Dushanbadan - Jumagacha - 08:00 dan 18:00 gacha
Internet, kutubxona va quyosh energiyasiga ega qayiq maktablari haqida eshitganmisiz?
Butun dunyo bo'ylab ta'limga oid juda ko'p qiziqarli ma'lumotlar mavjud va biz ushbu maqolada ulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz. Ishonamizki butun dunyo bo'ylab ushbu faktlar, raqamlar va maktabdagi biz uchun g'alati bo'lib tuyilgan, ammo ular uchun odatiy bo'lgan narsalar sizni ajablantira oladi.
Avstraliyada Aviatsiya maktabi olis tumanlarda joylashgan o'quvchilarga radio signallari yordamida darslarni efirga uzatadi.
Dunyodagi eng katta maktab Hindistonda. U Montessori shahrida joylashgan bo'lib ayni shu shahar nomi bilan ataladi va 32000 dan ziyod o'quvchiga ega.
Xitoy - bolalar eng ko'p uy vazifasini bajaradigan mamlakat. Shanxaylik o'spirinlar haftasiga 14 soat vaqtlarini ovqatlanish va shu kabi yumushlarga ajratishadi.
Pokistonda yashovchi bolalar qonuniy ravishda bepul ta'lim olish huquqiga ega emas va majburiy ta'lim faqat besh yoshdan to'qqiz yoshgacha beriladi.
Chilida yozgi ta'til dekabr oyining o'rtalaridan mart oyining boshigacha davom etadi, bu bolalarga uch oylik dam beradi. Albatta bu jarayon mamlakatning iqlimi bilan bog'liq.
Eng qisqa o'quv yili va eng uzoq o'quv kuni bo'lgan mamlakat - Fransiya.
Kanadalik bolalar uchun fransuz va ingliz tillari ta'lim jarayonida deyarli teng ahamiyatga ega ko'plab saboqlarni ayni shu ikki tilda olishadi. Kanadalik bolalarning 45% uylarida ingliz tilida so'zlashmaydilar. Darvoqe ingliz tili Kanadaning davlat tili hisoblanadi.
Gollandiyadagi barcha bolalar to'rtinchi tug'ilgan kunida maktabga borishadi, shuning uchun sinfda har doim yangi o'quvchi bo'ladi. Ya'ni bolalar dekabrda tug'ilgan bo'lsa dekabrda, martda tug'ilgan bo'lsa martda maktabga kelishadi.
Angliyada dunyodagi eng qadimgi maktab-internat - 1567 yilda tashkil etilganiga qaramay, zamonaviy sifatli uskunalar va jihozlardan foydalangan holda to'liq zamonaviy ta'lim beradigan Kanterberidagi Qirollik maktabi joylashgan.
Rossiyada 1-sentabr Bilimlar kuni bo'lgani bois, hatto bu sana dam olish kuniga to'g'ri kelsa ham o'quvchilar maktabga borishadi.
Dunyodagi eng kichik maktab Italiyaning Turin shahrida joylashgan bo'lib, unda bitta o'quvchi bor.
Finlyandiyada dunyodagi eng qadimgi boshlang'ich maktablar va eng muvaffaqiyatli ta'lim tizimlari mavjud.
Eronda o'g'il va qizlar universitetga kirishdan oldin alohida-alohida ta'lim olishadi. Hatto o'qituvchilar ham ular o'qitadigan sinflar bilan bir jinsga mansub bo'lishlari kerak.
Keniyada bolalar maktabga borishlari shart emas, lekin ularning aksariyati maktabga borishadi. Aniq qilib aytganda Keniyada majburiy ta'lim tushunchasi mavjud emas.
Mamlakatda tez-tez sodir bo'ladigan toshqin muammolari tufayli Bangladeshda kamida 100 ta qayiq maktablari mavjud. Ularning har birida internet, kutubxona va quyosh energiyasi mavjud.
Amerika - bu yerda siz dunyodagi eng keksa o'qituvchi, 101 yoshda bo'lgan Agnes Zhelesnikni topasiz.
Islandiya maktablarida o'qitiladigan fanlardan biri bu trikotaj.
Tibetning Phumachangang shahridagi boshlang'ich maktab dengiz sathidan 5373 metr balandlikda dunyodagi eng baland maktab hisoblanadi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, ta'lim dunyoning turli joylarida va o'zgacha uslublarda olib boriladi ammo qayga borsangiz ham, bolalar o'zlari uchun joriy qilingan tizimda o'rganayotgani va rivojlanayotganining guvohi bo'lasiz.