• iconToshkent, Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi 6-uy
  • iconrtm@xtv.uz

Dushanbadan - Jumagacha - 08:00 dan 18:00 gacha

icon

Yordam kerakmi? Bizga bepul qo'ng'iroq qiling

+99871-245-72-13

Ta'lim texnologiyalaridan namunalar

Ta'lim texnologiyalaridan namunalar

Courses

Taʼlim texnologiyasi – o'qitish va o'qish jarayonini ishlab chiqish, amalda qo'llash va baholashning sistematik yo'lidir. U maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘rganuvchining bilim olish qobiliyatiga va insonlararo muloqot bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga asoslanadi.

Breynstorming texnikasi. Aniq maqsadga yo'naltirilgan savollar berish orqali guruhda bahs-munozara tashkil qilinadi. Oʼqitish jarayonida muayyan bir mavzu boʼyicha fikr mulohazalar yigʼib olinadi. Uni oʼtkazishga "Pinbord" usuli ham yordam beradi. 
Pinbordning vazifasi munozara usullarini yoki oʼquv suhbatini amaliyotga yo'naltirilgan usullar bilan moslashdan iborat.

Bu jarayonda
Ta'lim beruvchi:
- Muammolarni yechish uchun oʼz nuqtayi nazarini bayon qiladi;
- Aqliy hujumni tashkillashtiradi.

Taʼlim oluvchilar:
- Taklif etadi, muhokama qiladi, baholaydi, eng maʼqbul eng samarali  gʼoyalarni tanlaydi.
- G'oyalarni qogʼozda qisqacha  (2 soʼzdan koʼp boʼlmagan) ifodalab beradi va yozganlarini doskaga ilib qo'yadi.

Guruh a'zolari: (taʼlim beruvchi tomonidan belgilangan 2-3 talaba)
 Doskaga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib:
- Xatolarni va takrorlangan gʼoyalarni aniqlaydilar;
- Bahsli g'oyalarni aniqlaydilar;
- Tizimlashtirish mumkin bo'lgan g'oyalarni saralaydilar; 
- Gʼoyalarni tizimlashtirilish darajasiga qarab guruhlarga ajratadilar (kartochkalar,varaqlar).

Taʼlim beruvchi:
- Natijalarni mumlashtiradi vai baholaydi.

Breynstorming va Pinbord texnikasini alohida-alohida ham oʼtkazish mumkin.

So'nggi yangiliklar

  • Ta'lim metodologiyasi

Kubik metodi

  • Ta'lim samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar

Kun davomida bilimlarni oʼzlashtirish darajasi