Раздел: O'zR Vazirlar Mahkamasining Qarori №59 sonli 18.02.1995

O'zR Vazirlar Mahkamasining Qarori №59 sonli 18.02.1995

Ta'lim muassasalari haqidagi nizomlarni tasdiqlash to'g'risida
 
            O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining "Ta'lim to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida" 1992 yil 2 iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
            1. Quyidagilar tasdiqlansin:
            maktabgacha tarbiya muassasasi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
            maktabdan tashqari muassasa to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
            mehribonlik uyi to'g'risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq.
 
            2. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tasarrufida maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari muassasalar, mehribonlik uylari bo'lgan vazirliklar va idoralar:
            uch oy muddatda ta'lim muassasalari to'g'risidagi idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar;
            tasdiqlangan nizomlarni amalga oshirish bo'yicha zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
 
            3. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Ta'lim va fan bo'limiga yuklansin.
 
 
            O'zbekiston Respublikasining
                        Bosh vaziri                                                      A. MUTALOV


Bu maqola saytda chop etilgan Eduportal.Uz (http://eduportal.uz)

Ushbu maqola URL i: http://eduportal.uz/uzb/article76.html