• iconToshkent, Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi 6-uy
  • iconrtm@xtv.uz

Dushanbadan - Jumagacha - 08:00 dan 18:00 gacha

icon

Yordam kerakmi? Bizga bepul qo'ng'iroq qiling

+99871-245-72-13

Guruhlarni boshqarish - moderatorlik

Guruhlarni boshqarish - moderatorlik

Courses

Taʼlimda guruh boʼlib ishlashning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Chunki amaliyotda: korxona va firmalarda ham xodimlar guruh bo'lib ishlashadi. Shu tufayli bolalarda guruh bo'lib ishlash ko'nikmasini boshlang'ich ta'limdayoq shakllantirishni boshlash kerak. Nazariy bilimlarni oʼrgatishda ham, darsning amaliy qismida ham guruhlar ishini tashkil qilish mumkin. Jarayonda barcha oʼquvchilar bir necha kichikroq oʼquv guruhlariga taqsimlanadi va bu guruhlar mustaqil ishlaydilar. Kichik guruhlarning ish natijalari keyinroq butun guruh doirasida ishlatilishi mumkin.

Qanday vaziyatlarda kichik guruhlarni shakllantirish kerak? 
Maxsus bilimlar bilan bir qatorda amaliy koʼnikmalar oʼrganilishi kerak boʼlganda, shuningdek o'quvchilarda guruh bo'lib ishlash qobiliyati rivojlantirilishi uchun qoʼllaniladi. 

Shuningdek:
Ijtimoiy kompetentsiyalar: guruhda ishlash qobiliyati, muloqot qobiliyati, oʼz gapini oʼtkaza olish, hamkorlik qobiliyati bu borada katta ahamiyatga ega boʼlgan qobiliyatlardir.
Bir necha insonlar birgalikda ishlagan paytda, ularning shaxsiy xususiyatlari va xarakterlari hamkorlikka taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun guruh boʼlib ishlashni tashkil qilish individual ishni tashkil qilishdan murakkabroqdir.

Guruhlarda ish vaziyatlari qanday qilib yaratilishi mumkin?
 

Guruh boʼlib ishlashda 2 ta holat farqlanadi:

  1.  Bir xil mavzuda olib boriladigan guruh ishi;
  2.  Har xil mavzuda olib boriladigan guruh ishi.


Bir xil mavzuda olib boriladigan guruh ishida tuzilgan bir necha guruhlar bir xil topshiriq oladilar. Topshiriq savollarini yechish sharoitlari ham bir xil boʼladi.
Shunday qilib, har xil yechimlar guruh ishi tuguganidan soʼng bir-biri bilan taqqoslanishi mumkin. Koʼpincha bunday hollarda raqobat holati hosil boʼladi, yechim topilish vaqtida esa raqiblikka oʼxshash strukturalar vujudga keladi. Bu yerda muhim narsa shuki, guruh aʼzolarining bilim-koʼnikmalari imkon qadar bir xil boʼlishi kerak.

So'nggi yangiliklar

  • Ta'lim metodologiyasi

Kubik metodi

  • Ta'lim samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar

Kun davomida bilimlarni oʼzlashtirish darajasi