Matndagi istalgan so`zni elektron darslik lug`atidan qidirish va izoh mavjud bo`lsa, uni ekranning quyi o`ng darchasida ko`rish mumkin. Buning uchun matnda istalgan so`zni yoki so`z bo`lagini yoki so`z birikmasini (iborani) belgilash lozim. Belgilash uchun istalgan pozitsiyada sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va tugma qo`yib yuborilmagan holda gorizontal yo`nalishda sichqoncha harakatlantiriladi. Bu paytda belgilanayotgan qism foni ekranda o`zgarib boradi. Sichqoncha tugmasi qo`yib yuborilishi bilan belgilanish to`xtaydi va belgilangan qism foni bilan boshqalardan ajralib turadi. Endi shu belgilangan qism ustida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish lozim. Ekranda “lug`atdan qidirish” degan buyruq tugmasi va ajratilgan qismni qanday qidirish kerakligi to`g`risida so`rov menyu sifatida taklif etiladi.
Bu menyudagi “so`zni topish” bandi tanlansa, lug`atdan shu so`zga aynan teng so`zni qidirish amalga oshadi. “Bilan boshlanuvchi so`zlarni topish” bandida lug`atda ajratilgan so`z bilan boshlanuvchi barcha izohlar chiqishi ta’minlanadi. “Bilan tugaydigan so`zlarni topish” bandi tanlansa, lug`atda ajratilgan so`z bilan tugallanuvchi barcha izohlar foydalanuvchiga ko`rsatiladi. “Òarkibida ajratilgan so`z bo`lgan so`zlarni topish” bandi tarkibida belgilangan qism bo`lgan barcha so`zlarni lug`atdan topishni amalga oshiradi. “Hamma so`zlarni” bandi tanlansa, lug`atdagi barcha izohlar ekrandagi quyi chap darchada paydo bo`ladi.
|
Maqola sanasi: 19 Sentyabr 2007 10:36 |