| * | |||
| + | * | * | |
| * | * | * |
| * | * | * | * |
| 5. To‘rtta atirgulga ega kvadrat shaklidagi tortni to‘rtta teng bo‘lakka shunday bo‘lingki, har bir bo‘lakda bittadan atirgul bo‘lsin. |
|

|
1. 3999991 tub sonmi yoki murakkab?
2. Shunday 10 ta ketma-ket natural sonlarni topingki, ular kvadratlarining yig‘indisi o‘zlaridan keyingi 9 ta ketma-ket natural sonlar kvadratlarining yig‘indisiga teng bo‘lsin.
3. Farrux bilan Botir dekabr oyida 20 tadan baho olishdi. Bunda Farrux Botir qancha to‘rt olgan bo‘lsa, shuncha besh, Botir qancha uch olgan bo‘lsa, shuncha to‘rt, Botir qancha ikki olgan bo‘lsa, shuncha uch va Botir qancha besh olgan bo‘lsa, shuncha ikki oldi. Agar ularning o‘rtacha balli bir xil chiqqan bo‘lsa, Farrux dekabr oyida nechta “5” va nechta “2” olgan?
4. ABC uchburchakning B uchidagi burchagi 30° ga teng va AB = BC. Agar A', B', C' nuqtalar mos ravishda A, B va C nuqtalarga qarama-qarshi tomonlarga nisbatan simmetrik nuqtalar bo‘lsa, A'B'C' uchburchak – teng tomonli ekanligini isbotlang.
|
![]() |
|
1. Tenglamani natural sonlarda yeching: x2 + y3 + z6 = w7
2. Suhrob uy vazifasini bajarguncha ikkita uch xonali son orasidagi ko‘paytirish belgisini payqamasdan ularning o‘rniga bitta olti xonali son yozib ketdi. Natijada ko‘paytmadan uch marta katta son hosil bo‘ldi. Bu sonlarni toping.
3. Ixtiyoriy a soni uchun ushbu tengsizlikni isbotlang: 3(1+a2+a4)>(1+a+a2)2.
4. Ifodaning qiymatini toping:
1·2 + 2·3 + 3·4 + ... + 2008·2009 + 2009·2010 12 + 32 + 52 + ... + 20072 + 20092 5. Ushbu kvadrat shaklidagi teshik doskani eng kami bilan nechta bo‘lakka bo‘lib, bu bo‘laklardan xuddi shunday shakldagi, lekin teshigi o‘rtada bo‘lgan doska hosil qilish mumkin?
|
![]() |
|
1. (k3-1)/(k3+1) ko‘rinishdagi 2009 ta kasrning ko‘paytmasi 2/3 dan katta ekanligini isbotlang, bunda k = 2, 3, ... , 2010.
2. 11 ta qiz va n ta o‘g‘il bola qo‘ziqorin tergani o‘rmonga borishdi. Ular birgalikda n2+9n-2 ta qo‘ziqorin terishdi, bunda o‘g‘il bolalar va qizlar tergan qo‘ziqorinlar soni teng edi. O‘g‘il bolalar ko‘pmi yoki qizlar?
3. Har bir x, y sonlar juftligi uchun x *y son aniqlangan va ixtiyoriy x, y, z uchun quyidagi xossalar o‘rinli:
1) x * x = 0, 2) x * (y * z)=(x * y) + z. 2009*2008 nimaga teng?
4. Rasmdagi uchburchak hosil qilgan doiralarning 5 tasini shunday bo‘yangki, ularning hech bir ikkitasi bir gorizontal qatorda ham va uchburchakning qolgan ikkita tomonlariga parallel qatorlarda ham yotmasin.
5. Komilning uzunliklari 1 sm, 2 sm, 3 sm, …, 20 sm bo‘lgan 20 ta tayoqchasi bor. U bu tayoqchalarning hammasini ishlatib kvadrat yasay oladimi?
|
![]() |