyliklarni hamda ekologik muamolarni bilish;
Jahon xo`jaligi haqida tasavvurga ega bo`lish;
Mamlakatlarning taraqqiyotiga ko`ra guruhlash måzonlarini bilish;
Jahon davlatlarining mintaqaviy tavsifini bilish;
Insoniyatning jahonshumul ( global ) muammolarini idrok eta olishlari kårak.
Gåografiya fani bo`yicha Davlat ta'lim standartlariga sharh
Gåografiya ta'limining maqsad va vazifalari
Gåografiya- insoniyat yashovchi sayyora, ya'ni Yer haqida to`liq tasavvur hosil qilish uchun ma'lumot bårishga qaratilgan yagona o`quv fanidir. Gåografiya ta'limi Yer kurrasida ro`y båruvchi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda hodisalarni o`rgatadi. Shunga ko`ra gåografiya umumiy o`rta ta'limda ikki yirik tarmoqqa- tabiiy gåografiya va ijtimoiy-iqtisodiy gåografiyaga bo`lib o`rganiladi.
Gåografiya ta'limi o`quvchilarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni tarkib toptiradi, dunyo davlatlari va turli rågionlardagi jamiyat va tabiatni o`zaro bog`liqligi, gåografik obyåkt, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi. Bu esa, Yer kurrasining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini ko`tarish, atrof-muhit holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga o`rgatadi. Binobarin, gåografiya fanini o`quvchilarda umuminsoniy madaniyatni tarkibiy qismi bo`lgan gåografik madaniyatni tarbiyalaydi.
Maktab gåografiyasi ta'limi oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalar O`zbåkiston Råspublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Maktab gåografiyasini qayta qurishning ilmiy uslubiy konsåpsiyasi»da umumiy tarzda quyidagicha bålgilab bårilgan:
dunyoni yaxlit idrok etishni, gåografik qamrovda mushohada yuritishni, bir so`z bilan aytganda, gåografik madaniyatni tarbiyalash;
tåvarak atrofni idrok qilishning muhim vositasi va uslubi bo`lgan xaritadan mohirona foydalana bilishni o`rgatish;
har qanday shaxs tabiat va jamiyat bilan munosabatning eng oqil må'yorlariga amal qilishni, buning muhim sharti esa, ularga komplåks yondashish zarurligini anglatmoq;
har bir fuqaroning o`zi yashab turgan muhitda samarali faoliyat ko`rsatishiga zarur bo`lgan bilim va malaka bårish bilan ro`yobga chiqishi hamda rivojlanishini ta'minlash.
Maktab gåografiyasi ta'limi oldiga qo`yilgan yuqoridagi vazifalarni bajarishni nazorat qilish ta'lim standarti vositasida amalga oshiriladi. Gåografiya bo`yicha ta'lim standarti umumiy o`rta ta'lim maktablarida gåografiya fanining tayanch mazmuni qirralarini hamda bitiruvchilarni gåografiyadan tayyorgarlik darajasini bålgilovchi må'yorlar majmuasi bo`lib, u Davlatning ta'lim sohasidagi normativ hujjati sifatida e'tirof etiladi.
O`quvchilar ta'minlanishi zarur bo`lgan gåografiya ta'lim mazmuni « Ta'lim mazmunining majburiy minimumi» nomli bo`limda kåltirilgan . Unda kåltirilgan ta'lim mazmuni umumiy o`rta ta'lim maktablarida o`quvchilarga båriladigan gåografiya mazmuni qirralarining minimal darajasini , ya'ni någizini ifodalaydi . Bu bo`limda kåltirilga tag`lim mazmuni qirralari o`quv dasturi va darsliklarni yaratishda hamda ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo`ljal vazifasini va uni amalga joriy etish uchun xizmat qiladi.
«Ta'lim mazmunining majburiy minimumi» bo`limida kåltirilgan ta'lim mazmuni qirralarining minimal darajasi to`qqiz yillik maktab gåografiya ta'lim mazmunini qamrab oluvchi quyidagi olti yo`nalishga bo`lindi:
Gåografiyaning nazariy asoslari.
Gåografik tadqiqod måtodlari.
Tabiiy va ijtimoiy –iqtisodiy obyåktlar.
Hodisalar va jarayonlar.
Olamni idrok etishning moddiy va ma'naviy madaniyatda ifodalanishi.
Hudud gåografik tavsifining tuzilishi.
Gåografiya ta'limi bo`yicha o`quvchilar egallashi shart bo`lgan ko`nikma va malakalar «Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar » nomli bo`limida kåltirilgan.O`quvchilar egallashi shart bo`lgan ko`nikma va malakalar quyidagi ko`rsatkichlar vositasida ifodalangan:
Ayta (ko`rsata) olishi.
Aniqlay (o`lchay) olishi.
Tasvirlay olishi.
Tushuntira olishi.
Bashorat qila olishi.
Ayrim talablar bir vaqtda bir nåcha sinfda bårilshi mumkin. Chunki gåografiya fanida birdaniga bilim bårilmasdan, bosqichma-bosqich avval tushuncha, kåyin tassavurga ega bo`lish va shundan so`ng ta'limot yaniy bilim darajasiga etkazilishi taqoza etiladi. Shunga ko`ra majburiy minimum talablarda, bilim, ko`nikma va malakalarda takrorlanishlar bo`lishi tabiiydir.
Ta’lim mazmuning majburiy minimumi
7-sinf «O`rta Osiyo va O`zbåkiston tabiiy gåografiyasi»
1.Gåografiyaning nazariy asoslari
gåografik zonallik haqidagi talimot;
havo massalari haqidagi ta'limot;
2.Gåografik tadqiqot måtodlari
tajriba måtodi;
statistik måtod;
siståmali yondoshish måtodi;
tarixiy yondoshish måtodi;
qiyoslash måtodi;
aerokosmik måtod;
gåosiståmalarni modållashtirish måtodi;
gåoekologik monitoring måtodi;
3. Tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy obyåktlar.
rågionlar, davlatlar , rayonlar, oblastlar,(o`lkalar) o`zi yashaydigan joyi;
kon, havza, xom ashyo rayonlari;
4.Hodisalar va jarayonlar
Yer magnåtizmi;
tog`larning hosil bo`lishi;
tashqi jarayonlar ta'sirida rålyåfning o`zgarishi;
ko`p yillik muzliklar;
Yer po`stining rivojlanishi;
Yer kurrasi rålyåfining hosil bo`lishi;
iqlimning o`zgarishi;
atmosfåraning isishi;
Yer yuzining isishi;
havo massalarining vujudga kålishi;
ko`llarning hosil bo`lishi;
Yer osti suvlarining hosil bo`lishi;
botqoqlikning hosil bo`lishi;
bulutlarning hosil bo`lishi;
siklon va antisiklonlarning vujudga kålishi;
passatlar;
daryolarning råjimi;
vårtikal mintaqalilik;
Yer tabiatining zonaligi;
tuproqning hosil bo`lishi;
landshaftlarning hosil bo`lishi;
jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro aloqalar;
atrof- muhitdagi tabiatning ifloslanishi;
Yer tabiatining hududiyligi: g`arbdan sharqqa tomon iqlimining o`zgarishi,tabiat zonalari va landshaftlarning kånglik bo`yicha o`zgarishidan iboratligi;
tabiiy muhit o`zgarishiga insoning ta'siri;
tuproq qatlamining o`zgarishi;
ozon qatlamining o`zgarishi va tiklanishi.
5. Olam idrok etilishining moddiy va ma'naviy shaklda ifodalanishi.
inson va jamiyatning mag`naviy va moddiy madaniyati shakllanishida atrof- muhitning ta’siri;
odamning atrof- muhitiga moslashishi.
6. Hudud gåografik tavsifining tuzilishi .
- hudud va sarhad ;
hayotiy faoliyat rivojlanishining tabiiy xomashyoviy omili;
atrof- tabiiy muhit.
O‘quvchilar egallaydigan bilimlar:
7-sinf «O`rta Osiyo va O`zbåkiston tabiiy gåografiyasi»
- odamning quruqlik suvlaridan foydalanishlarini;
- daryolarning to`yinish manbalarini;
- iqlimni hosil qiluvchi omillarini;
- xarita bo`yicha vaqtning almashinish chiziqlarini;
- okåan va quruqlik suvlarini muhofaza qilish yo`llarini;
- tabiiy råsurslarning asosiy turlarini;
asosiy gåologik eralarni;
havo massalarining asosiy tiplarini;
minåral råsurslardan ratsional va noratsional foydalanishga misollarni;
biologik råsurslardan ratsional va noratsional foydalanishga misollarni;
okåan råsurslarini va ulardan insonning foydalanishini;
hududlar, davlatlar, viloyatlar(o`lkalar), o`z joyini;
okåan havzalari bo`yicha va ichki quyilish havzalari bo`yicha daryolarning taqsimlanishi;
qishloq aholi punktlarini;
såysmik faol hududlarni;
daryo vodiysi tuzilishi elåmåntlarini;
Yerning gåologik yoshini;
muzliklarning asosiy o`lkalari va yirik muzliklarni;
Yerning magnit qutblarini;
tuproq råsurslaridan noratsional va ratsional foydalanishga misollarni ayta (ko`rsata)olishi zarur.
O‘quvchilar egallaydigan ko‘nikma va malakalar
7–sinf «O`rta Osiyo tabiiy gåografiyasi»
turli soat mintaqalarida yotuvchi hududlarda vaqt mintaqalarining farqini;
izotårma va mutloq bålgilar bo`yicha haroratni;
xaritadan tågishli hududda radiatsiyaning umumiy miqdorini aniqlay (o`lchay)olishi;
ob- havo bashorati (prognoz) ning qanday aniqlanishi;
o`z joyining landshaftini;
tabiiy obyåkt (o`quvchining tanlashi bo`yicha) namunasini;
sinoptik xaritadan ob-havoni ;
atmosfårada haroratni taqsimlanishi;
tuproqlar zonal tiplarining asosiy xususiyalarini;
siklon va antisiklonda ob-havoni tasvirlay olishlari zarur.
ozon qatlamining Yerdagi hayot uchun ahamiyatini;
iqlimning o`zgarishini;
inson faoliyati natijasida landshaftlarning o`zgarishini;
atmosfåra frontlarining vujudga kålishi va ularning ob-havo holatiga ta'sirini;
havfli tabiat hodisalari, ularning hududlarda tarqalishi (qurg`oqchilik, sål kålishi, suv toshqini, qattiq sovuq, ko`chki va boshqalarni);
landshaftlarning zonal va azonalligining sabablarini;
ayrim hududlar iqlimidagi tafovutlarni;
ayrim foydali qazilma konlarining joylashishini;
okåan suvlari xususiyatlaridagi tafovutlarini;
landshaftlarning o`zgarish sabablarini;
harorat invårsiyasini tushuntira olishlari zarur.
Daryolar, ko`llar, botqoqliklar, Yer osti suvlarini;
ayrim hududlar iqlimi va mikroiqlimini;
tuproq unumdorligini;
o`simlik va hayvonot dunyosini;
landshaftlarni o`zgarishini;
o`z yashash joyini bashorat qila olishi zarur.