O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 9-sinf. Laboratoriya ishi № 5
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

 
Yorug‘lik dispersiyasini o‘rganish
 
            Yorug’likning to’lqin nazariyasiga muvofiq, yorug’lik – fazoda katta tezlik bilan tarqaluvchi to’lqindan iborat. Yorug’likning rangi uning chastotasiga bog’liq. Bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda yorug’likning to’lqin uzunligi o’zgarib, chastotasi o’zgarmaydi. Muhit nur sindirish ko’rsatkichining yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lishiga yorug’lik dispersiyasi deyiladi. Bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda yorug’likning to’lqin uzunligi o’zgarib, chastotasi o’zgarmaydi. Bizga ma’lumki, yorug’lik vakuumdan biror muhitga o’tganda tezligi n marta kamayadi.
formuladan turli rangdagi yorug’likning aynan bir xil muhitda turlicha tezlikda tarqalishini kelib chiqadi.
kattalik muhitning vakuumga nisbatan nur sindirish ko’rsatkichi ekanligini hisobga olsak, muhit nur sindirish ko’rsatkichi turli rangli yorug’lik uchun turlicha bo’lishi kelib chiqadi. Muhit nur sindirish ko’rsatkichining yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lishiga yorug’lik dispersiyasi deyiladi.
            Bu hodisani birinchi bo’lib Nyutoin kashf etgan. Uning tajribasi ham oddiy edi. Nyuton olib, unga ingichka quyosh yorug’ligini tushiradi. Prizmadan o’tgan nur ro’paradagi devorga tushirilgan. Bunda ranglarning kamalakda ko’rinadigan tartibda joylashgan tasviri kuzatiladi.
            Tajribada qizil nur prizmadan o’tgan eng kam, binafsha nur esa eng katta og’ishini aniqladi. Ana shu yetti xil nurlardan tashkil topgan tasvirni Nyuton spektri deb ataladi.
 
 
Prizmadan o’tgan nurlarni yig’uvchi linza orqali o’tkazilsa, yig’ilgan nurlar yana oq nur ko’rinishiga o’tadi. Tabiatda narsa va buyumlarga quyosh nurlari tushganda turli rangda ko’rinishiga sabab, jismning ayrim nurlarni yutishi va ayrimlarini qaytarishidir.
Kerakli asboblar:  tirqishli yorug’lik manbayi, prizma, ekran, linza.
Ishni bajarish.
 
  1. Ekranni qo’zg’olmaydigan holatda o’rnatib, yorug’lik manbayidan ingichka oq yorug’lik nurini prizmaga tushiriladi.
  2. Pizma va manba holatini o’zgartirib, ekranda aniq spektr hosil bo’lishi kuzatiladi.
  3. Prizmadan chiqqan nur yo’lga linzani qo’yib, ekranda ingichka oq yorug’lik hosil bo’lishiga erishiladi.
 
Mavzuga doir savollar:
1.      Nima sababdan oq yorug’lik prizmadan o’tganda turli ranglarga ajraladi?
2.      Spektrda ranglar qanday tartibda joylashadi?
Nima sababdan oq yorug’lik yassi parallel shishadan o’tganda ranglarga ajralmaydi?
  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz