O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LlMI VAZIRLIGI
RÅSPUBLIKA TA’LIM MARKASI
7-SINFLAR UCHUN JISMONIY TARBIYA FANIDAN YANGI TAHRIRDAGI DAVLAT TA’LIM STANDARTI
Toshkent-2006
Mualliflar: Usmonxo'jayev T.S. Arzumanov S.G Toirova M. G'iyosov G.Sh Karimov M.
Taqrizchilar: X.K.Yo'ldoshev. T.Haydarov
Muharrir: M. Hamrayeva, RTM metodisti.
Davlat ta'lim standarti
Jismoniy tarbiya o'quvchilar sog'ligini mustahkamlash, shaxsni har tomonlama rivojlantirish, hayotiy muhim harakat va ko'nikmalarni egallash barobarida quyidagilar bo'yicha bilim hosil qilishlari shart:
- yuksak axloqiy, ma'naviy, irodaviy fazilatlarni, mehnatsevarlik, faollikni tarbiyalash;
- jismonan baquvvat, epchil, sog'lom, kuchli va qiyinchiliklarni yengishga qodir bo'lish;
- hayotiy muhim malaka va ko'nikmalarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish va tushish, suzish, o'z-o'zini himoya qilish elementlarini bilish, sayohat asbob-anjomlaridan foydalana olish)ni shakllantirish;
- jismoniy mashqlar gigiyenasi, anatomiyasi va fiziologiyasiga doir bilimlarni puxta egallash;
- sport turlari bo'yicha texnika va taktika, umumiy va maxsus tayyorgarlik tomonlarini bilish va foydalana olish;
- sport bo'yicha targ'ibotchilik, jamoatchilik, tashkilotchilik, instruktorlik, hakamlik qilish malakalariga ega bo'lish;
- turli sport harakatlar estetikasini to'g'ri talqin qilishga odatlanish;
- maktab o'quvchilarining kelajakda egallaydigan kasblarini hisobga olib kasb-hunar va amaliy ko'nikmalami takomillashtirish;
- Olimpiya o'yinlari tarixi, ulug' mutafakkirlar — Abu Alt Ibn Sino, Beruniy, Navoiy, Amir Temur, Bobur, Mahmud Qoshg'ariy, Abdulla Avioniy va boshqa buyuk olimlaming g'oyalari, Alpomish, Pahlavon Mahmud, Barchinoy, To'maris va boshqa pahlavonlaming hayoti, Respublikamizning hozirgi kundagi atoqli sportchilari, O'zbekiston iftixorlari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish;
- davlatimizda jismoniy tarbiya va bolalar sportiga oid qabul qilingan farmon, qaror va qonunlar haqida ma'lumotga ega bo'lish;
- jismoniy tarbiya jarayonida "tabiat-sog'liq-inson" tushunchasini o'zlashtirib olishga erishish.
DAVIAT TA'LlM STANDARTIGA SHARH
JISMONIY TARBIYA VA SPORT ASOSLARI TA'LlMINING MAQSAD VA VAZIFALARI
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuniga ko'ra (7-modda) davlat ta'lim standarti davlatning ta'lim sohasida o'z fuqarolari oldidagi va har bir fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy hujyatlardan biridir.
Ta'lim-tarbiya muassasalarida ta'lim uzluksizligi davomida tegishli saviyani ta'minlovchi Davlat ta'lim standarti har bir shaxsga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy muammolarini hal etishga to'laqonii kirishish imkoniyatini beradi.
"Ta'lim to'g'risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida ta'lim olish yo'llarining xilma-xilligi sharoitida har bir ta'lim muassasasi "jismoniy tarbiya" maktab kursining maqsadi - o'quv-chilaming sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, jismoniy sifatlar va imkoniyatlarini rivojiantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir.
Umumiy o'rta ta'lim uchun jismoniy tarbiya bo'yicha davlat ta'lim standarti "Jismoniy tarbiya va ta'lim" kursi mazmuniga, o'quv yuklamasi hajmiga (o'quv rejasidagi o'quv soatlari), majburiy jismoniy tayyorgarlik darajasiga (jismoniy sifatlarning rivojianishi, harakat malaka va ko'nikmalarining shakllanishi), sutka, hafta, yil davomidagi harakat rejimining majburiy hajmiga; o'quvchilaming nazariy tayyorgarligiga (j^moniy tarbiya, gigiyena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o'z-o'zini nazorat va boshqalar) qo'yiladigan talablar yig'indisini belgilab beradi.
Mazkur standart o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma'naviy, axloqiyva jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o'quv-tarbiyajarayoniga miqdoriy va sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko'rsatadi.
Jismoniy tarbiya ta'limining asosiy vazifalari:
- jismoniy madaniyat ta'limining darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta'minlash;
- jismoniy tarbiya mazmunining halqaro mezonlarga mosligini ta'minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida o'quvchilami jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko'ra jahon darajasiga olib chiqish;
- jismoniy tarbiya va ta'lim jarayonini tartibga solish;
- turii yo'nalishlarda jismoniy tarbiya va ta'lim jarayonini nazorat qilish va boshqarish;
- ta'limni insonparvarlashtirish;
- jismoniy tarbiya ta'limi sifatini oshirish. "Jismoniy tarbiya" maktab kursi maktabning o'quvchilar sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarini rivojiantirish, hayotiy zarur harakatlar malaka va ko'nikmalarini shakllantirish, o'z-o'zini jismoniy takomillashtirish istak va ehti-yojiarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlami o'stirish faoliyatida asosiy bo'g'in hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va ta'lim maktab kursining tarkibi
"Jismoniy tarbiya va ta'lim" kursi umumiy o'rta ta'limda quyidagilardan tarkib topadi:
- jismoniy tarbiya darslari — maktabda jismoniy tarbiya va ta'limning asosiy shakli. Ularning miqdori tayanch o'quv rejasida haftasiga 2 o'quv soati hisobidan belgilangan;
- harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari: darsdan oldin o'tkaziladigan gimnastika; umumiy o'rta ta'lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalar; uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar; ko'ngilochar o'yinlar;
- jismoniy mashq mashg'ulotlarining sinfdan tashqari shakllari:
sport seksiyalari, fakultativlar, o'quvchilar qiziqishiga qarab ochil-gan to'garaklar va boshqalar;
- umummaktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo'yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar;
- mustaqil mashg'ulotlar: ko'pincha uy vazifalarini bajarish tarzida; B O'SM sport sho'balaridagi mashg'ulotlar, safarlar, o'yinlar va boshqalar.
Mashg'ulotlaming barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9- sinf o'quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta'minlab berishi kerak.
Belgilangan hajm o‘quvchilarning ko'rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog'lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o'quvchilar uchun maxsus (individual-differensial) rejim o'rnatiladi.
Jismoniy tarbiya va ta'lim mazmuni, metodik asosi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya dasturi bilan belgilab berilgan.
O'quvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini belgilovchi talablar
7 - sinf
Jismoniy mashqlarni bajarishda o'z-o'zini nazorat va muhofaza qilish qoidalarning asoslarini bilish:
-sport gimnastik anjomlarida bajariladigan mashqlar majmuini bajarishni bilish;
- 60 m ga past startdan yugurish;
- 3-4 daqiqagacha o'rta tezlikda asta —sekin yugurish;
- o'rta masofaga yugurish;
- uzunlikka va balandlikka to'liq yugurib kelib sakrashlar, to'p uloqtirishlar;
- mo'ljallangan (basketbol, qo'l to'pi, voleybol) usullarda bajarish;
- to'pni tezlik bilan yerga urib yurish (vaqtga-basketbol, qo'l to'pi);
- jarima to'pini savatga tashlash: ikki tomonlama o'yinda qatnashish;
- kurashda ushlashni, tashlashni, himoyalashni va qarshi usullarni qo'llashni bilish;
- suzishda 50 m li masofani vaqtida suzib o'tish;
- milliy raqslarni improvizatsiyalashtirish, ritmik va badiiy ginmastikalami 15-20 daqiqa davomida bajarish.
- "Alpomish va Barchinoy" kompleks testlarini topshirish.