• iconToshkent, Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi 6-uy
  • iconrtm@xtv.uz

Dushanbadan - Jumagacha - 08:00 dan 18:00 gacha

icon

Yordam kerakmi? Bizga bepul qo'ng'iroq qiling

+99871-245-72-13

"Warm up" metodi

"Warm up" metodi

Courses

Hech kim ertalab uyg'ongandayoq joyidan sakrab turib marafonda yugurishni boshlamaydi. Nima uchun? Sababi mushaklarimiz yugurishga moslashishi uchun, avvalo, qizib olishga muxtoj bo'ladi. Xuddi shu vaziyat kabi, o'quvchilar bir fandan chiqib boshqa bir fanga kirganda, yoki "ko'cha", "uy" rejimidan "dars" rejimiga o'tib olishlari va moslashishlari, diqqatlarini ayni shu fanga qaratishlari uchun darsni  "Warm up" ya'ni "qizib olish" metodi bilan boshlash kerak.

Warm up avvalgi darslarni takrorlash va  muhim tushunchalarni mustahkamlash uchun ham muhimdir. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra biror tushunchani to'liq yodda saqlab qolish uchun uni kamida 4-5 marta takrorlash kerak. Warm-up esa yangi mavzuga tayyorgarlikdan tashqari, avvalgi mavzular yuzasidan o'sha foydali takrorlashlarni amalga oshirish uchun ham ayni muddao. Warm upning yana bir foydasi o'quvchilarning darsdagi sinovlar yoki loyihalarni boshlash oldidan shaxsiy tashvishlari va stresslarini unutishga yordam beradi.

Masalan: 

 "Apelsin" warm up o'yini 
O'quvchilar bir-birlariga tezkor savollar berishadi. Boshqalar esa har qanday savolga javobni apelsin bilan bog'lagan holda qaytarishlari kerak bo'ladi. Siz apelsin o'rniga istalgan narsani tanlashingiz mumkin. O'yinning yagona sharti esa: kulib yubormaslik. O'yinni tajribadan o'tkazib ko'rgan o'qituvchilar apelsin bilan berilgan javob butun sinfni taqiqlangan bo'lsada baribir kuldirishi, natijada sinfda ko'tarinki kayfiyat uyg'onishini ta'kidlashdi. Natijada o'quvchilarning kichik stresslari ularni darsda bezovta qilmaydi.

 "Rasmni tasvirlash" warm up o'yini 
Bu boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan o'yin. O'yin jarayonida o'quvchilarga aytilgan rasmni ko'rsatishi va ko'rgan narsalarini tasvirlashi uchun 30 soniya vaqt berish kerak. Tanlangan rasmdagi tasvir aniq bo'lmasligi kerak. O'quvchini o'ylashga va kreativ javob axtarishga majbur qilsin. Har bir tog'ri ta'rifni baholab boring. 

"Bugunning yangiliklari" warm up o'yini

Bu katta sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan o'yin. Jarayonda o'quvchilarga kunning dolzarb mazulari yuzasidan munozarali savollar bering. Sinfni ikki guruhga ajrating. ikkala guruh bir-birga qarshi pozitsiyada tursin. Javoblarni argumentlar bilan isbotlasin. Bu o'quvchilarga darsni boshlashdan oldin kuch-g'ayrat, jo'shqinlik beradi.

So'nggi yangiliklar

  • Ta'lim metodologiyasi

Kubik metodi

  • Ta'lim samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar

Kun davomida bilimlarni o╩╝zlashtirish darajasi