• iconToshkent, Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi 6-uy
  • iconrtm@xtv.uz

Dushanbadan - Jumagacha - 08:00 dan 18:00 gacha

icon

Yordam kerakmi? Bizga bepul qo'ng'iroq qiling

+99871-245-72-13

Yaxshi o'qituvchining 5 ko'nikmasi

Yaxshi o'qituvchining 5 ko'nikmasi

Courses

Yaxshi ustoz o'quvchi shogirdlarini yodlashga emas, fikrlashga undaydi!

 

Yaxshi o'qituvchi o'quvchi dunyosini ijobiy tomonga o'zgartirishi mumkin, bu o'quvchilarning sinfda o'qishlaridan tortib uzoq muddatli muvaffaqiyatlariga qadar ta'sir qiladi. Agar siz ta'lim sohasidagi martaba haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, yaxshi o'qituvchining fazilat va sifatlarini ko'rib chiqing.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yaxshi o'qituvchilar sinfda o'quvchilarning yutuqlariga hissa qo'shadigan eng muhim omil bo'lib, ular binolar, maktab resurslari va hatto maktab rahbarligidan ham muhimroqdir.

 Xo'sh, yaxshi o'qituvchi qanday ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak?

 1. Kuchli kommunikatorlik

Ta'limni samarali tashkil etish to'g'risida gap ketganda, kuchli muloqot qobiliyatlari talab qilinadi, negaki o'quvchi uchun aloqa qo'rquvni yengish vositasidir.

 2. Yaxshi o'qituvchilar yaxshi tinglovchilardir

Tinglash o'qituvchining eng muhim mahoratlaridan biridir. Eshitishni va kuzatishni yaxshi biladigan o'qituvchilar odatda aytilmagan narsalarni, masalan, o'quvchida yuzaga keladigan har qanday tashvishlarni qabul qiladi, so'ngra o'quvchining ko'nikmalari va o'ziga bo'lgan ishonch darajasini rivojlantirishga yordam beradi. Tinglash ko'nikmasi o'qituvchilarga o'z o'quvchilarini yaxshiroq tushunish va darslarni yaxshi o'tishga yordam beradi.  

 3. Moslashuvchanlik muhim

Samarali o'qituvchilar doimo o'zgarib turadigan muhitda ishlashlari va o'quv uslublarini o'quvchilarining yoshiga, mavjud manbalarga va o'zgaruvchan o'quv rejasi, amaliyoti hamda o'quvchilariga qarab moslashtirishi kerak. Moslashuvchanlik, shuningdek, turli xil o'quv darajalari yoki turli xil uslubdagi o'quvchilarga dars bera oladigan o'qituvchi uchun zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalardan biridir. Ya'ni siz tinglovchilaringizga qarab moslashishingiz kerak. Bir o'quvchi uchun oson bo'lgan narsa, boshqasiga oson bo'lmasligi mumkin. Har kim odatdagidan tezroq yoki sekinroq bo'lsin, yozish, o'qish yoki qo'l bilan yaxshiroq o'rganish orqali har xil yo'llar bilan o'rganadi. O'qituvchilar buni doimo yodda tutishlari va har bir o'quvchining to'g'ri yo'lda bo'lishiga e'tibor berishlari kerak. Yaxshi o'qituvchilar haqiqiy hayotda o'rganishni qadrlashadi ya'ni, o'quvchilarining bilimlarini real hayotga asoslaydi va amalda qo'llashlarini ta'minlaydi. 

Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalardan biri bu doimiy ta'limga sodiqlik va o'rganishga bo'lgan muhabbatdir. Siz o'zingizning mavzuyingiz bo'yicha ko'proq o'qiysizmi, yangi aloqa usullarini o'rganasizmi yoki sinfingizga ko'proq texnologiyalarni olib kirishga intilasizmi? O'zingizning bilimlaringizni kengaytirishni davom ettirish o'quvchilaringiz bilimlarini kengaytirishning kalitidir. O'zlarini o'rganishga bo'lgan ishtiyoq bilan o'z mavzulariga bag'ishlaganlar chinakam kasb fidoyisi. Samarali o'rganishni boshlash, bilim va haqiqiy dunyo tajribasining mustahkam poydevorini yaratish yaxshi o'qituvchi bo'lishning o'zagidir.

4.O'rganishga bo'lgan muhabbatni rag'batlantirish

Yaxshi o'qituvchilar, shuningdek, o'quvchilarga qiziqarli va jozibali tarzda ta'lim berish orqali o'rganishni qiziqarli tashkil qilishadi. O'quvchilar o'rganishdan zavq olsalar, ular darsga qatnashish, yaxshiroq o'rganish va doimiy o'qishni qadrlash ehtimoli ko'proq. Siz o'quvchilaringizga qaysidir yo'llar bilan ijobiy his-tuyg'ularni singdirishingiz kerak. 

 5. Muqobil o'qitish usullaridan foydalaning

Eng yaxshi o'qituvchilar har qanday mavzuni yanada qiziqarli qilish uchun yangi narsalarni sinab ko'rishga intilishadi. Darsni o'yin o'ynashga yoki musiqaga aylantiring. Ushbu qadam o'quvchilarga sinfdan tashqarida qo'llashi mumkin bo'lgan ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini o'rganishga va hatto ularni rivojlantirishga yordam beradi.

So'nggi yangiliklar

  • Ta'lim metodologiyasi

Kubik metodi

  • Ta'lim samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar

Kun davomida bilimlarni oʼzlashtirish darajasi