Раздел: O'zR Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qarori №334 sonli 20.07.1992

O'zR Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qarori №334 sonli 20.07.1992

O'zbekiston yoshlarini chet mamlakatlarga o'qishga yuborish to'g'risida
 
            Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida kadrlar va ilmiy xodimlar tayyorlash sohasidagi davlatlararo bitimlarni bajarish, xalq xo'jaligi tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, fan va ta'lim sohalarida o'zaro munosabatlarni rag'batlantirish, madaniyat, til va adabiyotni rivojlantirish va o'zaro boyitish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek chet mamlakatlarning o'quv yurtlarida O'zbekiston vakillarining ta'lim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 
            1. Belgilab kuyilsinki, davlat idoralari tomonidan tuzilgan bitim va shartnomalarga muvofiq, chet mamlakatlarga o'qishga yuborilayotgan shaxslarga o'qishga borish va vataniga qaytib kelish, shuningdek, ta'til vaqtida, ammo bir yilda ko'pi bilan bir marta kelib-ketish xarajatlari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan to'lanadi.
 
            2. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Turkiya Respublikasiga o'qishga borayotgan har bir kishining tijorat kursi bo'yicha AQShning 50 dollarigacha miqdorda valyuta sotib olishiga yordam bersin.
 
            3. Vazirliklar va idoralar chet mamlakatlarga o'qishga yuborilayotgan yetim Talabalar va o'quvchilarni AQShning 50 dollarigacha miqdorda valyuta sotib olish uchun bir yo'la ko'rsatiladigan yordam bilan ta'minlasinlar.
 
            4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar va idoralarning talabnomalari bo'yicha har yili ushbu qarorning 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan mablag'larni ajratsin.
 
            5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o'rinbosari o'rtoq M.Q.Qoraboev zimmasiga yuklatilsin.
 
 
            O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Mutalov


Bu maqola saytda chop etilgan Eduportal.Uz (http://eduportal.uz)

Ushbu maqola URL i: http://eduportal.uz/uzb/article68.html