Davlat ta’lim standarti
9- sinf
Jismoniy mashg'ulotlarni inson organizmiga, tana tuzilishiga, qaddi- qomatiga va gavdaning asosiy tuzilishiga ta'sirining ahamiyatini bilish, shifokor nazoratining o'quvchining salomatligiga ahamiyati haqida bilimlarga ega bo'lish:
- sport gimnastik anjomlarida bajariladigan mashqlar majmuini bajarishni bilish;
- maktab dasturi bo'yicha o'tkaziladigan musobaqa qoidalarni, hakamlikni bilish;
- estafeta bosqichlarida bir tekis tezlikda yugurish, qisqa va uzoq masofalarga yugurishni bilish;
- sport o'yinlaridan asosiy elementlarni bajarishni bilish va ikki tomonlama o'yinlarida qatnashish;
- kurash bo'yicha o'quv — mashq bellashuvlarida ishtirok etish;
- suzishda 50- 100 m musobaqada qatnashib, o'quv me'yorlari- ning natijasini topshirish;
- milliy raqslar improvizatsiyasi;
- guruh bo'lib ritmik va badiiy gimnastikadan chiqishlar uyushtirish;
- "Alpomish va Barchinoy" kompleks testlarini topshirish.