O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 7 sinf
Kimyo 7
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

Ekranning chap tomonida joylashgan “bandlar” menyusida mavzudagi bandlar keltirilgan. Materialni o`zlashtirishning samaradorligini ta’minlash uchun bandlar bilan tanishishda qat’iy tartibga rioya etish shart. Avval ro`yxatda oldin turgan bandni so`ngra undan keyin turgan bandni o`rganish lozim. Ilk bor mavzu ochilganda ro`yxatda birinchi turgan band matni avtomatik ravishda o`ng tomondagi darchada keltiriladi.



Ona tili 7
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

Mavzuni o`rganish mobaynida o`quvchining e’tiborini qaratish maqsadida band matni chiqarilgan darcha tagida “YODDA TUTING!” tugmasi keltirilgan. Bu tugma ustida sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan yangi darchada matn o`qilgan ovozi bilan jo`rlikda paydo bo`ladi. Unda matn ovozini o`chirish tugmasi mavjud. U bosilganda ovoz jo`rligi ta’minlanmaydi. Bu darcha yopilgach, yana “darsni o`rganish” rejimining asosiy darchasiga qaytib kelinadi.


Zoologiya 7
MuallifH. Zokirov
Yil2007
FormatlarHTML

O’lkamizning tabiati nihoyatda jozibali, uning hayvonot dunyosi esa juda xilma-xildur. Hayvonlarni inson qadami yetgan hamma joyda: gullab turgan vodiylardan tortib baland tog’li cho’qqilarda, osmono’par binolar qad ko’tarib, hayot qaynab turgan shaharlar-u go’yo hayotsiz ko’ringan jazirama qumli cho’llargacha uchratish mumkin.


Tarix 7
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

Ushbu elektron darslikning maqsagi 7-sinf o'quvchilariga tarix fanini chuqur o'gatishdir. Bu dasturda ma'lumotlar o'quvchiga matn, rasm, animatsiya ko'rinishlarida yetkazilai. Unda bilimni mustakamlash uchun masalalar va ularni yechish usullari hamda turli interactiv dasturlar ham mavjud. Shuningdek dasturda o'quvchilarni bilimini baxolash tizimi mavjud bo'lib, u orqali nafaqat baxolashni balki xar bir o'quvchi uchun dars jarayonlarini boshqarish ham mumkin.


English Matters 7
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

"Last summer four teachers of English came from different countries to work at our school. This was a big project for us and our teacher. Three of them came from America and one woman from Belgium. In the morning we had our classes and afterwards we usually travelled around the city. This was their first time in Tashkent so we showed them a lot of interesting places. They also wanted to visit other cities in Uzbekistan and they did that too. Once we went to a mountain lake and had a very nice picnic there. We swam and played volleyball. It was my best summer so far. "




Geografiya 7
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasi o‘zining tabiiy sharoiti, tabiiy - geografik xususiyatlariga ega bo‘lgan, boshqa o‘lkalardan tabiiy chegaralari bilan ajralib turadigan yirik tabiiy - geografik kompleksdir. Bu o‘lkada turkiy xalqlar (o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar) dan tashqari tojiklar, ruslar, koreyslar va boshqa xalqlar ham yashaydi. O‘rta Osiyo yer yuzasining tuzilishiga ko‘ra uch qismga bo‘lingan. O‘lkaning g‘arbiy qismi cho‘llar egallagan keng pasttekisliklar, shimoliy qismi cho‘l, chalacho‘l va dashtlardan iborat qir va tekisliklar, sharqiy va janubiy qismlarida osmono‘par baland tog‘lardan iborat.



  © Copyright 2010 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz