• iconToshkent, Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi 6-uy
  • iconrtm@xtv.uz

Dushanbadan - Jumagacha - 08:00 dan 18:00 gacha

icon

Yordam kerakmi? Bizga bepul qo'ng'iroq qiling

+99871-245-72-13

Sinf o’quvchilarini jipslashtiruvchi o’yinlar: "Haqiqat va yolg'on" o’yini

Sinf o’quvchilarini jipslashtiruvchi o’yinlar: "Haqiqat va yolg'on" o’yini

Courses

Ketadigan vaqt: 10-15 daqiqa
Ishtirokchilar soni: besh yoki undan ortiq kishi
Kerakli vositalar: stullar
Qoidalar: Barcha o’quvchilar bir-biriga qarama-qarshi o'tirishlari kerak. Har bir o’quvchi o'zi haqida uchta haqiqat va bitta yolg'on ma'lumot aytadi. Yolg'on fakt bror belgi bilan ajralib turishi kerak. 

Bolalar doira shaklida stullarda o’tiradi. shu shaklda, navbat bilan har bir o’quvchi yonidagi o'quvchiga uchta haqiqiy va bitta yolg'on faktni  aytadi. Biroq qaysi biri yolg'on ma’lumot ekanligi oshkor qilinmaydi. Keyingi o'quvchi ma’lumotlarni eshitgach, sinfdoshi haqidagi yolg'on ma'lumotni topishi kerak.

O’yindan maqsad: Sinf rahbarlari uchun yangi jamoalarni birlashtrish, sinfdagi konfliktli holatlarni va o'quvchilarning bir-birlariga nisbatan keskin qarorlarini yo'q qilishga yordam beradi. O’quvchilarga o'zlarni tanishtirishda ba'zi faktlarni aytib berishlari va do'stlari haqida ko'proq bilib olishlari  uchun  teng imkoniyat yaratadi.

So'nggi yangiliklar

  • Ta'lim metodologiyasi

Kubik metodi

  • Ta'lim samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar

Kun davomida bilimlarni oʼzlashtirish darajasi