O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Iqtisod 8 sinf
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

8-sinf o`quvchisi yil oxirida quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim:
       iqtisodiy resurslarning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi muammosi, imkoniyatlar ichidan birini yoki bir nechtasini tanlashga olib kelishini tushunib yetish;
       tanlovning muqobil qiymatini aniqlay olish va uni tanlov natijasini baholashda qo`llay olish;
       oqilona iqtisodiy qaror qabul qilish ko`nikmalariga ega bo`lish;
       ishlab chiqarish va uning omillarini tavsiflash;
       mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvdan ko`zlangan asosiy maqsad mehnat unumdorligini oshirishdan iborat ekanligini anglash;
       har qanday iqtisodiy xo`jalik yuritish tizimi " Nima ishlab chiqarish kerak?" Qanday ishlab chiqarish kerak?" va   "Kim uchun ishlab chiqarish kerak?" degan savollarga javob berishi lozimligini tushunib yetish;
       iqtisodiy tizimlarni bilish, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini sanash va o`zaro taqqoslay olish;
       bozor iqtisodiyotining asosiy ustunlari: erkin iqtisodiy faoliyat, xususiy mulk, erkin narx, foyda olishga bo`lgan intilish, monopoliyani rad etish va raqobatning mohiyatini bilish;
       O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishining besh tamoyillarining mohiyatini va ularning mamlakat kelajagida tutadigan o`rnini Prezident I.Karimov asarlari asosida tushuntirish;
       Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o`tish maqsadida qishloq xo`jaligida, moliya-kredit sohasida, tashqi iqtisodiy faoliyatda va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarni va mustaqillik davrida erishilgan yutuqlarini sanab ko`rsatish;
       Bozor tushunchasini keng ma`noda tushunish va bozor turlarini bilish;
       Talab va taklifning o`zaro nisbati asosida tovar narxining shakllanish mexanizmini bilish va uni bozorda tovar narxining o`zgarish sabablarini tushuntirishda qo`llay olish;
       Iste'molchilarning daromad manbalari va xarajatlarini bilish va bozorda o`zni iste'molchi sifatida tutishning oddiy amaliy ko`nikmalarini egallash;
       Iste'molchilar huquqlarini bilish va ularni himoya qilishda turli jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalarining rolini bilish;
       Turli xil mulk shakllarini bir-biridan farqlash;
       O`zbekistonda xususiylashtirish jarayonining o`ziga xos tomonlarini bilish;
       Ishlab chiqarishning umumiy, o`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlarini bir-biridan farqlay olish va yalpi daromad va foydani topa bilish;
       Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyatini tushunish va turlarini bilish;
       Bozorlarning monopollashish darajasiga qarab farqlay olish va taqqoslash;
       Asosiy ekologik muammolarni bilish va ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tushuntira olish;
       ma’lum shartlar asosida ayirboshlashni tashkil qilish;
       tanlov natijasiga ko`ra muqobil qiymatni aniqlash;
       ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlay bilish;
       talab va taklif egri chiziqlarini chizish va ular asosida muvozanat narxni topa bilish;
       talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarni aniqlay bilish;
       oila xarajatlari va daromadlari miqdorini aniqlash va byudjetini tuzish;
       mahsulot tannarxi, ishlab chiqarish narxi, chakana va ulgurji narxlarni aniqlay bilish;
       shartli korxona misolida, uning chiqimi, daromadi, foyda va zarari, rentabelligi va mehnat unumdorligini aniqlay bilish;
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz