Mazkur darslik, hozirgi davr talabidan kelib chiqib, yangi pedagogik texnologiyalar asosida davlat ta’lim standarti va dasturlariga mos ravishda tayyorlandi. Yangi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda umumiy o’rta ta’lim o’quvchilariga bilimlarning zarur hajmini berish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantirish, dastlabki kasbga yo’naltirish hamda ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam berishi ta’kidlab o’tilgan.
|