• iconToshkent, Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi 6-uy
  • iconrtm@xtv.uz

Dushanbadan - Jumagacha - 08:00 dan 18:00 gacha

icon

Yordam kerakmi? Bizga bepul qo'ng'iroq qiling

+99871-245-72-13

Kun davomida bilimlarni oʼzlashtirish darajasi

Kun davomida bilimlarni oʼzlashtirish darajasi

Courses

Insonning jismoniy xususiyatlari ta'lim jarayoni uchun ham muhimdir. Maktablarda dars soatlarini fanlarning qiyin-osonligiga qarab joylashtirishda bolalarning o'zlashtirish bilan bog'liq jismoniy holati ham hisobga olinishi darslar samaradorligini oshiradi.

Inson tana aʼzolarining faolligi  tunu-kun, yaʼni 24 soat davomida oʼziga xos oʼzgarishlarga uchraydi. Аyrim vaqtda ular natija berishga va tetiklikka, boshqa vaqtda esa uyqu va dam olishga qaratilgan boʼladi. Bu biologik soatlar har bir insonda har xil boʼlishi mumkin. Kimdir "kunduz odami", kimdir" tun odami" ekanligi tabiiy. Biroq o'zlashtirishda ko'pchilik uchun umumiy bo'lgan faollik darajalari bor. 

 

Tadqiqotlarga ko'ra:

  1. Ertalabki soat 7.00 dan soʼng insonda ish qobiliyati oshadi.
  2. Soat 9.00 dan 11.00 gacha "eng yuqori daraja", deb nomlangan optimal ish qobiliyati kuzatiladi. 
  3. Taxminan soat 12.00-13.00 larda qobiliyat pasayadi.
  4. 14.00-15.00 larga borib, eng pastki darajaga tushadi-charchoqning aniq ifodalangan tashqi belgilari koʼrinadi (masalan, ishning sekinlashishi, xatolarni sezmaslik, esnash va h. k) 
  5. Soat 15.00 dan keyin qobiliyat bir oz koʼtariladi, ammo tushlikkacha vaqtdagi holatga qaytmaydi va shu holatda soat 17.00dan 19.00gacha oʼzgarmaydi. 
  6. Baʼzilarda soat 20.00dan soʼng yana" yuqori faollik darajasi " paydo boʼladi va u soat 22.00 gacha saqlanadi. Аmmo, bunday odamlar kamdan-kam.

So'nggi yangiliklar

  • Ta'lim metodologiyasi

Kubik metodi