Раздел: Oz'R Vazirlar Mahkamasining Qarori №87 sonli 11.03.1996
Oz'R Vazirlar Mahkamasining Qarori №87 sonli 11.03.1996
O'zbekiston Respublikasida ishchi kadrlarni uzluksiz kasbga o'qitish, qayta o'qitish va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish to'g'risida
Respublika iqtisodiyotining Yukori malakali ishchi kadrlarga bo'lgan talablarini to'laroq qondirish, kasbga o'qitishning uzluk-sizligini ta'minlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish va mehnat bozorida ularning raqobat qila olish qobiliyatlarini
oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari uch oy muddatda ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Mehnat vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi kadrlarni uzluksiz tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish qanday boraetganligi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 1996 yil 1 sentyabrgacha xabardor qilsin.
4 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o'rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri O'. SULTONOV
Bu maqola saytda chop etilgan Eduportal.Uz (
http://eduportal.uz)
Ushbu maqola URL i:
http://eduportal.uz/uzb/article78.html