O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Informatika 6
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
 
INFORMATIKA
UMUMIY О‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING
6-SINFI UCHUN DAVLAT TA’LIM STANDARTI
(tajriba-sinov uchun)
 
TOSHKENT - 2006
Tuzuvchilar: 
 
A. Azamatov
Toshkent shahar 274-maktab informatika o‘qituvchisi, fizika – matematika fanlari nomzodi
T. Azlarov
Toshkent shahar 40-maktab informatika o‘qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi
M. Mahkamov
Respublika ta’lim markazi, ta’lim jarayonini axborotlashtirish bo’limi
B. Boltayev
Respublika ta’lim markazi, ta’lim jarayonini axborotlashtirish bo’limi boshlig’i, fizika – matematika fanlari nomzodi
A. Daliyev
Davlat mulk qo’mitasi, iqtisod fanlari nomzodi
S. Hafizov
Xalq ta‘limi vazirligi, ta’lim jarayoniga axborot-kommuni-katsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi
 
2. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI INFORMATIKA TA’LIMI MAZMUNINING MAJBURIY MINIMUMI
 
2.1 Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari
 
Matn muharriri va uning vazifalari. Matn ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so‘z, satr, abzats, matn, blok va hujjat haqida tushuncha. Hujjatlarni vujudga keltirish. Hujjatlarni tahrirlash. Hujjatlarda rasm va jadvallar. Hujjatlarga diagramma   va grafiklarni   joylashtirish. Hujjatda gipermurojaat. Matematik formulalar. Hujjatni chop etish.
 
3. O’QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA QO’YILADIGAN ZARURIY TALABLAR
 
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur: O‘quvchilar matn muharriri va uning vazifalarini bilishi zarur. Matn muharriri, matn protsessori, hujjat, formatlangan matnli hujjatlar, ishchi maydon, yurgich, menyu,  belgi, so‘z, satr, abzats, matn, blok. Matndagi belgilarning shrifti, rangi va ko‘rinishini o‘zgartira olishi lozim. Hujjatga matematik formulalarni joylashtira olish. Hujjatni chop etish usullarini bilish.
Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur: Matn muharriridan foydalana olish, va hujjat haqida ko‘nikmaga ega bo‘lish. Hujjatlarni vujudga keltira olishlari, matnni terish, tahrirlash va bosib chiqarish, tayyor matnli faylni yozib qo‘yish yoki o‘qib olishni, matn ichiga zarur ob’ektlarni joylashtirishni uddalashlari kerak.
Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim: O‘quvchilar matn muharriridan foydalanib hujjat tayyorlash malakasiga ega bo‘lishi losim.  
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz