O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 Salomatlik darslari
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya
MuallifYUNISEF
Yil2007
FormatlarPDF

Haqiqat shundaki, ruhan yetik, yuqori aqliy va jismoniy ishlash qobiliyatiga ega, yaxshi kayfiyat va ruhan yengil yuradigan sog'lom insongina faol yashashga, kasbiy va turmush qiyinchiliklarini yengishga layoqatli bo'ladi.

Aynan shu haqiqatni har bir o'quvchiga yetkaza olishi va tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda salomatlik va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratilgan mas'uliytli va to'g'ri munosabatga yo'naltiruvchi hayotiy falsafani ishlab chiqish lozim.

Salomatlik-ortirilgan umuminsoniy qadriytlardan biri bo'lib, uni quyidagi yo'llar bilan muhofaza qilish mumkin:

         - jamiyat tomonidan aholi sog'lig'ini muhofaza qilishga qaratilgan imkoniyatlarni kuchaytirish;
         - yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
         - aholi o'rtasida tibbiy bilimlarni oshirish bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
         - bolalar va o'smirlar o'rtasida tibbiy-gigiyenik bilimlami keng yoyish. Mazkur tadbirlarni bolalarni gigiyenaga rioya qilishga o'rgatish, o'zlarining sog'liqlarini muhofaza qilish bo'yicha malaka va ko'nikmalarni tarbiyalash orqali amalga oshirish mumkin.

Bu masalaga pedagogik jamoa, maktabning tibbiy xodimlari, o'quvchilrning ota-onalari birgalikda yechim topishlari mumkin.

Shu mqsadda 1-4 sinflar uchun "Salomatlik darslari" deb nomlangan metodik qo'llanma, o'quv qo'llanmalar va dasturga muvofiq ravishda 17 ta mashg'ulotga mo'ljllangan, 9 ta asosiy gigiyenik mavzularni o'z ichiga olgan ish daftarlari ham ishlab chiqildi. Bular yordamida bolalar sanitariya va gigiyena asoslari, shikastlanishlar va baxtsiz hodislarni oldini olish, zararli odatlar, to'g'ri jinsiy tarbiya, o'zaro munosabatlar bilan qiziqlari va maroqli tarzda tanishadilar.

Umid qilamizki, ishlab chiqilgan o'quv qo'llnmlar va ish daftarlar to'plmi bolalrni ilk maktab yoshidan boshlab, sog'lom turmush tarzini shkllantirishga, o'zi va atrofdagilarning salomatligiga g'amxo'r bo'lishga o'rgatadi.

Ushbu to'plam O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Respublika ta'lim markazi hamkorligi va YUNISEF tashkilotining ko'magi natijasida yuzaga kelgi.

Biz o'quv metodik qo'llanmalar to'plamini yaxshilashga qaratilgan fikr-mulohazalaringizni bildirganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz va ushbu fikr-mulohazalaringizni kelajakdagi ishlarimizda e'tiborga olamiz.

YUNISEFning O'zbekistaon Respublikasi vakolatxonasi boshlig'i Reza Xaseyni.



Formatda yuklash:
PDF (1,6 Mb)
   
Maqola sanasi: 21 Avgust 2007 10:31


Yangiliklar bolimiga o`tish
  © Copyright 2017 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz